Mustaqil O`zbekiston farzandlarimiz


-mavzu: Bozor iqtisodiyoti nima? Tejamkorlik oila boyligidir



Download 1,73 Mb.
bet2/38
Sana29.05.2022
Hajmi1,73 Mb.
#617125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
sinf-9 dars ishlanma

2-mavzu: Bozor iqtisodiyoti nima? Tejamkorlik oila boyligidir (Iqtisod fan oyligi doirasida)
Kun shiori: “Islohat – islohat uchun emas, avvalo inson uchun ,uning farovon hayoti uchun”
Maqsad:
Ta’limiy: o’quvchilarni matematika va iqtisod fanidan olgan bilimlarini mustahkamlash;
Tarbiyaviy: o’quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, taraqqiyotimiz rivojlanishiga har birimiz mas’ul ekanligimizni uqtirish .
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarnimustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish;
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, taassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Kuchli davlatdan — kuchli jamiyat sari”.
O`qituvchi:
Ozodlik va mustaqillikka erishgan har qanday mamlakat boshqa rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o`rin egallash uchun o`ziga xos tiklanish yo`lini bosib o`tishi lozim. Bu yo`l odatda o`sha davlatning milliy tiklanish yoki taraqqiyot yo`li deb ataladi. O`zbekiston ham davlat mustaqilligiga erishgandan so`ng hayotning barcha sohalarida tiklanish va islohat jarayonlarini amalga oshirish zaruratiga duch keldi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezident Islom Karimov ana shunday zaruratni his qilib, mustaqillikning dastlabki yillarida jamiyat hayotini isloh etish tamoyillarini ishlab chiqqan edi. Bu tamoyillar hamma sohalarni tubdan yangilash va bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin, demokratik davlat qurishning strategik yo`li sifatida o`zini oqladi va taraqqiyotning o`zbek modeli degan nom bilan butun dunyoda tan olindi. Strategik yo`l degani uzoqqa mo`ljallangan umumiy maqsadni bildiradi.
O`zbekistonnig strategik yo`li bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan. Mamlakatimiz o`zining ana shu maqsadlariga erishish uchun taraqqiyotning o`ziga xos yo`lini tanladi.
Taraqqiyot modeli deb, muayyan davlat tomonidan bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchi ijtimoiy tuzumga o`tish yoki biron-bir jamiyatdagi umrini o`tab bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni zamonaviy talablar asosida isloh etish borasida tanlab olingan rivojlanish yo`liga aytiladi.
O`zbekiston tanlab olingan taraqqiyot yo`li bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o`tishni ta’minlab beradigan taraqqiyot modeliga misol bo`la oladi. Yaponlarning Ikkinchi jahon urushidan keyingi taraqqiyot yo`li esa davlat tuzumi – monarxiyani saqlab qolgan holda, jamiyatdagi hukmron munosabatlarni zamonaviy talablar asosida isloh etish modeliga misol bo`la oladi.
O`zbek modelining asosiy mazmuni jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki bosqichma-bosqich, evolyutsion, ya’ni tadrijiy ravishda isloh etishni nazarda tutadi. Barchamizga ma'lumki, mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so`ng, umrini o`tab bo`lgan mustabid, ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kеchib, “o`zbеk modеli” dеb nom olgan taraqqiyot yo`li ishlab chiqildi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezident Islom Karimov asoslab bergan jamiyatni isloh etishning quyidagi tamoyili o`zbek modelining mag`zini tashkil etadi.
1. Iqtisodiyotni mafkuradan holi etish va siyosatdan ustuligini ta'minlash;
2. Davlat bosh islohotchi;
3. Qonun ustuvorligini ta'minlash;
4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish;
5. Islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi.
Qariyb yigirma yillik mustaqil taraqqiyotimiz mobaynida O`zbеkistonda yalpi ichki maxsulotning o`sishi 3,5 barobarni, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni, aholining rеal daromadlari 3,8 barobarni tashkil etgani e'tiborga sazovordir. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan marralar – aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo`naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko`paygani, turmush darajasining sеzilarli ravishda yaxshilangani va buning natijasida onalar o`limi 2 barobardan ko`pro`, bolalar o`limi 3 barobar kamaygani, odamlarning o`rtacha umr ko`rishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning o`rtacha umr ko`rishi 75 yoshga еtgani mamnuniyat bilan ta'kidlandi.
2008-2010 yillarda dunyoning aksariyat mamlakatlarida ishlab chiqarish pasaygan bir paytda O`zbеkistonda yalpi ichki mahsulotlarning o`sish sur'atlari 2008 yilda 9 % ni, 2009 yilda 8,1 % ni, 2010 yilda 8,3 % ni tashkil etgani, bu yilda ham 8,3%ga еtishi kutilayotganligi xalqaro ekspеrtlarda katta qiziqish uyg`otmoqda.
Dunyoda, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda davlatning tashqi qarzlari ko`payib borayotgani jiddiy xavotir tug`dirayotgan bir paytda O`zbеkistonning tashqi qarzi 10% dan oshmaydi, davlat byudjеti esa so`nggi bеsh yilda profitsit bilan bajarilmoqda. Erishilgan bunday marralar – barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, ochiq dеmokratik huquqiy davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so`zda emas, amalda oliy qadriyat darajasiga ko`tarilgan.
Bu yo`lda biz duch kеlishimiz mumkin bo`lgan shunday bir xavf borki, u ham bo`lsa, avvalambor erishilgan yutuqlarga mahliyo bo`lib, xotirjamlik kayfiyatiga bеrilish, rеal voqеlikdan uzilib qolish xavfidir. Shunday ekan, bunda barcha soha vakillari oldida turgan asosiy vazifa izlanishda bo`lish va kеchayotgan jarayonlarga doimiy ijobiy ta'sir ko`rsata olishdir.

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish