O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etilishi munosabati bilan FAning mavqei ortdi.
O’zbek olimlarining fan-texnika sohasidagi yutuqlari nafaqat O’zbekiston, balki jahon hamjamiyatida ham tan olina boshlandi va ko’pchilik olimlarimiz davlatimiz mukofotlariga sazovor bo’ldilar va xorijiy davlatlar akademiyalariga haqiqiy ham faxriy a'zolikka saylandilar. O’zbekiston Respublikasining Fanlar akademiyasi al-Xorazmiy nomidagi, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi oltin medallarni ta'sis etdi. 1993 yilda O’zbekiston Respublikasi FAning akademigi H.F. Fozilov tabiiy va texnikaviy sohada katta yutuqlarga erishgani uchun al-Xorazmiy nomidagi Oltin medalning birinchi sohibi bo’ldi.
Mustaqillik xalqning maʼnaviy uygʻonishi uchun toʻla imkoniyat yaratdi. Yurt tarixi, qadimiy madaniyat tiklana boshladi. Xalqining azaliy urf-odatlari, maʼnaviy qadriyatlari unga qaytarib berildi. Dinga munosabat mutlaqo ijobiy tomonga oʻzgardi. Shunday qilib, qoʻlga kiritilgan Mustaqillik oʻzbek xalqi tarixida tamoman yangi davrni boshlab berdi, milliy dunyoqarashda yangicha tafakkur shakllana bordi. Xalq kelajakka ishonch bilan qaray boshladi. Oʻz yurtining toʻla xoʻjayini ekanligini, oʻz taqdirini oʻzi belgilash imkoniyatini qoʻlga kiritganligini his qila boshladi.
Dunyoda ikki yuzdan ortiq davlat, minglab xalq va elatlar mavjud. Ular orasida O‘zbekiston deya atalmish go‘zal va betakror mamlakatning o‘z o‘rni va nufuzi, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li borligi qalbimizga iftixor bag‘ishlaydi. Mustaqillik xalqimizga, millatimizga o‘zligini teran anglash, ming yillar davomida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy ma’naviy-madaniy merosdan bahramand bo‘lish imkonini berdi. Mustaqilligimizning turli yillarida millatimizning buyuk farzandlari — Ahmad Farg‘oniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Imom Buxoriy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Imom Moturudiy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Imom Termiziy, Xoja Ahror Valiy singari ulug‘ zotlarning tavallud sanalarini alohida nishonlash hamda boy ilmiy, diniy-ma’rifiy merosini keng ommalashtirish va o‘rganish, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva, Shahrisabz, Qarshi, Termiz, Marg‘ilon singari qadim va muazzam shaharlarning xalqaro miqyosdagi yubileylari o‘tkazilishi, albatta, bevosita istiqlol davri bilan bog‘liq.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar qatorida madaniyat sohasida ham tubdan o’zgarishlar ro’y berdi. Bu avvalo, teatr san'ati, milliy musiqa, me'morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Madaniyat mutaxassislarining ijodiy faoliyati, ularning moddiy va texnikaviy uskunalari, zamonaviy binolar bilan ta'minlanishi davlat rahbari Islom Karimovning bevosita g’amxo’rligida bo’ldi. 2001 yilning davlat byudjetidan madaniyat va san'at muassasalarini rivojlantirish uchun 12 milliard 703 million so’m (bu ko’rsatkich 2000 yili 9 mlrd. 463 mln. so’mni tashkil qilgan edi) ajratilishi fikrimizning dalilidir.
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Oltin medal birinchi bo’lib shu yili ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida katta yutuqlarga erishgani uchun filologiya fanlari doktori, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a'zosi U.I. Karimovga nasib etdi.
1992 yil oktyabr oyida esa geologiya-mineralogiya fanlari doktori, O’zbekiston Respublikasi FAning akademigi I.H. Hamroboyev geologiya va geofizika sohasida erishgan muvaffaqiyatlari uchun Habib Abdullayev nomidagi Oltin medalning birinchi sohibi bo’ldi. U AQSh da chiqadigan "Global tektonika va metallogeniya" xalqaro ilmiy jurnali tahririyatiga a'zo etib saylandi.
"Fan va texnikada kim haqiqatan kim?", deb nomlangan jahon fan va texnikasining rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan eng buyuk olimlarning hayoti va ilmiy faoliyati to’g’risidagi asosiy ma'lumotlarni o’z ichiga olgan qomusga O’zbekiston Respublikasi FAning akademigi P.Q. Habibullayev kiritilgan. O’zbek olimi bu sharafga o’zining qattiq va yumshoq jismlar issiqlik fizikasining katta muammolarini, energetikaning fizika-texnikaviy muammolarini ishlab chiqqanligi uchun muyassar bo’lgan.
Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikada yangi teatr jamoalari tashkil etildi. 1991-1994 yillarda bir qator viloyat markazlarida yangi teatrlar ishga tushirildi. 1993 yil avgust oyida Toshkent shahrida ish boshlagan "Turkiston" saroyi nafaqat me'morchilikning yorqin namunasi, balki sahna guruhlari va atoqli artistlarning chiqishlari bo’ladigan dargohga aylandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov "Turkiston" saroyi ochilishi marosimida nutq so’zlab, "Ushbu saroyda xalqimizning, shuningdek, jahon xalqlarining, Markaziy Osiyo xalqlarining an'anaviy anjumanlarini, san'at bayramlarini o’tkazishni niyat qilganmiz. Bu koshona, inshoolo, millatlar, el-elatlarning do’stlik, birdamlik qal'asiga aylanadi", degan edi.
Mustaqillik yillarida (1996) FAning 40ga yaqin ilmiy markazi va tadqiqot laboratoriyalarida yirik olimlar faol mehnat qilmoqdalar. O’zbekiston Respublikasi FA institutlari olimlari xorijiy davlatlar olimlari bilan hamkorlikda ilmiy aloqalarni kengaytirib bormoqdalar. Natijada, 1992 yil dekabr oyida texnika fanlari doktori G’.G’.Umarov K.E.Siolkovskiy nomidagi Kosmonavtika xalqaro akademiyasining a'zosi bo’ldi. U mazkur Xalqaro akademiyaning a'zosi bo’lgan birinchi o’zbek olimidir. Shuningdek, O’zbekistonlik M.S. Bulatov, S.M. Sutyagin, I.I. Notkinlar 1993 yilda Iordaniya Islom Fanlar akademiyasi a'zoligiga, M.S. Salohiddinov YuNESKO Informatsiya xalqaro akademiyasining haqiqiy a'zoligiga, 1994 yil oktyabr oyida Xudoyor Olloyorov, 1995 yil fevral oyida Azamat Shamsiyev Nyu-York FAning faxriy a'zoligiga, Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi xalqaro akademiyasining haqiqiy a'zoligiga Z.S. Salimov, A.A. A'zamxo’jayev, 1997 yil oktyabrida U. Tojixonov va 3. Zaripovlar Tabiat va jamiyat fanlari xalqaro akademiyasining a'zoligiga, akademik E.Yusupov esa Turkiya Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zoligiga saylandilar.
Teatrlarning 90-yillarning ikkinchi yarmidagi repertuarlarida tarixiy p’esalar keng o’rin oldi. 1996 yili Amir Temurning 660 yillik yubileyi munosabati bilan 10 ta yangi spektakl sahnalashtirildi. "Navro’z-97" teatr festivali munosabati bilan Sohibqiron obrazini ifodalovchi 14 spektakl namoyish etildi. 1998 yili al-Farg’oniy, al-Buxoriylar yubileylariga bag’ishlangan p’esalar yaratildi.
Mamlakatimizning boy tarixini namoyish etuvchi spektakllar Toshkenting yetakchi teatrlaridagina emas, barcha viloyatlarning teatr sahnalarida qo’yildi. 1995-1997 yillari respublika teatrlari tomonidan 313 ta yangi spektakl qo’yildi.
Mustaqillik yillarida o’zbek adabiyoti, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi sahifalar ochildi. Asarlari zararli, o’zlari millatchi, deb nohaq baholangan Cho’lpon, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud, Munavvar Qori singari millatparvar yozuvchi, ma'rifatparvarlar ijodi xolisona o’rganilib, ularning asarlari chop etildi, teatr sahnalarida o’z o’rnini egalladi.
Ma'rifatparvarlar faoliyatining asl mohiyatini, adabiy, madaniy, siyosiy hayotdagi o’rnini ro’yi-rost ko’rsatish boshlandi. O’tmishda diniy va saroy adabiyoti vakili, deb tamg’a bosilgan buyuk shoir va mutafakkirlar hayoti va ijodi o’rganilib, asarlari xalqqa qaytarildi.
Teatrlarning 90-yillarning ikkinchi yarmidagi repertuarlarida tarixiy p’esalar keng o’rin oldi. 1996 yili Amir Temurning 660 yillik yubileyi munosabati bilan 10 ta yangi spektakl sahnalashtirildi. "Navro’z-97" teatr festivali munosabati bilan Sohibqiron obrazini ifodalovchi 14 spektakl namoyish etildi. 1998 yili al-Farg’oniy, al-Buxoriylar yubileylariga bag’ishlangan p’esalar yaratildi.
Mamlakatimizning boy tarixini namoyish etuvchi spektakllar Toshkenting yetakchi teatrlaridagina emas, barcha viloyatlarning teatr sahnalarida qo’yildi. 1995-1997 yillari respublika teatrlari tomonidan 313 ta yangi spektakl qo’yildi.
Milliy istiqlol davridagi o’zbek adabiyotshunosligi oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda Ozod Sharafiddinov, Begali Qosimov, Naim Karimov, Erkin Karimov, Ahmad Aliyev, Najmiddin Komilovlarning asarlari alohida o’rin egallaydi. T. Malikning romanlari, O. Matjon, O. Hojiyeva, H. Sultonov, A. Suyun, Y. Eshbek, H. Do’stmuhammad, Sh. Salimova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g’oyaviy yetuk asarlari o’zbek milliy istiqlol adabiyotiga katta hissa bo’lib qo’shildi.
Mustaqillik yillarida madaniy-ma'rifiy muassasalar ishlarida ham keskin o’zgarishlar yuz berdi. Bu muassasalarning soni 1997 yili 9442 ta bo’lsa, bulardan 60 tasi muzeylar, 2657 ta klublar, 6725 ta kutubxonalardir. Mustaqillik yillari bu muassasalar aholi o’rtasida madaniy-ma'rifiy tarbiyaning o’chog’iga aylandi.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |