Mustaqil Respublikamizning ishlab chiqarish sohalari va jamiyat taraqqiyotining, iqtisodiy islohatlarning amalga oshishida energetika sohasining salmog‘i kattadir
kirish Mustaqil Respublikamizning ishlab chiqarish sohalari va jamiyat taraqqiyotining, iqtisodiy islohatlarning amalga oshishida energetika sohasining salmog‘i kattadir. CHunki fan va texnikaning taraqqyot mahsuli sifatida energetika resurslaridan aholi turmush tarzini yaxshilash maqsadida foydalanish salmoqli natijalarni berishi mumkin. Energetik resurslar, ayniqsa elektr energiyasidan to‘g‘ri va samarali foydalanishni kelajakda echilishi lozim bo‘lgan masalalarni hal etishning omili sifatida qarashimiz mumkin. Bunga erishish uchun elektr ta’minot tizimlarini to‘g‘ri loyihalash, istiqbolli rejalarni belgilashda va kelajakdagi elektr energiyasiga bo‘ladigan talab va ehtiyojlarni ayni bashorat qilish elektr tizimlarining loyihalanishida asosiy o‘rinni egallaydi.
Elektr tizimlarini loyixalashda puxta reja asosida uzoqni ko‘zlab loyihalangan bo‘lmasa uni boshqarish va doimiy taxt holatda saqlab turish bir qancha mushkulotlarni tug‘dirishi mumkin. CHunki xozirgi kunda qishloq va suv xo‘jaligi korxonalarida, shu jumlada sanoatda ham tobora elektrlashtirilgan jixozlar va uskunalar o‘rnatilishi mumkin. SHu sababli elektr tizimlarni loyihalashda va hisoblashda kelajak elektr energiyasi istemoli miqdorini, istemolchi ob’ektlar yuklamasi va kategoriyasini, texnologik shart-sharoitlarni, aholi turar joylari va ishlab chiqarish ob’ektlarining elektr ta’minot tizimiga qanchalik masofada joylashganligini bilish talab etiladi.
Ushbu kurs loyixasida topshiriq asosida berilgan obektlarni shart-sharoitni va muxitni etiborga olgan xolda o‘rnatish lozim va shundan so‘ng loyixalanayotgan obektlarimizni kelajakni ko‘zlab hisoblash ishlarini bajarishdan iborat.
2. Toshkent shaxar yashnobod tumanida nasos sntansyalarning va yangidan kuriladigan ob’ektning ichki va tashki elektr sxemasini ishlab chikish, yuklamasini xisoblab: TP, o‘tkazgich kesimi va avtomat o‘chirgichlarni tanlash.
Bizning №6 ob’ektimiz «Elektr isitgichli issikxona» bo‘lib, unda 2 ta 30 kVt.li elektr dvigatelli nasoslar o‘rnatilgan. YOritish uchun kuvvati 80 Vt.li 12 ta LPO yoritgichi, navbatchi yoritish uchun kuvvati 200 Vt.li 7 ta cho‘glanma lampali «Universal» markali yoritgich va yuqori bosimli quvvati 400 Vt li 4 ta gazrazryadli lampalar (DRL-400) o‘rnatilgan. Elektr isitgichli issikxon Ob’ektdagi yoritgichlar tarmog‘ini aloxida «YOritish shiti»dan liniyalar tortib ulab chikamiz va uzatiluvchi liniyalarni L1, L2, L3, L4, va L5qilib belgilaymiz.
Kuch tarmog‘ini esa «Kuch tarmog‘i shiti»dan ulab uni xam L1, L2,L3 va L4kilib belgilaymiz.Ob’ektdagi uskunalarni belgilashda adashmaslik uchun «SHartli belgilanishlar»ni belgilab ko‘yamiz. Nasos stansiyasidagi elektr istemolchi uskunalarning joylashuvi 2.1 Ob’ektdagi yuklamalarni xisoblash A) Kuch shitidan chikuvchi yuklamalarni xisoblaymiz:
1 – liniya(L 1)ning yuklamasi R= 30 kVt.
2 – liniya(L2) ning yuklamasi R=30 kVt. B) Kuch shiti bosh o‘chirgichidagi umumiy yuklamani xisoblaymiz. Ob’ektimizdagi nasos agregatlari doimiy ishlab turganligi sababli kunduzgi va kechkurungi yuklamalarni teng deb kabul kilamiz (Rkun = Rtun). U xolda:
O‘tkazgichning kesimini va avtomat o‘chirgichning turg‘unlik tokini topish uchun kuyidagi formuladan foydalanamiz:
, kVt.
Formuladan tokni topamiz:
Elektr dvigatellarning aktiv kuvvat koeffitsientini cosφ=0,84 ga teng deb olamiz. Barcha elektronasoslar bir vaktning o‘zida ishlaganligi uchun yoppasiga ishlash koeffitsientini 1 ga teng deb qabulkilamiz(Kyo= 1).
Kuch tarmog‘i uchun alyumin simli, kesimi 16 mm2 bo‘lgan 4 simlik plastmassa izolyasiyali AVVG kabel tanlaymiz.
SHitni tarmokdan ajratish uchun turg‘unlik toki 40 A. bo‘lgan AP50-2M avtomatini tanlaymiz (Ilova. 14 - jadval).