1999 yilda Prezident farmoyishi bilan O’zbekiston geografiya atlasi chop etildi. 7, 8, 9-sinflar uchun atlas va yozuvsizl kartalar nashr qilindi. Xorijiy ilg’or mamlakatlarda kartalar va boshqa didaktik materiallarni disketaga kiritib, o’quv disketlarini yaratish yo’lga qo’yilgan. Buni bizning respublkamizda amalga oshirish uchun qulayliklar mavjud. Mamlakatimizda tashkil qilingan “Ustoz” jamg’armasi orqali ko’pgina geograflar xorijiy mamlakatlarda bo’lib ularning tajribalarini o’rganib qaytdilar va hokazo. Amalga oshirilgan tadbirlar tufayli mamlakatimizning o’ziga xos milliy ta’lim tizimi shakllanib, uning moddiy bazasi mustahkamlanib bordi. Mamlakatimizda yangi turdagi o’quv muassasalari, litseylar, gimnaziyalar, kollejlar tashkil qilindi. Ularda ta’lim tizimi deyarli yangidan uyushtirildi. O’quvchilarni tabaqalab o’qitish joriy etildi. Ammo bu tadbirlarning barchasi mafkuraga sodiq hodimlarini tayyorlashga da’vat etilgan sobiq ta’lim tizimining yangilash borasidagi dastlabki qadamlar edi.
Endilikda mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq maqsad, mazmun, vazifalar, boshqarish, tashkil etish va xalqimizning milliy-madaniy an’analariga xos keladigan tamoman yangicha “Ta’limiy xizmat”ni shakllantirishga kirishildi.Bunday ta’limiy xizmatning metodologik negizini prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan “Jamiyat mafkurasi xalqni xalq,millatni millat qilishga xizmat qilsin” degan g’oya yotadi. Uning pedagogik asosini esa har bir shaxsning qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish, takomillashtirishi orqali jamiyatning quyidagi ta’limiga bo’lgan ehtiyojini qondirish tashkil qilindi. Ana shunday konsepsual g’oyalar asosida faoliyat ko’rsatuvchi maktabni,shaxs va jamiyatni rivojlantirishga, ta’limning milliy va mintaqaviy xususiyatlarini e’tiborga olib demokratiya hamda insonparvarlik tamoyillari asosida boshqarishga undaydigan mexonizm sifatida boshqa fanlar qatori geografiya ta’limida ham tayanch o’quv tizimi vujudga keldi. Bu mexanizm jamiyatning geografiya ta’limiga bo’lgan ijtimoiy buyurtmasi, davlat talabi bilan bolaning shaxsiy imkoniyati mayli o’rtasidagi tafovutni muvozanatlovchi vositadir. Yuqoridagi g’oya va fikrlar hamda konsepsiyalar asosida mamlakatimizda geografiya ta’limining mazmuni va tuzilishi quyidagi tizimda barpo etildi
Umumta’lim maktablarida:
5-sinf “Tabiiyot” (1999-2000yil o’quv yilidan boshlab boshlang’ich tabiiy geografiyasi);
6- sinf “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi”;
7-sinf “Turkiston tabiiy geografiyasi ” (I yarmida); “O’zbekiston tabiiy geografiyasi” (II yarmida)
8-sinf “O’zbekiston iqtisodiy geografiyasi”
9- sinf “Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”
Akademik litseylar va kasb - hunar kollejlarda;
Do'stlaringiz bilan baham: |