Muammoli vaziyatlar
1.
Amaliy marketingning kritik yondashuviga ko‘ra iste’molchilar- ning
ehtiyojlarini qondirish uchun minimal kerak bo‘ladigan tovarlarni marketing
sotib olishga undaydi. Ushbu fikrga o‘z munosabatingizni bildiring.
2.
Bir kun Yuliy Sezar Rimlik mehmonlarni kutib olish uchun o‘z
oshpazi Klodiyga mehmonlarni hayratga soladigan taom tayyorlashini
buyurdi. Tushlik vaqtida oshpaz bir uyum qisqichbaqalarni mehmonlarga
taqdim etdi. Ammo mehmonlar tayyorlangan taomning hech qanchalik
hayratomuz emas ekanligini bildirdilar. Shunda oshpaz mehmonlarga
yuzlanib qisqichbaqalar qaynatib pishirilgan bo‘lsada ular qimirlayotganligini
ko‘rsatdi va rimlik mehmonlarni hayratga soldi. Mehmonlarni kuzatib Yuriy
Sezar Klodiydan bunga qanday erishganlik sirini so‘radi. Klodiy esa bu
juda oddiy shunchaki, pishgan qisqichbaqalar orasiga
bitta
tirik
qisqichbaqani qo‘yib yuborganligi va u qimirlashi bilan qolganlarini ham
qimirlatishini tushuntirdi.
Rivoyatdagi tirik qisqichbaqa singari bozor iqtisodiyoti sharoitida
marketing ham o‘zi harakatlanib bozorni ham harakatlantirishini tushuntirib
bering.
3.
Janubiy Afrika aholisi uchun Brazilyada Oyoq kiyimlar islab
chiqarish fabrikasini qurish oldidan 2 ta marketolog tadqiqot o‘kazish uchun
yuborildi. 2 ta marketolog 2 xil fikr bilan qaytdi.
1-
marketolog: oyoq kiyimlar fabrikasuini tezda qurish zarurligini aytdi.
2-
marketolog: oyoq kiyimlar fabrikasini qurish shart emasliginiaytdi.
Sizning fikringiz qanday? Qaysi marketologning fikri to‘g‘ri?
4.Quyidagi firmalarning faoliyati marketingning qaysi konsep-
siyasiga asoslangan?
“Viktoriya” firmasi erkaklar kiyimlarini tikish bilan shug‘ul- lanadi.
Yangi modellarini yaratish uchun firma bozor talabiga asoslanadi.
Savdo tarmog‘iga mebel fabrikasi arzon, qulay, sifatli mebellarni
ishlab chiqaradi va keng assortimentda taqdim etadi.
“Zebra firmasi” kanselyariya mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan bozor talabini o‘rganmasdan tovar harakatining
agressiv shakliga mo‘ljal olib mahsulot yaratadi.
“Elektron” kompaniyasi elektron, maishiy tovar ishlab chiqarish- da
tovar zamonaviyligiga e’tibor qaratadi. Ular firmani boshqarishda o‘zining
tovariga mavjud talabni o‘rganmasdan urg‘uni tovar siyosatiga qaratadilar.
“Jamiyat” qurilish kompaniyasi faqat mazkur shaharda ro‘yxatdan
o‘tgan ishchi xodimlarni ishga qabul qiladi.
Sizning kompaniyangiz marketingni tashkil etishda qanday
konseptual yondashuv bilan boshqaradi?
5.
Quyidagi holatlarda marketing axborotining qanday turi zarur?
Ularni qaysi manbalardan olish mumkin?
331
Bolalar o‘yinchoqlari zavodi o‘yinchoqlarni sotib olishda ota-onalar
Tez rivojlanayotgan Chirchiq shahrida yangi kafeni joylashtirish
imkoniyatini o‘ylab ko‘rmoqda.
Toshkent viloyati Moliya-iqtisodiyot kolleji korxona va tashkilotlar- ga
uning bitiruvchilari qanchalik kerakligini aniqlamoqda.
6.
Sizning o‘quv yurtingizga qo‘shni yangi pitseriyani ochishni o‘ylab
yurgan tadbirkor duch kelishi mumkin bo‘lgan raqobatchilarning to‘rtta turi
haqida aytib bering!
Nima uchun u ko‘proq pitsa sotilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin?
7.
Yarim tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi O‘zbekistonning oziq-
ovqat sa’noati kompaniyalarining muvaffaqiyatiga mikromuhitining qanday
tendensiyalari ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
8.
Jamiyatni atrof-muhitning holati ko‘proq bezovta qilmoqda. Plastik
qadoqlardan foydalanayotgan korxonalarning faoliyatiga ushbu holat qanday
ta’sir ko‘rsatishini tushuntirib bering.
9.
“Kitoblar dunyosi” do‘koniga tashrif buyurganlardan necha foyizi
xarid qilganligini baholash zarur. Shunday sharoitda ma’lumot to‘plashning
qanday usulidan foydalanish mumkin?
10.
O‘z firmangizning mikro muhitini tariflab bering!
11.
Sizning firmangiz mikro muhit omillarining o‘zgarishini qanday
qabul qilganligini (ta’sirini) ko‘rsating.
12.
Sizning firmangiz duch kelgan raqobatchilar guruhi haqida aytib
bering.
13.
Sizning firmangiz ishtirokchi bo‘lgan bozordagi talabning holatini
baholang.
14.
Firmangiz mahsulotlarining potensial iste’molchilarini qanday qilib
rag‘batlantirishingizni ayting.
15.
Sizning firmangiz raqobat kurashida (bozor ulushiga bo‘g‘liq
holda) qanday o‘rin tutadi?
16.
Segmentatsiya yordamida firma qanday maqsadga erishadi?
17.
Korxona tomonidan segmentatsiyaning aniq belgilarini tanlash
nimaga bog‘liq?
18.
Qanday tovarni ishlab chiqaruvchilar nodifferensial marketingga
amal qilishi kerak va ular nima uchun tejamkor hisoblanadilar?
19.
Nima sababdan konsentrlangan marketing tavakkalchilikni oshi-rish
bilan bog‘liq? Siz ushbu strategiyani qo‘llovchi firma tomonidan risklarni
pasaytirishga qanday maslahat berasiz?
20.
Firma uchun bozor segmenti jozibadorligini baholash mezon- larini
aytib bering.
21.
Nima sababdan marketing bozor segmentatsiyasini va maqsadli
bozorni tanlashni taqozo etadi?
332
22.
“Yevro spor tplus” firmaning yillik daromadi -10.000.000 $,
xarajatlari esa 5.000.000 $. Bu firmaning rentabellik darajasini toping va
izohlang.
23.
Siz marketing bo‘limi boshlig‘isiz, tovarlaringiz yaxshi sotil-
mayapti. Buni oldini olish maqsadida siz reklamadan foydalanishingiz kerak.
Bu vaziyatda reklamaning qaysi turidan foydalanish maqsadga muvofiq, deb
o‘ylaysiz va nima uchun?
24.
“Nilufar” firmasi bankrotga uchrash arafasida. Bankrotlikdan
qutulishning bitta yo‘li davlatdan dotatsiya olishdir. Lekin davlat dotatsiyani
3 oydan keyin bera oladi. Vaqt juda oz. Bunday vaziyatda sizrahbar sifatida
qanday ish tutasiz?
25.
Sizning kompaniyangiz yaqinda ish boshladi. Mahsulot ma’lum
muddat bozorda yaxshi sotildi. Vaqt o‘tishi bilan shu bozorda sizning
mahsulotlaringizga bo‘lgan talab keskin tushib ketdi. Bunday vaziyatda
menejer sifatida qanday yo‘l tutishingiz kerak?
26.
Sizning kompaniyangiz xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya hisob-
lanadi. Vaqt o‘tishi bilan kompaniyangiz o‘z mijozlarini yo‘qota bosh- ladi.
Bunga xodimlaringizni barchasi malakali bo‘lishiga qaramasdan, ularning
mijozga yomon xizmat ko‘rsatayotganligi sabab bo‘ldi. Mijozlar sonini
ko‘paytirish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rish kerak?
333
Do'stlaringiz bilan baham: |