Mustaqil ishi uzatish xarakteristikalar, ikki qutbli sxemalar, parallel va ketma ketli rezonans, quvvatni maksimal uzatish va o‘zaro induksiya



Download 1,67 Mb.
bet1/20
Sana28.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#414835
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
UZATISH XARAKTERI


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
TATU Qarshi filiali
TT va KT fakulteti
KI 11-20 (S) guruh talabasi XUDOYBERDIYEV AZIZBEKning Elektronika va sxemalar fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI
  • UZATISH XARAKTERISTIKALAR, IKKI QUTBLI SXEMALAR, PARALLEL VA KETMA KETLI REZONANS, QUVVATNI MAKSIMAL UZATISH VA O‘ZARO INDUKSIYA
  • YARIMO‘TKAZGICHLAR ELEKTR O’TKAZUVCHANLIGI
  • ERKIN ZARYAD TASHUVCHILARNING MUVOZANAT HOLATIDAGI KONTSENTRATSIYASI
  • P-N O'TISHNING VOLT AMPER XARAKTERISTIKASI
  • METALL-YARIMО‘TKAZGICH О‘TISHLAR. GETEROО‘TISHLAR

UZATISH XARAKTERISTIKALAR
O’zgartirgichning kirish kuchlanishi 48-72 V atrofida, o’zgartirgichning chiqishidagi kuchlanish esa 5±0,2 V bo’lishi talab etilgan edi. Bundan ko’rinadiki tadqiq qilinayotgan DC/ DC o’zgartirgich moduli pasayuvchi stabilizatorlar tipiga ta’luqlidir.
DC/ DC o’zgartirgichlarining pasayuuvchi turlaridan eng ko’p tarqalgani bu - Chopper (chopper – uzgich, to’xtatkich) tipidir. Ushbu Chopper (chopper – uzgich, to’xtatkich ) turini sxemasi 2.1-rasmda ko’rsatilgandir.
  • Kl - kalit, bu kalitni vazifasi tokni yuqori chastotali kommutasiya qilishdir (odatda ushbu kalitni rolini quvvatli bipolyar yoki maydonli tranzistor bajaradi);
  • VD - razryadli diod;
  • LS – past chastotali silliqlovchi filtr;
  • boshqarish (BS) va teskari aloqa sxemalari – bu sxemalar tok yoki kuchlanishni stabillashtirishni amalga oshiradi.

Chopper (chopper – uzgich, to’xtatkich ) sxemasini boshqacha nomi bo’lib - u pasayuvchi tipdagi ketma - ketli impulsli stabilizatorlar deb ham ataladi. Yuqoridagi ko’rib o’tilgan 1-rasmdan ko’rinadiki Kl – kalit elementi va L drossel filtri Rn yuklamali qarshilik bilan ketma - ket ulangandir. Chopper (chopper – uzgich, to’xtatkich ) tipidagi stabilizatorni ishchi sikli 2-rasmda ko’rsatilganidek ikkita fazadan tashkil topgandir: energiya bilan to’ldirish (nakachki energii) fazasi va yuklama bo’ylab razryadlash fazasi.
Chopper tipidagi stabilizatorni fazalari ishlash sxemasida ko’rsatilgan 1-fazasi – ya’ni energiya bilan to’ldirish (nakachki energii) fazasi ti vaqt mobaynida oqib o’tuvchi impulsni bildiradi.
ko’rsatilgan sxemadagi Kl- kalit elementi yopilganda Іn –tokni oqib o’tishini ta’minlaydi. Bu tok Up elektr manbaidan L - drossel orqali yuklamaga oqib o’tuvchi tok bo’lib, bu vaqtda energiyani to’planishi (yig’ilishi) sodir bo’ladi. Ayni shu vaqtda S – kondensator zaryadlanib oladi.
Chopper tipidagi stabilizatorni 2-fazasi. Istalgan induktiv element zanjirni xarakteristikalari sakrab o’zgargan holatlarda (uzilishlar, yuklamani boshqa qarshilik qiymatlari bilan tutashuvlari) ushbu induktiv elementning cho’lg’amlaridan oqib o’tuvchi tokni kattaligiga va yo’nalishiga to’sqinlik qilishga moyil bo’ladi. Shuning uchun 1-faza tugagandan keyin Kl – kalit elementini kontaklari uzilganda, induktiv elementidan ushlab turilgan, ta’minlangan Іn - tok VD- razryadli diodi orqali ulanishga majbur bo’ladi.
Madomiki elektr manbai uzilganligi uchun, drosselga energiya bilan to’ldirish hyech joydan bo’lmaydi va shuning uchun drossel “diod-yuklama” zanjiri bo’ylab razryadlanib boshlaydi.
Chopper tipidagi stabilizatorni 2-fazasi - yuklama bo’ylab razryadlash fazasi sxemasi 4-rasmda ko’rsatilgan.
Istalgan bir qutbli signal (ayrim holatlarda nosimmetrik ikki qutbli signal) quyidagi ajoyib xususiyatga ega – spektridagi doiymiy tashkil etuvchi mavjud bo’lib, uni ajratib olish va ushbu signalni past chastotali filtr orqali o’tkazish mumkindir. Bugungi kunda juda ko’plab turli xil sifatli va murakkab filtrlar ma’lumdir. Biz tadqiq qilayotgan sxema uchun klassik turdagi G-obrazli LC –filtrni ishlatamiz.
Yuqorida aytib o’tilgan doimiy tashkil etuvchisini ajratib olish operasiyasi doimiy tashkil etuvchisi signalni o’rtacha qiymatini aniqlashga ekvivalentidir. Filtrni kirishidagi kuchlanish impulsli xarakterga egadir va doyimiy tashkil etuvchilarni filtrlashda signalni kuchayishi kuzatiladi. Ushbu holatni matematik jihatdan quyidagicha yozishimiz mumkin:
Silliqlovchi filtrlarlar ularni chiqishidagi qoldiq pulsasiyalari qanchalik kam bo’lishi va chiqish signali ideali bilan yaqinlashtirilib
loyihalashtiriladi. Chopper tipidagi stabilizatorni yuklamadagi kuchlanish o’ratcha qiymatini aniqlaymiz, bunda i(t) tok vaqt bo’yicha doyimiylikni saqlashini ham hisobga olamiz.
Shunda qilib, sxemada silliqlovchi filtrlarlarni mavjudligidan to’ldiruvchi koefisiyentni boshqarib kalitni ochiq holati vaqti davomiyligini kamaytirib va oshirib Chopper tipidagi stabilizatorni yuklamadagi kuchlanishini osongina regulirovka qilish mumkin ekan.
Chopper tipidagi sxemani tarmoq kuchlanishi bilan galvanik bog’lamasi bo’lmagan zanjirlarda qo’llash mumkin emas.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish