Mustaqil O‘zbekistonda hokimyatlar bo’linishi


Hokimyatlar tarmoqlarining o’zaro muvozanatda ushlash tizimi



Download 25,24 Kb.
bet3/4
Sana26.02.2022
Hajmi25,24 Kb.
#467214
1   2   3   4
Bog'liq
O\'zb.yangi tarix11111

Hokimyatlar tarmoqlarining o’zaro muvozanatda ushlash tizimi
Hokimyatlar bo’linishi konsepsiyasining mag’zini “bir-birini tiyib turish va muvozanatda ushlash” tizimi tashkil etadi.
Ma’lumki umuman hokimyatlar bo’linishi nazariyasi davlat hokimyatining bir organ yoki bir shaxs – hokimyat subyekti tomonidan suiste’mol qilinishining oldini olish maqasadida ijtimoiy zarurat sifatida shakillangan.
Bu nazariyaga ko’ra, davlat hokimyati manbasiga ko’ra yagonadir, ya’ni hokimyat manbai – xalqning o’zidir. Biroq biron-bir hokimyat subyektining diktaturasi o’rnatilmasligi, qo’lida butun hokimyat to’planib qolmasligi uchun, hokimyatlar tashkiliy va institutsiyaviy jihatdan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyatlariga bo’linadi. Bu hokimyat tarmoqlari mustaqil bo’lib, har biri o’zining vakolati doirasida harakat qiladi.
Biroq bu uch hokimyat tarmog’i ichidan birontasining boshqalaridan yuqori bo’lib olmasliklari, ularning vakolatlarini o’zlashtirmasliklari, o’rnini bosishga intilmasliklari uchun, “bir-birini tiyib turish va o’zaro muozanatda ushlash” tizimi amal qilishi kerak.
Shu munosabat bilan, bu tizimning shakllanishi, uning konsitutsiyaviy mustahkamlanishi hamda davlat hokimyatini tashkil etishda qo’llanishi tadrijiy jarayonini qamrab chiqish ilmiy-nazariy ahamyatga egadir.
Monteskeninig o’rinli ta’kidlashicha, “hokimyatni suiste’mol qilishning imkoni bo’lmasligi uchun, shunday tartib o’rnatish kerakki, toki bunday turli hokimyat tarmoqlari o’zaro bir-birini tiyib tura olsin”.
Monteskening hokimyatlar bo’linishi nazariyasi tahlildan, V.A.Chetverninig fikricha, shu narsa kelib chiqadiki, hokimyatlar bo’linishi uch aspekda yoki uch darajada amal qiladi:
1. Hokimyatlarning funksional bo’linishi;
2. Hokimyatlarning institutsional bo’linishi;
3. Hokimyatlarning personal (shaxsiy) bo’linishi;
Hokimyatlarning funksional bo’linishi haqida gap ketganda, eng muhim masala – ya’ni jamiyatda erkinlikni ta’minlash davlat majburlovini qo’llash haqidagi qarorni qabul qilish funksiyasi bilan uni amalga oshirish vazifasini bir-biridan ajratish kerak. Shundan kelib chiqqan holda, qonun chiqaruvchi hokimyat majburlov kuchi ishlatish tartib-qoidasini o’rnatadi, sud hokimyati majburlov qo’llashiga yo’l beradi yoki konkret majburlov chorasini tayinlaydi. Demak, bu ikki hokimyat tarmog’i qo’lida majburlov kuchi, aynan to’planmasligi kerak, bular davlat majburlovini amalga oshirmasliklari kerak.
Yoki aksincha, ijro hokimyati qo’lida majburlov kuchi to’plangan, shu bois unda majburlov ishlatish haqida qaror chiqarish, yoki majburlovning biron-bir turini tayinlash kabi huquqlar bo’lmasligi kerak. Boshqacha qilib aytganda, ijro hokimyati sud qarori va uning doirasida, qonunlarga rioya etgan holda davlat majburlovini amalga oshirishi kerak.
Hokimyatlarning institutsional bo’linishi haqida so’z yuritishda, eng avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, qonunchilik, ijro va sud hokimyatini amalga oshirish bir shaxs yoki bir idora qo’lida to’planmasligi kerak. Yuqorida qayd etganimizdek, hokimyatlarning bo’linishi, davlat majburlovini qo’llash haqida qaror chiqarish huquqi bilan uni davlat majburloviga ega bo’lgan idoralarni bir-biridan ajratish kerak. Boshqacha qilib aytganda, davlat majburloviga ega idora bu majburlovni qo’llash huquqi bo’lmasligi, davlat majburlovini qo’llash huquqi bor idorada emas, bevosita davlat majburlovi jamlanmasligi kerak.
Shu ma’noda, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimyatni bo’linishi shuni anglatadiki, birinchidan, ijro hokimyati orgonlari dastlabki huquq yaratish fa’oliyati bilan shug’ullanmasliklari, qonun kuchiga ega bo’lgan normativ aktlar qabul qilmasliklari kerak.

Hokimyatlar bo’linishi nazariyasining amaliy ifodasiga misol tariqasida AQSHni ko’rsatish mumkin. 1787 yilgi AQSH Konstitutsiyasi respublikaning davlat o’rgonlarini tashkil etish hamda ularning vakolatlari va o’zaro munosabatlari asosiga hokimyatlar bo’linishi prinsipini qo’yishgan.


AQSH davlat hokimyati tizimidagi “bir-birini tiyib turish va o’zaro muvozanatni ta’minlash” mehanizmining ahamyati nafaqat hokimyat tarmoqlaridan birontasining boshqasining vakolatini egallab olishi mumkinligi havfining oldini olishga qaratilganidagina bo’lmay, balki davlat hokimyatining barqarorligi va muntazam amal qilishini ham ta’minlashidadur.
Bugungi kunda eng rivojlangan demokratik davlatlarning davlatchiligi aynan mana shu tizim va yo’nalish asosida qurilmoqda, chunki bu boshqaruvni eng ishonchli va sinovdan samarali o’tgan turi hisoblanadi. Tabiiyki bu narsa hokimyat organlarining ish samaradorligini oshirib, ishlash fa’oliyatini yanada osonlashtiradi. Aynan shuning uchun O’zbekiston ham xuddi shu prinsipga asoslangan hokimyatlar tizimini o’zida joriy qildi va bu narsa o’zini samarali jihatlarini ko’rsatib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasida davlat hokimyatchiligi
Ma’lumki, hozirgi kunda deyarli barcha demokratik taraqqiyot yo’nalishini tanlagan davlatlar konstitutsiyalarida hokimyatlar bo’linishi prinsipi u yoki bu tarzda mustahkamlangan. Bu xususiyat sobiq sotsialistik makonda tashkil topgan davlatlarga, xususan MDH davlatlariga ham xos, albatta.
Xalqaro hamjamiyatning munosib a’zosi bo’lgan O’zbekiston ham o’zining oliy maqsadi – huquqiy davlat qurish va fuqorolik jamiyatini shakllantirish ekanligini butun jahonga e’lon etib, hozirgi kunda ushbu maqsad sari intilmoqda. Huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan biri bo’lgan hokimyatlar bo’linishi prinsipi (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’z ifodasini topgan. Asosiy qonunninig 11 moddasida “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimyatining tizimi – hokimyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyatiga bo’linish prinsipiga asoslanadi”, deb belgilangan.
Aytish joizki, hokimyatlar bo’linish nazariyasining bosh qoidalarining uzul-kesil hayotga tadbiq etishi, ularning shakllanishi, har bir jamiyatda huquqiy davlat va fuqorolik jamiyatining shakllanishi darajasi bilan bog’liq ekanligi. Shu bois hokimyatlar bo’linishi prinsipining to’la amalga oshishi muayyan vaqatni talab etadi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz tariximizning o’sha tub burilish nuqtasida, g’oyat xatarli va murakkab kunlarda haqiqatdan ham yakkayu-yagona to’g’ri yo’lni tanladik. Ya’ni, mustabit tuzum, o’ta mafkuralashgan, milliy o’zligimizni toptagan eski tuzimdan voz kechib, xalqimizning xohish-irodasi, azmu-qarorini bajo keltirib, ochiq demokratik va huquqiy davlat qurish, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakillantirish yo’lini tanladik”.
Hozirgi kunda, O’zbekistonda yangi jamiyat qurishning huquqiy bazasi, asosi mavjud. Bu huquqiy asosni hayotga tadbiq etishning tashkiliy-huquqiy mexanizmi ham mavjud. Asosiy masala – yangi jamiyat asoslarini qadamma-qadam qurish va shakllantirishdan iboratdir. Demokratik tamoyillarni “so’zda yoki qog’ozda emas, amaliy hayotda joriy qilish” huquqiy davlat asoslarini shakllantirishning yo’nalishlaridan biridir.
Demokratik tamoyillardan bo’lgan hokimyatlar bo’linishi prinsipi va undagi “bir-birini tiyib turish va o’zaro muvozanatda ushlash” tizimi ham tobora amaliy va hayotiy mazmun kasb etib bormoqda, biroq bu jarayonni ham yangi sifat darajasiga ko’tarish lozim. Bu masala yuzasidan ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.


XULOSA
Ta’kidlash joizki, istiqlolga erishganimizdan so’ng davlatimiz oldida turgan, kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardan biri – bu yangi davlat organlari tizimini shakillantirish edi. Zero, yangi jamiyat qurish vazifasini eski davlat organlari yordamida amalga oshirib bo’lmasligi aniq va ravshan edi.
Mustaqilligimizni mustahkamlaydigan, yangi jamiyat qurish manfaatlariga xizmat qiladigan, inson va fuqorolarning huquq va erkinliklarini ta’minlaydigan organlar tizimi barpo etildi va ularning keng faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratildi.
Davlat hokimyati organlari tizimining hokimyatlar bo’linishiga asoslanishi, bu prinsipni hayotga real singdirilishi yuzasidan olib borilayotgan islohotlar davlat mexanizmining demokratik mohiyatidan dalolatdir.
Sud hokimyatini hokimyatning mustaqil, teng bir tarmog’iga aylantirish borasida olib borilayotgan va rejalashtirilayotgan islohot va o’zgarishlarning, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarning salmog’i jamiyatimizning huquqiy davlatchilik sari qat’iy ketayotganligini ko’rsatib turibdi.
Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Hokimyatning uchinchi tarmog’i bo’lmish sud tizimini mustahkamlash, sudlarning mustaqilligini, ularning faqat qonunga bo’ysunishini kuchaytirish borasida mohiyat-e’tiborga ko’ra mutlaqo yangi qadam qo’yildi desak, mubolag’a bo’lmaydi”.
Bu o’zgarishlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad shuki, biz odamlarning sudlarga faqat jazovlovchi idora emas, balki avvalo insonning haq-huquqlarini himoya qiluvchi idora deb qarashiga erishmog’imiz lozim. Shundagina ko’zlangan maqsadlarimizga og’ishmay erishishimiz mumkin.



Download 25,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish