Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Nazorat uchun savollar 
2.
Strategik rejalashtirish, deganda nimani tushunasiz? 
3.
Professional tarzda qilingan strategik marketing rejasi firmaga 
qaysi kafolatni beradi? 
4.
Marketing strategiyasi nima ? 
5.
Marketing rejasining asosiy vazifalarini sanab bering. 
6.
Strategik rejaning asosiy bosqichlari nimalarni o‘z ichiga oladi? 


136 
VII
 
bob. BOZOR KONYUNKTURASINI TADQIQ ETISH VA 
BASHORAT QILISH 
 
7.1.
 
Bozor konyunkturasi haqida tushuncha 
 
Bozor nima? Bozor - iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari 
mos kelib o‘zaro tovar va xizmatlarni ma’lum bir qiymat evaziga 
ayirboshlaydigan joy. Bozor (market) - keng ma’noda muomala sohasi 
bo‘lib, tovar ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari majmuyidir. Bunda 
tovar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash 
va pul muomalasi qonunlari asosida amalga oshadi. Ko‘pincha, marketingda 
bozor deganda ma’lum tarmoq tovarlariga ehtiyoj sezuvchi va uni qondirish 
imkoniyatiga ega bo‘lgan potensial iste’molchilarning majmuyi tushuniladi. 
Marketingda “bozor” tushunchasi tovar yoki xizmatlarni sotib oluvchilarning 
mavjud va potensial yig‘indisi (jamlanmasi)ni bildiradi. Bu ibora qandaydir 
umumiy belgilarga ko‘ra birlashgan iste’molchilar guruhini anglatadi 
(masalan, yuqori sifatli tovarlar xaridorlari bozori). Ma’lum ehtiyojlar 
(iste’molchilar) bozori, demografik bozor (uni, masalan, o‘smirlar yoki katta 
yoshli odamlar tashkil etadi), geografik bozor (masalan, O‘zbekiston bozori, 
Rossiya bozori yoki G‘arbiy Yevropa bozorlari) haqida gapirish mumkin. 
Marketingda bozor hamisha to‘liq aniq holat. Har bir tashkilot aniq bozorda 
(bozorlarda) ishlaydi. Masalan, Koreyaning Samsung firmasi jahon bozori 
uchun ishlaydi, “Gloriya Jins” – Rossiya kiyim bozorida ishlaydi. 
Bozor - tovarni xarid qiluvchi va sotuvchilarni har qanday kelishuvlar 
(shartnomalar) yordamida shu tovarni oldi-sotdi qilish bo‘yicha munosabatda 
bo‘lishidir. Bozor (market) – tovar xo‘jaligining iqtisodiy kategoriyasi bo‘lib, 
tovar ishlab chiqarish va tovar muomalasi qonunlari asosida tashkil etilgan 
ayirboshlashdir. Boshqacha qilib aytganda, bozor - sotuvchi (ishlab 
chiqaruvchi) va xaridor (iste’molchi) lar o‘rtasida sodir bo‘ladigan barcha 
iqtisodiy munosabatlar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. 
Bozor aloqalari va munosabatlari oldi-sotdi akti sifatida oddiy Tovar 
ayirboshlashdan 
tubdan 
farq 
qiladi. 
Bu 
avvalambor, 
tovar-pul 
munosabatlarining takror ishlab chiqarishning mumkinligi va zarurligi hamda 
tovar xo‘jaligini yuritishning sharoitlarida ko‘rinadi. Bozor mexanizmi xaridor 
talabini qondirishga, ishlab chiqarish harakatlarini qoplay olishga, barqaror 
ishlayotgan har bir korxonaning foydaliligini ta’minlashga, ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishga, manfaat- dorligini paydo qilishga va mahsulot 
sifatini oshirishga qodir xo‘jalik yuritish qurolidir. 
Bozor iqtisodiyotning aniq sohalarida yoki ma’lum joylarda talab va 
taklifning rivojlanish holatidir. Masalan, metall bozorida bahoning pasayishi 
yoki mehnat bozorida ishchilarning yetishmasligi va hokazo. 
Bozor ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan turli xil obyektlar bo‘yicha 


137 
tashkil etilishi mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari bozori, qimmatli 
qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori, intellektual bozor, shou- 
biznes bozori va boshqalar shular jumlasidandir. Iste’molchilarning turiga 
qarab bozorlar iste’mol bozori va korxonalar (tashkilotlar) bozoriga 
bo‘linadi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish