Xususiy elektr o‘tkazuvchanlik Yarim o‘tkazgichli elektronika maxsulotlarining deyarli 97 % kremniy asosida yasaladi. 1–rasmda kiritmasiz kremniy panjarasining soddalashtirilgan modeli (a) va uning zona energetik diagrammasi (b) keltirilgan. Agar yarim o‘tkazgich kristalli tarkibida kiritma umuman bo‘lmasa va kristall panjaraning tuzulmasida nuqsonlar (bo‘sh tugunlar, panjara siljishi va boshqalar) mavjud bo‘lmasa, bunday yarim o‘tkazgich xususiy deb ataladi va i harfi bilan belgilanadi.
Elektron – kovak juftligining hosil bo‘lish jarayoniga zaryad tashuvchilar generatsiyasi deb ataladi. Biror vaqt mobaynida tartibsiz harakatlanadilar, so‘ngra erkin elektron to‘liq bo‘lmagan bog‘lanishni to‘ldiradi va bog‘lanish hosil bo‘ladi. Bu jarayon rekombinatsiya deb ataladi. Xususiy yarim o‘tkazgichlarda elektronlar konsentratsiyasi kovaklar konsentratsiyasiga teng bo‘ladi (ni= pi). n (negative so‘zidan) va p (positive so‘zidan) harflari mos ravishda elektron va kovakka mos keladi. Kiritmasiz yarim o‘tkzgichda hosil bo‘lgan elektron va kovaklar xususiy erkin zaryad tashuvchilar va ularga asoslangan elektr o‘tkazuvchanlik esa – xususiy elektr o‘tkazuvchanlik deb ataladi