Mustaqil O‘zbekistonda hokimyatlar bo’linishi


Hokimyatlar bo’linishi nazariyasining shakillanishi tarixi



Download 25,24 Kb.
bet2/4
Sana26.02.2022
Hajmi25,24 Kb.
#467214
1   2   3   4
Bog'liq
O\'zb.yangi tarix11111

Hokimyatlar bo’linishi nazariyasining shakillanishi tarixi
Kishilik jamiyati shakillangandan boshlab, odamlar o’z turmushini, hayotini yanada yahshi tashkil etish haqida bosh qotirib kelganlar, adolatli jamiyat, oqilona tartiblar bo’lishi haqida orzu qilganlar.
Jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida ijtimoiy omillar va rivojlanish natijasida, davlat va huquq paydo bo’lgan. Bu vaqtdan etiboran kishilarning jamiyat haqidagi fikirlari adolatli davlat, xalqparvar hukumdor, oqilona qarorlar mavjud bo’lgan jamiyat bilan bog’liq bo’lgan.
Davlat hokimyati va davlatli jamiyat sharoitida yashagan odamlar asta-sekin davlat hokimyatining kuchi, uning jamiyatda, insonlar hayotida tutadigan o’rni haqida fikir yuritadilar va davlat hokimyatining bir hukmdor, yoki bironta organ qo’lida butkil to’planib qolishi jamiyat taraqqiyoti, aholi farovonligi uchun havfli ekanligini, bu holat ko’pincha hokimyatning suiste’mol qilinishiga olib kelishini chuqur anglab yetganlar.
An’anaviy tarzda hokimyatlar bo’linishi g’oyasining zamini sifatida Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim qayd etiladi. Platon, Arastu va boshqa antik davr mutafakkirlari o’zlari yshab turgan davlat tuzilmalari siyosiy tuzulishi va boshqaruv shakillarini har tomonlama tahlil etish asosida muayyan nazariy, amaliy xulosalarni shakillantirganlar va shu asnosida, keyinchalik G’arbda ma’rifatparvarlik davrida hokimyatlar bo’linishi prinsipi shakillangan, degan fikrlar ilmiy adabiyotda keng tarqalgan.
Biroq, ilmiy adabiyotda hokimyatlar bo’linishi g’oyasining Bibliyada, Konfutsiy ta’limotida ham mavjudligi haqida fikrlar ilgari surilgan va surilmoqda. Petr Barenboymning "3000 лeт дoктрини рaздeлeния влaстeй. Суд Сютeрa" (М.:1966) nomli asarida sudning mustaqilligi prinsipi Bibliyada ifodalanganligi bayon qilingan. Shuningdek, Konfutsiyning “Lun yuya” (mulohazalar va suhbatlar) nomli mashhur asarida hokimyatlar bo’linishi g’oyasi va “bir-birini tiyib turish” tizimi mexanizimi mavjudligi "Lun yuya” (mulohazalar va suhbatlar) nomli mashhur asarida hokimyatlar bo’linishi g’oyasi va “bir-birini tiyib turish” tizimi mexanizimi mavjudligi asoslanadi" .
Hokimyatlar bo’linishi g’oyasining dastlabki ildizlarini qadimgi yunon mutafakkiri Arastuning qarashlarida kuzatish mumkin. Arastu o’zining mashhur asarlaridan biri bo’lgan “Siyosat”da davlat tuzimi haqida fikr yuritib, uning uch unsuri (elementi) mavjudligini, ya’ni qonunchilik-maslahat organi, magistratura va sud organlarini qayd etadi.
Shunday qilib, hozirgi kunda davlat hokimyatini tashkil etishning demokratik prinsipi sifatida e’tirof etiladigan hokimyatlar bo’linishining dastlabki ildizlari, kurtaklari va ilk amaliy tajribaviy urunishlari antik dunyo bag’rida shakillangan, deyishga asos bor.
Hokimyatlar bo’linishi g’oyasi o’rta asrlarda yanada nazariy jihatdan rivojlantirilib, o’zining yangi sifat darajasiga ega bo’lgan. Hokimyatlar bo’linishi g’oyasining shakillanishida ingliz faylasufi Djon Lokkning (1632-1704) qarashlari katta ahamyatga molik. Uning siyosiy-huquqiy qarashlari, jumladan davlat boshqaruviga, hususan esa hokimyatlar bo’linishiga oid fikr va xulosalari uning 1690 yilda chop etilgan “Davlat boshqaruvi haqida ikki traktat” nomli asarida bayon etilgan.
Lokkning fikricha, bir shaxs yoki bir guruh shaxslar tomonidan hokimiyatning egallab olinishining oldini olish maqsadida davlatning ommaviy hokimiy vakolatlari bir-biridan aniq ravishda ajratilmog’i chegaralanmog’i kerak, shu bois bu vakolatlar davlat orginlari o’rtasida bo’linmog’i lozim.
Qonunlar qabul qilish vakolati, albatta vakillik organiga – butun millat idorasini ifodalovchi organ – parlamentga berilishi kerak, demak, parlament qonun chiqaruvchi hokimiyat. Parlament tomonidan chiqarilgan qonunlarni hayotga tadbiq etish esa, ya’ni ijro hokimiyatini amalga oshirish esa monarxga, ministrlar kabinetiga, ya’ni hukumatga tegishli bo’ladi. Bu hokimiyat subekti ayni payitda, xorijiy davlatlar bilan bo’ladigan tashqi munosabatlarga ham mas’ul bo’lishadi.
Ta’kidlash lozimki, Lokkning hokimiyatlar bo’linishi g’oyasiga kiritgan yangiligi, faqatgina davlat o’rganlarini teng muvozanatda ushlab turish maqsadi bilan cheklanmagan, uning bu soxadagi fikrlari, mulohazalari ancha keng mazmunni tashkil etgan bo’lib, ular Lo’kkning butun hokimiyatini qaysidir subekt tomonidan uzurpatsiya qilinishiga va davlat hokimiyatidan despotik tarzida foydalanishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat hokimiyatining alohida qismlari o’rtasidagi aloqa va o’zaro harakatning pirinsiplarini belgilashida o’zining ifodasini topgan.
Lokkning yagona davlat hokimyatining tarkibiy qismlari, ular o’rtasidagi munosabat, hokimiy vakolatlarning o’zaro bo’linishi, taqsimlanishi to’g’risidagi ilg’or fikrlari o’sha davr davlat – huquqiy qarashlariga ijobiy ta’sir ko’rsatib, konstitutsiyonalizim doktrinasining shakillanishiga ma’lum darajada asos ham bo’lgan. Masalan, 1789 yil 26 avgustda Fransiya Milliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Inson va fuqorolar huquqlari Deklaratsiyasi”3 “Huquqlardan foydalanish ta’minlanmagan va hokimyatlar bo’linishi amalga oshirilmagan jamiyatda konstitutsiya yo’qdir”, deb e’lon qilingan.
O’rta asrlarda hokimyatlar bo’linishi g’oyasini nazariy jihatdan yanada boyitgan shaxs, Lokkdan keyingi faxrli o’rinni Monteske (1689-1775) egallaydi deyish mumkin.
Buyuk fransuz yuristi, ma’rifatparvari Monteske o’zining davlat va huquqga oid qarashlarini “Fors xatlari”, “Qonunlar ruhi haqida” kabi asarlarida bayon etilgan.
Hokimyatlar bo’linishiga doir Monteskening qarashlari asosida, uning despotiyaga nisbatan qat’iy nafrati, konstitutsiyaviy monarxiya va respublika boshqaruv shakliga nisbatan esa qat’iy xayrihohligi yotadi. Chunki uning fikricha, despotiya - bu o’zboshimchalik, qonunsizlik hukm surgan davlatdir. Garchi uning davlat boshqaruv shaklidagi ideali konstitutsiyaviy monarxiya bo’lsa-da, u respublika boshqaruv shaklini, xuddi monarxiyadek qonuniy deb bilgan.
Montaeskening fikricha, fuqarolarning erkinligini ta’minlash va amalga oshirish uchun, to’ntarilishlarning oldini olish uchun qonunlarga qat’iy rioya etish kerak. Bu maqsadga esa hokimyatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyatiga bo’linishi orqali erishish mumkin.
Siyosiy erkinlik munosabatlarining birinchi aspekti bu hokimyatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyatlariga bo’linishining konstitutsiyaviy qonuniy mustahkamlanishida ifodalaniladi va u fuqorolik huquq va erkinliklarining, shaxs xavfsizligini ta’minlashning zaruriy vositasi sifatida namoyon bo’ladi .
Bu borada Jan Jak Russoni ham e’tiborga molik fikirlarini eslab o’tishimiz lozim. Uning fikricha, fuqorolik jamiyati hususiy mulk paydo bo’lishi bilan paydo bo’ladi. Russo hokimyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi (hukumat) hokimyatga bo’linishini e’tirof etib, birinchisi siyosiy organizmning irodasi hisoblanadi, ikkinchisi esa uning kuchi sifatida namoyon bo’ladi, deb tushuntiradi. Shunday qilib, XVII- XVIII asrda hokimyatlar bo’linishi to’g’risidagi g’oyalar rivojlantirilib, yaxlit, tugallangan bir ta’limot sifatida shakllangan va o’sha davr siyosiy-huquqiy fikrlariga hamda davlatchilik amaliyotiga ijobiy ta’sir eta boshlagan.

Download 25,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish