Mustaqilligimiz boshi Yurtboshim!



Download 63,95 Kb.
bet2/2
Sana23.01.2020
Hajmi63,95 Kb.
#36819
1   2
Bog'liq
i-karimov-senariy


Men mamlakatimiz

Va mustaqilligimiz taqdirini yosh avlod qiyofasida ko’raman.

Kishi anashunday farzandlari borligidan kuch oladi, ongi tiniqlashadi, rag’batlanadi, ko’ksi tog’day ko’tariladi.

Karimov.Islom

O`zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tavallud kuniga

bag’ishlangan tadbir senariysi

14ФЕВ

1-boshlovchi:  Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,

                        Ma’noga, mazmunga to’liq kunlarga.

                        Farovon, nurafshon ulug; kunlarga,

                        Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!

                        Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!

 

2-boshlovchi:  Yangi davr keldi, o’zgardi zamon,

                        Zamon zayli bilan o’zgardi inson.

                        O’zgardi jamiyat, o’zgardi hayot,

                        O’zgardi qo’shig’-u o’zgardi hayot!

1-boshlovchi:  Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Aziz ota-onalar, qadrli o‘quvchilar. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning 80 yillik tavallud kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan “Mustaqilligimiz boshi- ulug` Yurtboshim!” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz!  

Karnay-surnay ovoz berdi jahonga,

Jahonni qaratdi O’zbekistonga.

Temurning ruhiga qilib qasamyod,

Yolboshchimiz etdi xalq dilini shod,

Yo’lboshchi so’zini ettirdi davom,

Dilida xalqiga chuqur ehtirom

Hech hazon bo’lmasin biz kezgan chaman,

Bizdan qolsin ozod va obod Vatan.

Olam ahli bilan qilib barobar,



2-boshlovchi:  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida har yili Islom Karimov tavallud topgan sana — 30-yanvar jamoat birlashmalari, turli tashkilotlar va ta’lim muassasalarida keng nishonlanishi belgilangan.  

Dunyo xaritasin bezab shersimon,

Qulochini yoydi hur O’zbekiston.

Xaritaga soling diqqat nazarin,

Ko’ring, xavas qiling yurtim manzarin.

U qaddin roslagan sherga oxshaydi.

Pahlavon, bahodir erga o’xshaydi.

 3-o’quvchi:   O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining asoschisi, o`zbek xalqining ulug` va ardoqli farzandi, buyuk davlat va siyosat arbobi,

O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov juda ham bag’rikeng, oqilu-dono, mehribon, vatanparvar inson edi
Adolatning qo’yib tamal toshini,

Yo’lboshchi ko’tardi xalqning boshini.

U tinim bilmasdan ishladi shoyon.

Birnchi o’ringa qo’yib insonni,

Inson sharafiga baxsh etdi jonni.

4-o’quvchi: Respublikamizning birinchi prezidenti o’z umri davomida juda ko’plab bunyodkorlikka yo’naltirilgan ishlar qildilar. Prezidentimiz butun umrini o’z xalqiga O’zbekistonimizni rivojlantirshga bag’ishladilar. 25 yil ichida asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirdilar. 

 Olam ahli bilan qilib barobar,

Ayladi qadrdon, do’st-u birodar.

Chiqardi millatlar uyin to’riga,

Umir qo’shdi O’zbekiston umriga.

Mustaqillik bergan oily baxtdir bu,

O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu!

5-o’quvchi :O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1938-yilning 30-yanvarida Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.  Millati o‘zbek. Oliy ma’lumotli. O‘rta Osiyo politexnika va Toshkent xalq xo‘jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklarini egallagan. 

Tabarruk ona tuproq Ulg`ayib eng oldingi

Bag’ishlaydi kuch bizga Saflardan joy olamiz

Shu Vatanni asramoq- Mardona qasamyodga

Eng muqaddas burch bizga Mangu sodiq qolamiz

 6-o’quvchi:  Islom Karimov mehnat faolyatini 1960-yili Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961-yildan 1966-yilgacha yetakchi muhandis, konstruktor bo‘lib ishlagan. 


1966-yili O‘zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o‘tib, bosh mutaxassislikdan Respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o‘rinbosari lavo¬zimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 

 Ilmliy kishini qadrlar zamon.

Ne zamon qadrlar jumlayi jahon,

Ilm bilan bezar umrini basher.

Ilm-katta boylik, ilm-siymu zar,

7-o’quvchi:  1990-yil 24-mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy kengashining sessiyasida Islom Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa O‘zbekiston Respublikasida birinchi marta Prezidentlik lavozimi joriy qilindi. 1991-yil 31-avgust kuni Islom Karimov muhim tarixiy voqea — O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qildi. 

O’zbekiston tenglar ichra teng o’zing

Mingbarlarda doim yangrar dil so’zing

Do’stlik tinchlik birodarlik da’vating

Jaxon yuzin ko’rib turar qalb ko’zing

7-o’quvchi: Islom Karimov 1991-yil 29-dekabr kuni muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda 86 foiz ovoz to‘plab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. Bobomiz mustaqil O‘zbekiston Respublikasini barpo etish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko‘rsatgani uchun “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “Mustaqillik”, “Amir Temur” ordenlari bilan taqdirlangan. 

Vatan oldidagi burchni hammamiz,

Anglab olib, unga amal qilamiz.

Yurak to‘rida ushbu so‘zlarni,

Takror-takror aytib olg‘a yuramiz.


(O‘quvchilar Vatanni madh etuvchi she’rlar o‘qiydi). 

8-o’quvchi: Inson o‘z bilimlarini kitob orqali oshiradi. Bobomiz ham ancha kitoblar yozib, biz yoshlarga meros qilib qoldirgan. Har bir yozgan asari bizni Vatanga sadoqatli farzand bo‘lishga chorlaydi.Keling, ularning ayrimlarini esga olamiz. 

1-o‘quvchi: — “O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura”. 

2-o‘quvchi: — “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”. 

3-o‘quvchi: — “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”. 

4-o‘quvchi: — “Yangicha fikrlash va ishlash — davr talabi”. 

5-o‘quvchi: — “Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida”. 

6-o‘quvchi: — “Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz”. 

7-o‘quvchi: — “O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi”. 

8-o‘quvchi: — “Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch”. 

Badiiy qism Raqs namoyish eriladi:

 

1-boshlovchi: Bobomizning bizga qarata aytgan bir gapi doimo yodimizda: “Ey bolam, sening Vataning bitta — barchamizga aziz, betakror mana shu O‘zbekiston. Ota-bobolaring xoki ham shu yerda yotibdi. Shu muqaddas zamin seni dunyoga keltirgan, sen uni obod etishing, himoya qilishing shart. Nafaqat sening o‘z hayoting, balki senga umid ko‘zini tikib turgan ota-onang, opa-singillaring, yosh go‘daklar, nuroniy qariyalarimizning hayoti ham ana shu burchingni nechog‘lik ado etishingga bog‘liq”. 

Bir xabar tarqaldi, yarim tun edi, 

Go‘yo g‘am seliga botdim, yo‘qoldim. 

Kimdir, yo‘lboshchidan ayrildik, dedi, 

Men-chi, aziz do‘stdan ayrilib qoldim. 
O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripov

2-boshlovchi: — Shu kuni butun O‘zbekiston ahli yig‘ladi. Biz bobomizni bugun dunyodan o‘tgan, deb ayta olmaymiz. Chunki bobomiz har bir qilgan ishimizning boshida, yo‘limizda nur, qalbimizda quyosh bo‘lib porlamoqda. 

Yana tonglar otib kun kulgaymu kulmagaymu,

Kimni boy berdi dunyo bilgaymu bilmagaymu?

Sayyoralar yuz yilda yozar ekan bir dasturxon,

Bunday mehmon ming yilda kelgaymu kelmagaymu?

 1-boshlovchi: — O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi qalbimizda mangu yashaydi. Bobomiz nomlarini abadiylashtirish maqsadida bobomizga atab haykallar o‘rnatildi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bobomiz haykali ochilishi marosimida shunday degan edilar: “Milliy mustaqilligimizning asoschisi, muhtaram Islom Abdug‘aniyevichning so‘nmas xotirasiga qo‘yilgan eng buyuk haykal — bu mustaqil va suveren, erkin va ozod O‘zbekiston davlatidir, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz”. 

Tiklandi iftihor va milliy g’uru,

Endi o’zbekman deb ayturmiz mag’rur.

Tiklandi an’ana, urf-odatimia,

Tiklandi qadriyat tarix va moziy,

E’tiqod, din-iymon, ilimi ilohiy.

  2-boshlovchi: Islom Karimovning xotirasi doimo yodimizda. U kishining pand-nasihatlarini hech qachon unutmaymiz. 



 

O’quvchilar tomonidan Vatan haqida qo’shiq yangraydi.  
Download 63,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish