Topshiriq: Har bir o`quvchi o`zi orzu qilgan kasb va tanlagan akademik-litseyi yoki kasb-hunar kolleji haqida ma’lumot beradilar.
10-mavzu: Zamon bilan hamnafas (Rus tili fani oyligi doirasida)
Kun shiori: “Rivojlanib borayotgan yurtimizda, ma’rifatli har bir shaxs zamon bilan hamnafas yashaydi ”.
Maqsad:
Ta’limiy: O`quvchilarda zamon bilan hamnafas turib, irodali bo’lish orqali ta’lim berish;
Tarbiyaviy: o’quvchilarni har bir tilni hurmat qilishni ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni og’zaki fikrlash nutqini o’stirish;
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Bani odam bir tananing a’zolaridur, ular azalda bir gavhardan paydo bo`lganlar”
Shayx Sa’diy Sheroziy
O`qituvchi:
N.G. Chernishevskiy Beruniy nomini faqat bir joyda tilga oladi. Ammo shu kichik faktning o`zi ulug` rus demokratining O`rta osiyolik buyuk mutafakkir ijodiga katta hurmat bilan qarab, uning asarlarini eng mo`tabar manba deb bilganidan dalolat beradi. Bu fakt yana shu fikrni ham aytishga asos bo`ladiki, Chernishevskiy Beruniy asarlaridan yaxshigina xabardor bo`lgan, uning arab madaniyati olamidagi mavqeini his qilgan.
N.G. Chernishevskiy Beruniy vatani- ko`hna Sharqning ajralmas bo`lagi O`rta Osiyo tarixi, bu yerda yashaydigan xalqlarning hayoti bilan ham qiziqadi. Ma’limki, N.G. Chernishevskiy ijodi O`rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi davriga to`g`ri keladi. Chor hukumatining mustamlaka qilingan aholiga munosabati, bu o`lkaning o`rganilishi, adib e’tiboridan chetda qolmagan. Uning asarlarida O`rta Osiyoning iqtisodiy – ijtimoiy ahvoli, tarixi va madaniyati to`g`risidagi materiallar va bu asosdagi fikrlarni anchagina uchratish mumkin. O`rta Osiyoni u qadimiy madaniyat markazlaridan biri deb hisoblab, Misr, Hindiston, Suriya bilan yonma-yon qo`yadi; Boxtar, Sug`d, Xorazm haqida arab va mo`g`ul istilosi oqibatlari, Temur va temuriylar, Hindistonda hukmronlik qilgan boburiylar sulolasining ishlari xususida mulohazalar yuritadi.
V.V.Vilyaminov – Zernov rus sharqshunoslari orasida birinchilardan bo`lib Markaziy Osiyo tarixini o`rgangan kishidir. V.V.Vilyaminov – Zernovning katta xizmatlaridan biri Alisher Navoiy asarlari asosida XVI asrda tuzilgan “Abushka” lug`atini nashr ettirganidir. Bundan tashqari, u bir qancha qo`lyozmalarni to`plab tasnif etgan, Navoiy, Mashrab asarlari haqida ma’lumot bergan turkshunos olim edi.
Demak, umumbashariy taraqqiyot tarixi Sharqu G`arb o`rtasidagi har xil davriy, siyosiy devorlarni surib tashladi. Zero, Shayx Sa’diy Sheroziy aytganidek: “Bani odam bir tananing a’zolaridur, ular azalda bir gavhardan paydo bo`lganlar”. Sharq bilan G`arb ana shu muazzam organizmning o`zaro ajralmas a’zolari sifatida, tobora yaqinlashib, madaniy – adabiy aloqalarda birlashib bormoqda. Insoniyat taraqqiyotining talabi ham ana shunday.
(Najmiddin Komilov. Tafakkur karvonlari 313-314-315 betlar)
Do'stlaringiz bilan baham: |