Korxonaning asosiy maqsadlari
2.1
-
jadval
Maqsadlar
iyeraxiyasi
Maqsadlar ko‘rsatkichlari
Bozorni egallash
Bozor ulushi, tovar aylanmasi, uning ahamiyati va roli,
yangi bozorlarni egallash (qamrash).
Rentabellik
Foyda,
aylanmaning
rentabelligi,
o‘z kapitalining
rentabelligi, umumiy kapital rentabelligi
Moliyaviy
barqarorlik
Kredit qobiliyati, likvidlilik, o‘z-o‘zini moliyalash
darajasi, kapital tarkibi
Ijtimoiy maqsadlar
O‘z ishidan qoniqish, daromad va ijtimoiy himoya
darajasi, ijtimoiy integratsiya, shaxsning rivojlanishi
Bozordagi mavqeyi
Mustaqillik, imij, siyosiy muhitga munosabat, jamoa
e’tirofi
«Kompaniyaning ishi = mijozlarning kutishlariga»
Umumlashtirishning ancha past darajasida firmaning ancha aniqroq
miqdoriy va sifatga oid maqsadlari haqida gapirish mumkin. Sifatga oid
maqsadlar orasida firma nufuzining o‘sishiga olib keladigan, uning ijtimoiy
ta’sirini (vaznini ) kuchaytiradigan quyidagi maqsadlar muhim hisoblanadi:
-
iqtisodiy maqsadlar va o‘z mamlakatida ham, import qilinadigan
38
mamlakatlarda ham ularga erishuvi;
-
bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta’sir etish;
-
ta’lim, madaniy, sport va boshqa aksiyalarni qo‘llab-quvvatlash.
Firmaning miqdoriy maqsadlari:
-
foyda (daromad) hajmi;
-
pul va natural ko‘rinishda ifodalanuvchi savdo hajmi;
-
bitta ishlovchi hisobiga mehnat siyosati (MS);
-bozor ulushining o‘zgarishi, firma tovarlari bilan bozorni egallashi.
Marketingning asosiy deklaratsion maqsadi inson talablarining qon- dirilishini
hisobga olib, «Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?»
degan savolga ehtimol tutilgan javobning to‘rt muqobil variantlarini ko‘zda
tutish mumkin:
-
maksimal darajada yuqori iste’molga erishish;
-
maksimal darajadagi iste’mol qimmatliklarini ko‘rsatish (iste’mol- chi
tovardan oladigan va unga sotib olishdagi xarajat orasidagi foydani
taqqoslash);
-
maksimal darajada keng tanlov imkonini yaratish;
-
hayot tarzi sifatini maksimal darajada oshirish.
Hayot tarzi sifati uchta tarkibiy qismdan tashkil topadi:
1.
Tovarning miqdori, sifati, assortimenti (turi), qulayligi va qiymati.
2.
Inson yashaydigan tabiiy muhitning sifati, insonning madaniymuhiti
sifati unumdorligi.
3.
Bozorning firma tovarlari bilan shug‘ullanuvchi ulushi o‘zgarishi.
Bozorni soddalashtirish va miqdoriy maqsadlar ahamiyatiga qarab, tartibga
solish uchun tijorat doiralarida «firma maqsadini tanlash – bubugungi
foydaning yuqori ulushi bilan ertangi bozorning yuqori ulushi
orasidagi tanlovdir».
Marketingning funksional jihatdan ko‘p ma’noliligi uning tadbirkor- lik
faoliyatidagi ahamiyati bu masalalarni hal qilishni yanada murakkab-
lashtiradi.
Marketingning funksiyasi ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy-texnik
ta’minlash va logistika, moliyaviy, buxgalteriya hisobi va boshqa funksiyalar
bilan bir qatorda tadbirkorlik funksiyasi sifatida ham nomoyon bo‘ladi va
o‘zida marketing faoliyati jarayonida amalga oshiriladigan alohida yoki
kompleks turdagi ixtisoslashtirilgan turlarni aks ettiradi.
Marketing funksiyasining boshqa firmalar funksiyalaridan farqi shundaki,
uning funksiyasi firma va uning mijozlari, iste’molchilari orasida almashuv
jarayonlarini tashkil etishga mo‘ljallangan. Shumunosabat bilan marketingning
funksiyasi doimiy o‘zgarib turadigan talabga mos holda talabni yaratish,
shakllantirish va rivojlantirishga mas’ul hisoblanadi.
Marketing funksiyasining klassik tushunchasida mahsulotni sotish
(o‘tkazish) va realizatsiya qilish jarayonlariga yordamlashish harakatlari ham
39
kiradi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan marketing konsepsiyalarini amalga oshirish
uchun marketingning bir qancha funksiyalari bajarilishi kerak.
Bu funksiyalar firmaning boshqa funksiyalari bilan bir qatorda bajarila- di.
Marketing funksiyasi ko‘proq tadbirkorlik funksiyasi sifatida shakllanib,
ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan vazifalarni bajarish uchun tadbirlar
majmuasidan iborat. Marketingning funksiyalari mar- keting tizimidagi
almashuv vositasida xaridorlarning talablariniqondirish bilan bog‘liq faoliyat
(tadbirlar)larning ma’lum turlaridir.
Marketingning analitik (informatsion) funksiyasi – uchta eng muhim
yo‘nalish bo‘yicha keng ko‘lamli marketing tadqiqotlari o‘tkazish:
1)
bozor konyunkturasini kompleks tadqiq etish va uni bashoratlash,
iste’molchilarni o‘rganish va segmentatsiya o‘tkazish, tovarning iste’mol
xossalarini tahlil qilish, raqobatchilar, ish bo‘yicha sheriklar pozitsiyalarini
tahlil qilish;
2)
firmaning ishlab chiqarish – savdo (o‘tkazish) imkoniyatlari tahlili –
tovar assortimenti, ishlab chiqarish quvvati, moddiy-texnik ta’minlash tizimi,
kompaniyaning ilmiy-texnik va kadrlar potensiali, uning moliyaviy
imkoniyatlari, savdo va tovarning bozorda harakat-lanishi tizimlari tahlili;
3)
olingan informatsiyalar asosida SWOT – tahlil o‘tkazish –
korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini, imkoniyatlar va tahlillarini va
marketing maqsadlari shakllanishini va ularga erishish strategiya- larini
baholash.
Marketingning analitik funksiyasi informatsiyalarni yig‘ish va ularga
ishlov berishning keng va amalda harakatlanuvchi tizimi
mavjud
bo‘lgandagina realizatsiya qilinishi mumkin. Odatda bozorni doimiy kuzatish
ba’zi-ba’zida o‘tkaziladigan maqsadga yo‘naltirilgan tadqiqot- lar (masalan,
reklamalarning sotish hajmiga ta’sirini aniqlash) bilan qo‘shib olib boriladi.
Ko‘pchilik firmalarda ushbu informatsion ishlarning katta qismi maxsus
bo‘limlar tomonidan o‘tkaziladi yoki mustaqil tadqiqot institutlariga
topshiriladi.
Rejalashtirish funksiyasi kompaniyaning mos keluvchi bo‘limlari
tomonidan tovar, narx, savdo, kommunikatsion va kadrlar siyosati rejalarini
ishlab chiqishi va marketing dasturlarini tuzishini bildiradi.
Marketingning ishlab chiqarish – savdo funksiyasi marketing faoliyatini
amaliy jihatdan amalga oshirilishni ko‘zda tutadi:
1)
tovarlar siyosati (mahsulotning ma’lum turini ishlab chiqarish, yangi
tovarlar ishlab chiqarish, tovar sotilgandan keyingi xizmat ko‘rsatish,
uskunalarni yangilash va b.);
40
2)
maqsadli siyosatlar (tovar birligi uchun narx darajasini va tovarning
hayot sikli davriga ko‘ra bog‘liq ravishda narxlar dinamikasini belgilash,
firma narxini bozorning har bir segmentidagi raqobatchilar narxiga nisbatini
aniqlash va b.);
3)
savdo siyosatlari (savdo vositalarini yaratish, bozorga chiqish
vaqtini belgilash, tovarni harakatlanish tizimini belgilash va b.);
4)
kommunikatsion siyosatlar (bozorda tovarning harakatlanishi
bo‘yicha choralarni amalga oshirish: reklama kompaniyalarini o‘tkazish,
vositachilar va iste’molchilarga mos keluvchi imtiyoz va chegirmalar berish
(ko‘rsatish), mahsulot sotish bilan shug‘ullanuvchi o‘z xodimlari- ni
rag‘batlantirish, ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish va b.);
5)
kadrlar siyosati (kadrlar tanlash (yig‘ish), xodimlarni tayyorlash va
qayta tayyorlash, xodimlar motivatsiyasi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish
va b.
Marketingning nazorat funksiyasi hamma marketing ishlari davo- mida
amalga oshiriladi: mablag‘larni asossiz sarflanishidan qochish uchun
marketing tadbirlarining ehtimoliy samaradorligini oldindan baholash
maqsadida – navbatdagi marketing dasturining boshlang‘ich bosqichida,
marketing dasturlarini realizatsiya qilish jarayonida – rejalashtirilgan
marketing chora-tadbirlari va ularning kompleksliligingi amalga oshirish
uchun joriy nazorat, bu maqsadga erishish uchun marketing strategiyasi va
taktikasiga ma’lum asoslangan tuzatishlar kiritish imkonini beradi.
Shunday qilib, marketing funksiyasining tahlili marketingni boshqa-
rishning hamma jarayoni izchil amalga oshiriladigan bosqich ko‘rinishda
tasavvur qilish imkonini beradi.
Marketing funksiyalarini kim bajaradi
:
Ishlab chiqaruvchilar
Iste’molchilar
Marketing mutaxassislari
Marketing funksiyalarining firma funksiyalaridan farqi shundaki, u
asosan firma mahsulotini mijozlar bilan ayirboshlash vazifasiga yo‘nalti-
rilgan. Keng ma’noda marketing funksiyasi firma mahsulotiga bozorda
talabni shakllantirish va xaridorlarni ko‘proq o‘ziga jalb qilishdan iborat.
Potensial talabni o‘rganish va yangi taklif bilan bozorga chiqish firmaning
kundalik faoliyatining bir qismidir. Firmalarda marketing funksiyasi bilan
marketing faoliyatining funksiyalari chambarchas bog‘liq. MARKETING
funksiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
Marketing tadqiqotlari
Rejalashtirish.
Narxni shakllantirish.
Tovarni taqsimlash.
Tovarni harakatga keltirish
41
Do'stlaringiz bilan baham: |