Mustaqil ishi mavzu: O'zbekistonda narx siyosati va narxni erkinlashtirish



Download 40,68 Kb.
bet1/6
Sana14.07.2022
Hajmi40,68 Kb.
#796568
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'ZBEKISTONDA NARX SIYOSATI VA NARXNI ERKINLASHTIRISH


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY IQTISODIY FAKULTETI
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) yo’nalishi
Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: O'ZBEKISTONDA NARX SIYOSATI VA NARXNI ERKINLASHTIRISH

Topshirdi: 20.119-guruh talabasi Sirojiddinov Hasanjon


Qabul qildi: B. Xolmatov


Farg’ona 2020
Raja:
1.O’zbekistonda narx siyosati
2. Qachon davlat narxga ta’sir o’tkazishni boshlaydi.
3. Bahoga yondoshma ta’sirini kuzatish.
4. Bahoni shakllantirish jarayoniga davlat aralashuvi.
5. Tovar va xizmatlarga qat’iy baholar belgilash.


O’zbekistonda narx siyosati
Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi farqlar narx turlarini farqlash zaruriyatini tu²diradi. Iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narxlar tizimida ularning ayrim turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha qarab chiqamiz.
Ulgurji narxlar. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir yo’la ko’tarasiga sotilganda ulgurji narxlardan foydalaniladi. Ulgurji narxlar ishlab chiqaruvchilar va ta’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning ma’lum miqdorda foyda ko’rishini ta’minlashi zarur. Ulgurji narxlar tovar birjalari va savdo uylarida ham qo’llaniladi.
Shartnoma narxlar. Bu sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narxlardir. Shartnoma narxlar odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o’zgarmaydi. Mazkur narxlar ham milliy va ham xalqaro bozorda qo’llaniladi. U xalqaro bozorda qo’llanilganda tovar (xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi.
Chakana narxlar. Bu narxlarda tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladi. Chakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va ularning oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo’lgan talab va taklifni bo²lovchi rolini o’ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past bo’lishi mumkin.
Davlatning narxlarni tartibga solishlik faoliyati chegaralangan (limitlangan) va dotatsiyali narxlarni vujudga keltiradi. Chegeralangan narxlarda davlat narxlarning yuqori va quyi chegarasini belgilaydi, ular shu doirada o’zgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narxlarni nazorat qiladi. Dotatsiyalangan narx — bu davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlardir. Bunday narxlardan kam daromadli oilalar, beva-bechoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur ne’matlar bilan eng kam darajada ta’minlab turishda foydalaniladi.

Download 40,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish