7.2.
Konyunkturani shakllantiruvchi omillar
Konyunktura, deganda ma’lum omillarning ta’siri natijasida vujud- ga
keladigan qisqa muddatli shart-sharoitlar tushuniladi. Omillarningo‘zgarishi
konyunkturaning o‘zgarishiga olib keladi. Bozordagi har qanday vaziyat
turli omillar ta’siri ostida o‘zgaradigan ko‘rsatkichlar yig‘indisi bilan
tavsiflanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi va ichki omillarning ta’siri
ostida firmalar faoliyatidagi tendensiyani, ya’ni uningkelajakdagi rivojlanishi
va bozordagi holatini aniqlash marketingtadbirlarining muhim vazifalaridan
hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyoti konyunkturasida ro‘y beradigan barcha
o‘zgarishlar manbayi bo‘lib, ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi.
Iqtisodiyotda sanoatning ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning ko‘rsatkichlari
ahamiyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Mamlakat iqtisodiy doirasida
konyunkturani
tahlil
qilish
quyidagi
ko‘rsatkichlarga asoslanadi:
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad,
qishloq xo‘jaligi, investitsiya, transport, tovar muomalasi ko‘rsatkichlari,
ichki va tashqi bozorlarda tovarlar sotilish hajmi, pul muomalalari kapital
aylanishi, baholar dinamikasi, ishsizlik va inflatsiya darajalari.
142
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga tovar bozorlari holati, talab va taklif, baho,
talabning qondirilishi darajasi, tovar ishlab chiqarish, yangi korxonalar
qurilishi va boshqalar kiradi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarning umumiylik
tomoni shundaki, ular bir-biri bilan bog‘liq va davlat iqtisodiyoti bir
bosqichdan ikkinchi bosqichgao‘tganda ularda o‘zgarish ro‘y beradi. Yalpi
milliy mahsulot shaxsiy iste’mol, davlat buyurtmalari, yalpi kapital qurilishi,
tovar va xizmatlarni eksport va import qilish ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga
oladi.Bu ko‘rsatkichlarni hisoblashda noaniqliklar ro‘y bersa ham oxirgi talab
hajmi har doim mamlakat iqtisodiyoti holatini baholashda muhim o‘rinni
egallaydi. Tashqi savdo ko‘rsatkichlari ichki bozor konyunkturasining
shakllanishida o‘ziga xos o‘ringa ega. Bozor konyunkturasi mamlakat
iqtisodiy holatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Shuning uchun tovar bozorining
tahlili quyidagi ikki yo‘l bilan olib borilishi mumkin:
1.
Agar konyunkturaning o‘zgarish darajasi va tendensiyalarini bilish
ko‘zlansa, u holda, uning belgilangan davrdagi dinamikasi o‘rganiladi.
2.
Agar konyunkturaning ma’lum muddatga bo‘lgan ahvolini bilish
zarur bo‘lsa, unda tovarning bozordagi «hayotiylik yo‘li» o‘rganiladi, aniq
bosqichi belgilanadi va tahlil qilinadi.
Har doim iqtisodiy konyunktura (umumxo‘jalik yoki tovar holati)
bozordagi raqobat va baholar dinamikasi shart-sharoitlari ta’sirida
shakllanayotgan talab va taklif munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Marketing tizimi subyektlarining rivojlanish konsepsiyalarini ishlab
chiqishda, narx-navoning o‘zgarishini aniqlashda, yangi mahsulotlar,
texnologiyalarni yaratishda, bozor konyunkturasi va iste’molchilar hatti-
harakatining turli omillarga bog‘liqligini o‘rganishda turli istiqbolni belgilash
usullari qo‘llaniladi. Shuni e’tiborga olish lozimki, konyunktura tahlili va
prognozida uning o‘ziga emas, balki konyunkturaga ta’sir qiluvchi omillarga
ko‘proq ahamiyat beriladi. Shu sababli bozor konyunkturasiga ta’sir qiluvchi
omillarni ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi, har qanday bozor
konyunkturasini belgilab beruvchi omillarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1.
Makroiqtisodiy omillar.
2.
Mikroiqtisodiy omillar, ya’ni mazkur bozordagi talab, taklif, narx va
raqobat omillari.
Hech qanday alohida tovar bozori mamlakat iqtisodiyotidan ajral- gan
holda rivojlana olmaydi. Shu sababli iqtisodiyot qanday holatda, uning jahon
bozorida tutgan o‘rni qanday, milliy boyliklar qay darajada qo‘llanilmoqda,
degan savollarga javob topish lozim bo‘ladi.
Yuqorida sanab o‘tilganidek, mikroiqtisodiy omillarga ushbu bozordagi
talab, taklif, narx va raqobat kiradi.
Bozor konyunkturasi tahlilida talabning barcha jihatlarini o‘rganish- ga
alohida e’tibor beriladi. Jumladan: talabning geografik taqsimlanishi,
assortimentning kengligi va chuqurligi bo‘yicha taqsimlanishi, iste’mol
intensivligi, hajmi va boshqa xususiyatlarni o‘rganish zarur bo‘ladi. Talabni
143
o‘rganishda diqqat avvalo qondirilgan talab, so‘ng qondiril- magan talabga
jalb qilinadi. Tovar aylanish tarkibini tovar guruhlari va alohida turlari
bo‘yicha tahlil qilish orqali qondirilgan talab o‘rganiladi, qondirilmagan talab
esa sotuvchilar va xaridorlarning fikrini o‘rganish usullari yordamida
aniqlanadi.
Konyunkturaga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu tovar taklifidir.
Taklifni o‘rganishda avvalo tovar manbalariga, sotishga taklif etiladigan
tovar hajmi va tarkibiga, tovar zaxiralariga e’tibor beriladi. Tovar
manbalarini tahlil qilish savdo tizimiga mahsulot yetkazib beruvchi
korxonalar ro‘yxatini tuzish va ularning imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat
bo‘ladi.
Ishlab chiqaruvchilar tovarlarning assortimenti, yetkazib berish
muddatlari va taklifning tarkibini aniqlashga yordam beradi. Shundan so‘ng
bozor ishtirokchilaridagi tovar zaxiralari tahlil qilinadi. Zaxiraning hajmi va
tarkibi, qachon vujudga kelganligi, zaxiraning almashib borish dinamikasi va
boshqa ko‘rsatkichlar taklifning talabga nisbatini aniqlashga xizmat qiladi.
Savdo
tashkilotlarida
yuritiladigan
hisob
tizimining
ma’lumotlari,
inventarizatsiya natijalari va maxsus izlanishlar tovar zaxiralirini kompleks
o‘rganishga asos bo‘ladi.
Mikroiqtisodiy omillardan yana biri shu bozordagi raqobatdir. Tovar
bozorlaridagi raqobatni tahlil qilishda avvalo, korxonalar raqobati so‘ng
tovarlar va ehtiyojlar raqobati o‘rganiladi. Korxonalar raqobati- ning tahlili
sotuvchilar soni, ixtisoslashuvi, mahsulot assortimenti, ishlabchiqarish hajmi,
yo‘naltirilgan maqsadli segmenti va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnika ahvoli, unga
sarflangan qo‘shimcha resurslar va ularning qaytim miqdori muddatlari, tovar
zaxiralari
dinamikasi,
eksport-import,
shuningdek,
narx-navodagi
o‘zgarishlar tendensiyasiga qarab aniqlash mumkin. Bunda tovarlar taklifi,
investitsiya miqdori va tarkibiga, mehnat predmetiga bo‘lgan talab, korxona,
tashkilotlar pul sarfining yo‘nalishi, aholi xarid qobiliyati, uni tovarlar bilan
ta’minlanish darajasi o‘rganiladi. Bozor konyunkturasi ehtimollari ayrim
tovarlarga milliy, regional va jahon bozorlariga nisbatan aniqlanadi. Bozor
konyunkturasi oldindan ko‘ra bilish, iqtisodiy tanglikka yo‘liqmaslik, bozor
muvozanatini ta’minlab borish sharti hisoblanadi. Ma’lum davrda tovarlar va
xizmatlar sotilishdagi imkoniyatlarni ifodalovchi iqtisodiy shart-sharoitlar
majmuyi bozor konyunkturasini bildiradi. U aniq iqtisodiy ko‘rsatkichlar –
talab va taklif muvozanati, baholar darajasi, bozor hajmi va boshqalar bilan
ifodalanadi. Bozor konyunkturasi mamlakat iqtisodiy holatiga to‘g‘ridan
to‘g‘ri bog‘liq. Dunyo bozorida iste’mol mollari konyunkturasi har 9 oyda
o‘zgarib turadi.
Narxlarning bozor konyunkturasidagi o‘rni va ularning shakllanish
xususiyatlarini hisobga olgan holda narx tahliliga katta e’tibor beriladi.
Narxlarni o‘rganishda quyidagilar tahlil obyekti sifatida olinadi: narxlarning
144
barqarorligi, tovar assortimenti doirasida narxlarning o‘zgarish darajasi,
sotuvchi tomonidan narxlar bo‘yicha o‘zgaruvchan tizimlarni qo‘llash,
mavsumiy
narxlarning
qo‘llanishi
va
boshqalar.
Narx
bozor
konyunkturasiga ta’sir qiluvchi eng murakkab omil hisoblanadi. Uning o‘ziga
ham bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli narx tahlilida nafaqat
hujjatlarni tekshirish usuli, balki maxsus usullar ham keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |