Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Ayyor marketing 
 
Odamlar ushbu toifadagi ko‘plab turdagi tovarlar orasidan aynanushbu 
brendni sotib olishadi? 
Iste’molchilarni xarid qilishga undash uchun reklama qilinayotgan 
tovarning qaysi sifatiga urg‘u berish kerak? 
AdMe.ru kichik reklama nayranggi yordamida savdoni ikki marta 
ko‘paytirish mumkinligi haqida bir qancha misollar yig‘di. 

Hozirgi paytda sigaret upakovkasining standarti hisoblanuvchiqattiq 
kartondan yuqori qismi ochiladigan qilib yaratilgan qutilar aynan 
«Marllboro» tomonidan o‘ylab topilgan. Unda dizaynerlik innovatsiyasi 


343 
g‘oyani namoyish qilish maqsadi bo‘lmagan. Aynan reklama maqsadlarida 
«Marllboro» chekuvchilarni reklama vositasiga aylantirish uchun bu vazifani 
amalga oshirgan. Gap shundaki, iste’molchilar sigaretlarni yumshoq 
qutilarda, uni cho‘ntakdan olmasdan chekar edilar, demak, atrofdagilar 
brendni ko‘rmas edi. Bunga esa yo‘l qo‘yib bo‘lmasdi. Hozirgi sigaret 
qutilari flip-toplar, deb ataladi, ularni cho‘ntakdan olib, keyin chekiladi, 
yangilik esa hamisha e’tiborni tortadi. 

«Este Lauder» o‘z atirlarini qanday sota boshlagani haqida chiroyli 
afsona bor. Uning ishi yurishmas, mahsulotlarini ham do‘kon- lar va salonlar 
sotish uchun istamaygina olishar edi. Shunda yoshgina miss Lauder New 
Yorkdagi eng yirik parfumeriya do‘koniga keldi va go‘yoki tasodifan polga 
o‘z atirining shishachasini tushirib yubordi. Iste’molchilar bu ajoyib hid bilan 
qiziqadi va do‘kon Este Lauder bilan atir yetkazib berishiga shartnoma 
tuzishga to‘g‘ri keladi. 

1896-yilning yozida Genri Heinz NewYorkda sayr qilib yurardi. 
Ko‘chada u mijozlarga «oyoq kiyimlarining 21uslubi» ni taklif qilayotgan 
oyoq kiyimi do‘konining reklamasini ko‘rib qoldi. O‘xshash holda u ham o‘z 
ketchuplari va souslariga «57 variantda» deb yozib qo‘yishga qaror qildi. Bu 
raqam assortimentning real raqamiga sira to‘g‘ri kelmas, lekin, Heinzga juda 
yoqar edi va xaridorlarga ham ta’sirqildi. 

Brendning tarixi 1879–yilda Lare Olsson Smit aroqning yangi navi- 
“Absolute Rent Bravin” (“mutlaq toza aroq”)ni yaratdi. Uning asosiy farqli 
tomoni retifikatsiya metodi bilan erishiladigan tozalikda edi. 

Jahondagi eng mashhur Motosikl ishlab chiqaruvchi uzoq yillardan 
buyon «brendlashtirilgan» tatuirovkalar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab 
keladi. Hammasi, “Harley” kimki logotip ko‘rinishidagi tatuirovka bilan 
mototsikl sotib olishga kelsa, boyliklari uchun salmoqli chegirma e’lon 
qilganidan boshlandi. 

Tefal, iste’molchilarning uzoq vaqtlar davomida teflon bilan 
qoplangan tova sotib olishlarining asosiy sababi, bu tovalarda taom 
pishirishda bir gramm ham yog‘ sarflanmaydi, deb hisoblangan. Biroq keyin 
ma’lum bo‘ldiki, ularning xarid qilishiga asosiy sabab, bunday qoplamali 
tova oson yuvilar, chunki ovqat kuyib ketmas ekan. Reklama 
kompaniyasining mazmuni ham o‘zgarib, uning haqiqiy vazifasi sezilarli 
darajada ortdi. 

1960–yillarda Alka-Seltzer reklamasida suvli stakanga avvalgiga 
o‘xshab bitta emas, ikkitadan tabletka solingach, dori vositasining sotilishi 
ikki martaga ko‘paydi. Ayyor reklama usulini Tinkers Partners agentligi 
o‘ylab topdi. 
Yetakchi marketolog haqida shunga o‘xshash g‘aroyib, cho‘pchak- simon 
gap yuradi: u birinchi bo‘lib shampunni qo‘llash ko‘rsatmasida sotish hajmi 
ikki marta o‘sishi uchun uni sochga ikki marta surib, yuvish kerakligini 
ko‘rsatishni o‘ylab topgan. Yostiqcha shaklidagi rezinka saqichning reklama 
roliklarini eslang. Reklama qahramonlari og‘izlariga nechtadan yostiqcha 


344 
soladilar? Bu ham shunga o‘xshash. 

Pepsining bosh marketing finti Buyuk Depressiya yillarida 
Shtatlardagi yurishlar hisoblanadi. O‘shanda Pepsi idishlarda 340 ml. dan, 
Coca Cola esa 170 dan sotilgan edi. Bunda narxi avvalgidek, bir shishasi 5 
sentligicha qolgan edi. Bunday g‘alati demping reklamada 
«Pepsi- cola» nishonga tegadi. 12 unsiya to‘lash-bu ko‘p! O‘sha tanganing 
o‘ziga ikki marta ko‘p! Pepsi-kola – bu ichimlik matni bilan qo‘shiq ham 
aytilardi. 1936 – yildan 1938 – yilgacha “Pepsi” ningsotilishini ikki martaga 
ko‘paydi. U amerikalik iste’molchilar ongiga yana 20 yil kirib bordi. «Shu 
pulga ko‘prog‘i» siyosatini Pepsi hali ham oradan 75 yil o‘tganiga qaramay 
saqlab qolmoqda. Masalan, Rossiyada Coca Cola shisha idishlarda 0,5 
litrdan Pepsi esa - 0,6 litrdan sotiladi. 

Timberland tarixidan: 1980-yillarning boshida Timberland kom- 
paniyasi og‘ir vaqtlarni boshdan kechirdi. U sifatli “qayiqcha” tufli chiqarar 
edi. Uning narxi Topsiders kompaniyasi yetakchi tarmog‘i mahsulotining 
narxidan arzon edi. Yaxshi mahsulot va arzon narx ular uchun ishlashi kerak 
edi, biroq ish yomon kechmoqda edi. Keyin Timberlandda juda oddiy qaror 
qabul qilishdi: ular o‘z narxlarini Topsiders taklif qilayotganidan ham sal 
yuqoriroq ko‘tarishdi. Savdo keskin o‘sdi. Devid Ogilvining aytgani 
tasdiqlandi: «narxi qancha yuqori bo‘lsa, tovar xaridorlar ko‘ziga shunchlik 
talabgir ko‘rinadi». Bu 
«Sun’iy shishiriladigan talab» usulidan luxury-brendlari bir necha o‘n 
yillardan buyon foydalanishadi. O‘z vaqtida Parlament tamaki brendi shu 
yo‘lni tutgan edi. Avvaliga uning narxi asosiy raqobatchisi, shuningdek, 
Phillip Morrisga ham egalik qilgan Marllboro»ning narxidan ham past edi va 
savdo anchagina past bo‘lar edi. Iste’molchilar uchun bir xil narx segmenti 
bir dunyo taklif orasidan tanlab olish juda qiyin edi va ular «Parlament»ning 
filtri eksklyuzivligiga qaramay o‘zlario‘rganganlarini tanlashar edi. Brend bir 
yil bozordan ketishga majbur bo‘ldi, keyin o‘ylab ko‘rib, yuqoriroq narxda 
qayta ishlab chiqarila boshlandi. 
Frenk xo‘jayinidan ketib, pul qarz oldi va do‘kon ochdi. 1919-yilda 
Vulvort imperiyasi minglab do‘kondan, Frenkning shaxsiy boyligi taxminan 
65 milliondan iborat edi. 

Londonda, XIX asrning oxirlarida aroq brendi roli juda ommalashdi. 
Shu bois viskining savdosi ancha kasodlashdi. Ayyor Tomas Dyuar- 
familiyasi yozilgan brendlardan birining asoschisi kutilmagan strategiyani 
tanladi. U yollanma xaridorlarni yolladi. Ular turli barlarga borib «Dewar’s» 
viskisidan quyib berishlarini talab qilishar, tabiiy, bu viski savdoda yo‘q 
va ular qaytib ketishardi. Bir necha ana shunday tashriflardan keyin 
Dyuarning o‘zi barda paydo bo‘lar va viski yetkazib berish haqida shartnoma 
tuzishni taklif qilar edi. 

1892-yilda Tomas Dyuar dunyo bo‘ylab sayohatga chiqdi. Ikkiyil 
davomida u 26 ta mamlakatga bordi, kompaniyada esa 32 ta agent ishlay 
boshladi va bir nechta «Dewar’s» eksport kompaniyalari paydo bo‘ldi. Bu 


345 
vaqt orasida kompaniyaning tovar aylanmasi 10 marta o‘sdi. Tomas Dyuar 
esa o‘zining mashhur «Dunyo bo‘ylab sayohat» kitobini yozdi. Tomasning 
madaniy topilmalari va hikoyalari asosida endilikda butun dunyo bo‘ylab 
«Dewar’s» reklama kompaniyalari qurilmoqda va brendni raqobatchilardan 
muhofaza qilmoqda. 

Yevropada tan olingan IKEAning dastlabki do‘konlari AQShda 
ochilganda, mebellar sotuvi kutilganidek bo‘lmadi. O‘tkazilgan tadqiqotdan 
ma’lum bo‘ldiki, amerikaliklar uchun dizaynning soddaligi yoqqan bo‘lsa 
ham, mebel ularning ancha katta uylariga mos kelishini xohlashar ekan. 
Qilinishi zarur bo‘lgan asosiy ish-mebellar o‘lchamini kattartirish ekan. 

Procter & Gamble kompaniyasining yetakchi ximik-texnologi qiziga 
bolalarini parvarishlashda yordam berayotgan Viktor Millz uchun o‘z 
nabiralari ostidan ko‘p martalab ho‘l tagliklarni olishga, ularni yuvib, 
quritishga to‘g‘ri keldi. Jarayon, albatta unga yoqmas va qandaydir yo‘l bilan 
o‘zi uchun hayotni yengillatishni istardi. Shunda uning xayoliga bir 
“martalik”- tagliklar, buklangan va namlikni o‘taso‘rib olishga qodir alohida 
shakldagi ishtonchalarga joylashtiriladigan taglik g‘oyasi keldi. Turli xil 
materiallar bilan o‘tkazilgan bir qancha eksperimentdan keyin Millz 
Procter&Gamble uchun yangi mahsulot yaratdi va u Pampers savdo markasi 
bilan chiqib, ommalashib ketdi. 

Salvador Dalining novatorli cho‘pchasi, qulay o‘rami va yorqin 
muallifligi 50 yildan ortiq vaqt davomida jahonning hamma mamlakat- 
laridagi mevali konfetlarni so‘rib kelayotgan iste’molchilar tomonidan a’lo 
baholandi. 

Ichimlikni keng bozorga olib chiqilganda (Yevropa, AQSh) uning 
asosiy raqobatchilari sifatida Coca Cola, Pepsi, Molson, Labatt, Anheuser- 
Buschlar chiqishdi. Hamma firmalarning konsepsiyalari o‘xshash, chanqoq 
qondirar va stimullar, quvvat beruvchi Lalt Calagaesa ulardan tashqari Red 
Bullga nisbatan kofeinning dozasi ikki marta ko‘p ham edi. 
Shunda Ditrix Matyses tavakkal qildi: sun’iy ravishda narxni 
raqobatchilarga nisbatan ikki marta oshirdi, shakl jihatdan batareykaga 
o‘xshaydigan hajmi kamaytirildi va bankalarni do‘konlardagi ichimliklar 
bo‘limiga emas, boshqa hamma narsalar bilan birga joylashtirdi.(do‘konlarga 
kirganingizda e’tibor bering-Red Bullni boshqa energetik- lar bilangina emas, 
hatto kolbasalar sotiladigan yoki spirtli ichimliklar bo‘limida ham, ko‘rish 
mumkin.) Shu bilan birga Red Bull yashiklari talabalarga, universitet 
korpuslarida tekinga tarqatilar, talabalarning “o‘tirish”larida uni jon deb 
olishar, sababi tasodifiy yoki ataydanmi, uning tarkibi (ta’siri) aroqnikiga 
o‘xshab ketardi. Shunday qilib, dunyoda yangi, o‘ta ommalashib ketgan 
kokteyl Vodka Red Bull paydo bo‘ldi. 


346 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish