Mustaqil ishi mavzu: O'zbekistonda narx siyosati va narxni erkinlashtirish


Qachon davlat narxga ta’sir o’tkazishni boshlaydi



Download 40,68 Kb.
bet3/6
Sana14.07.2022
Hajmi40,68 Kb.
#796568
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'ZBEKISTONDA NARX SIYOSATI VA NARXNI ERKINLASHTIRISH

Qachon davlat narxga ta’sir o’tkazishni boshlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx davlat tomonidan tartibga solishning asosiy ob’ektlaridan biri sifatida namoyon bo’ladi. Chunki baho iqtisodiy sotsial siyosatni asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
Narx murakkab iqtisodiy kategoriya hisoblanib, mahsulot qiymatini puldagi ifodasi hisoblanadi. Narxni to’g’ri shakllanishi iqtisodiyotni barqarorlashuvining bosh omilidir. Shuning uchun sotsial-iqtisodiy siyosatning markazida turadi. Unga ishlab chiqaruvchi va iste’molchi, ulgurji va chakana savdogarlar kasaba uyushmasi va tadbirkorlar uyushmasi, chetga tovar chiqaruvchilar va chetdan tovar keltiruvchi barcha guruhlar faoliyati davomida duch keladilar. Narx barchaning diqqat markazida bo’ladi. Shu sababli davlat parlamenti, hukumati va xalqaro doirada ijtimoiy masalalar bilan shug’ullanuvchilar orasida ham ushbu muammo yuzasidan tortishuvlar bo’lib turadi.
Narxga ta’sir o’tkazish iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bosh vazifasi hisoblanadi. Uning maqsadi bozor konyunkturasi va tizim siyosatiga, pulning qadrsizlanishiga qarshi kurashi, xalqaro bozorda milliy raqobatbrdoshlikni ortishi va ijtimoiy keskinlikni engillashtirishdir. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning boshqa sub’ektlariga davlat iqtisodiy siyosatining ta’siri, o’z navbatida bahoni shakllanishida namoyon bo’ladi.
Narx siyosatidagi olib borilgan aniq tadbirlar, qisqa muddatli yoki zudlik bilan hal etish xarakteriga ega bo’lishi mumkin. Ushbu aniq tadbirlarda ko’rilgan masalalar ayrim maqsadlarga mos kelmasada, u bosh maqsadga xizmat qiladi. Pirovard natijada ijtimoiy tizimni turgunlashtirish, iktisodiy sotsial tarakkiyotni optimallashtirishga olib keladi.
Klassik iktisodiy nazariya asoschilari boxoni talab va taklifni tenglikda ushlab turish mexanizmning asosiy elementi deb xisoblaydilar. Ammo hech qachon narx butunlay erkin bo’lmagan, butun davr davomida davlat narxga ta’sir o’tkazib kelgnligiga guvoh bo’lamiz.
Temir yo’l, pochta, telegraf ta’riflari, «aktsiz» tovarlar monopol baholari, qishloq xo’jaligi uchun noqulay kelgan yillarda oziq ovqat mahsulotlarini davlat zahiralari hisobidan sotish, bojxona siyosati, soliqqa yondoshma ta’sir o’tkazish va boshqalar oxirgi 100-150 yillar ichidagi bahoga davlat aralashuvining ko’rinishlaridir.
Birinchi jahon urushi, undan so’ng yuzaga kelgan depressiya va tanglik narxni tartibga solish tarixida burilishni vaqti bo’ldi. Bu haqda nesim iqtisodchisi X.Myuller yuzaga kelgan holatga narx berib, xo’jalik yuritishni yaxshilashning yo’llaridan biri davlat o’z zimmasiga xo’jalik yuritish jarayonini tartibga solishni o’z qo’liga olish va adolatli narxni ushlab turishi kerak deb ta’kidlaydi. Iqtisodiy tanglik va pulni qadrsizlanishi sharoitida narxni tartibga solishda tashqi savdo siyosati orqali ta’sir o’tkazish etarli bo’lmay qoldi. 30 yillarda narxga ta’sir o’tkazish borasidagi davlat tadbirlari iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy elementi bo’lib qoldi. Ayrim rivojlangan mamlakatlarda narxni tartibga solish yuzasidan qonunlar qabul qilindi. Davlatning tartibga solish borasidagi vakolatlari oshirildi. Zarur holatlarda muzlatib qo’yish huquqlari ham berildi.
Narxni tartibga solish borasidagi davlat tadbirlari, ma’muriy huquqiy va jinoiy javobgarlik xarakteriga ega bo’lishi mumkin parlament tomonidan qabul qilingan qarorlar xo’jalik sub’ektlari orasidagi huquqiy munosabatlarni shaklantiradi. Shu jumladan davlat narxni shakllantirish sohasidagini ham. Ushbu qonunlar majmui grajdanlik huquqi kodeksining ajralmas qismi hisoblanadi. Agar qonunlar buzilishiga yo’l qo’yilsa, aybdorlar jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Narx yuzasidan qonun loyihalari boshqa xo’jalik masalalari singari parlamentga siyosiy partiyalari fraktsiyalari, hukumat yoki mustaqil xalq namoyondalari tomonidan olib chiqiladi. Bahoni tartibga solish bilan muntazam ravishda Iqtisodiyot, Moliya vazirligi va Markaziy Bank shug’ullanadi. Ayrim mamlakatlarda savdo, qishloq xo’jaligi vazirliklari bo’lib, ular kam bahoni shakllanishiga aktiv ta’sir o’tkazadi. 60-70 yillarda ayrim mamlakatlarda baho yuzasidan vazirliklararo ittifoqlar tuzilgan. Ular kuzatuv va maslahat berish funktsiyalarini bajargan.
Ayrim MDH davlatlarida Davlat baho qo’mitasi mavjud. Bizning respublikamizda baho masalalari Moliya vazirligi shug’ullanadi.
Barcha mamlakatlarda hukumat qoshida yoki uning ayrim organlarida ekspertlar guuhi bo’lib ushbu guruh tarkibiga taniqli mutaxassislar jalb etilgan. Ularning yig’ilishlarida kasaba, dehqon fermer uyushmalari, tadbirkorlar palatasi, davlat organlari baho masalalarini muhokama etadi va baho qonunlari loyihasi yuzasidan o’z fikrlarini beradi.
Aholiga iste’mol tovarlari chakana narxlarda sotiladi. Chakana narxlar savdo firmasining zarar ko’rmay ishlab turishi va ko’p qatori foyda olishini ta’minlaydigan darajada bo’ladi, ya’ni chakana narxga ulgurji narx, savdo qiluvchi firmaning xarajatlari va oladigan foydasi kiradi. Masalan: Toshkent chinni zavodi bir komplekt servizni GUMga ulgurji narxda 400 so’mga sotadi, har bir komplektni tashish, saqlash va sotish uchun univermag 100 so’m xarajat qiladi. U el qatori ishlab turishi uchun har bir sotilgan komplekt uchun 50 so’mdan foyda ko’rishi zarur. Aytilganlar bo’lishi uchun komplektning (servizning) chakana narxi (400Q100Q50)q550 so’m bo’lishi kerak.
Davlatning narxlarga aralashish faoliyati limitlangan va dotatsiyalangan narxlarni keltirib chiqaradi.
Limitlangan narxlarda davlat narxlarining yuqori va quyi chegarasini belgilaydi, ular shu doirada o’zgarishi mumkin. Bunday narxlar ªrdamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narxni nazorat qiladi.
Dotatsiyalashgan narx – bu davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxdir, buni bozori kasod bo’lganida firmalar arzonlashtiradigan narxlar bilan almashtirmaslik kerak. Dotatsiyali narxlar daromadi past oilalar, beva – bechoralar, ishsiz va nogiron kabilarni minimal darajada ta’minlab turish uchun ishlatiladi. Davlat tovarlarini arzon sotganlarga byudjetdan dotatsiya beradi.Maxsus arzonlashtirilgan, ammo dotatsiyasi bo’lmagan narxlar ham borki, ularni belgilashda firmalar, xayri – ehson tashkilotlari qatnashadi. Mazkur homiylar odatdagi narx bilan arzonlashtirilgan narx o’rtasidagi farqni o’z hisobidan qoplaydilar.
Bozor ko’lami jihatidan olganda, mintaqaviy - hududiy, milliy va xalqaro ªki baynalminal narxlar mavjud. Xududiy narx unga ta’sir etuvchi omillarni ma’lum hudud doirasidagi ta’sirdan hosil bo’ladi. U faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo’ladi. Masalan: qovun- tarvuzning £zbekistondagi muayyan joylarga (Andijon, Mar¨ilon, Toshkent, Jizzax ªki Termizga) xos narxi mavjud.
Milliy bozor narxi bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxdir. Masalan: limon ªki apelsinning Gretsiya, Italiya, Kuba, Marokashga xos narxlari bor. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf - xarajatlarni, milliy bozordagi talab va taklifni, tovar sifatini, uni shu joyda naqadar qadrligini hisobga oladi.
Jahon bozori narxi ma’lum tovarga ketgan internatsional sarf- xarajatlarni, tovarni jahon standartlari talabiga mos kelish darajasini va nihoyat talab va taklif nisbatini hisobga oladi. Narxlar turli – tuman bo’lsada, ular o’zaro boYolangan, chunki jamiyatdagi moddiy va mehnat resurslarining ishlatilish samarasini, ularni ehtiЄjlarga xizmat o’ilishini ko’rsatadi. Io’tisodiЄtda narxlar muvozanati Єki nisbati degan hodisa bor. Uni narx pariteti deb ham yuritiladi. Io’tisodiЄt yagona bo’lganidan narxlar zanjirli reaktsiya kabi bir - birini yuzaga chio’aradi. Masalan: ruda narxi metall narxiga, metall narxi mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxiga kiradi, chunki bu narxlar xarajatlarni shakllantiradi. Bozorda tashkil topgan narxlar nisbati tovar ayriboshlanganda hosil bo’lgan ekvivalentlikni – mio’doriy tenglikni bildiradi, ya’ni bir tovarning o’anchasi bosho’a tovarning o’anchasiga tenglashtirilganligini bildiradi. Masalan: bozorda 1 kg paxta narxi 4 kg buYodoy narxiga, bitta avtomashina 100 ta kostyum narxiga teng bo’ladi. Bunda nisbatlar birinchi holda 1:4, ikkinchi holda 1:100 ga teng bo’ladi. Energiya narxining o’zi hamma tovarlar narxiga ta’sir o’iladi. Bozorda narxlar darajasi va nisbati bozor holatini belgilaydi. Narxlar darajasi ularning o’lchamidir. Narx darajasi ikki turga bo’linadi: 1) Mutloo’ daraja - bu narxning umumiy mio’dori bo’lib, ma’lum tovarning o’ancha turishini ko’rsatadi. Masalan: ma’lum markadagi avtomashina 4000 dinor, 15000 dollar, 80000 frank, 25000 marka, 15000 so’m turadi. Bu mutloo’ mio’dor, arzonchilikni ham, o’immatchilikni ham ko’rsatmaydi. Buning uchun nisbiy darajani bilish kerak. 2) Nisbiy daraja - bu narxning xarid o’obiliyatiga nisbati, anio’roYoi narxning xarid o’obiliyatidagi hissasini ko’rsatadi. U narx xarid pulini necha foizini tashkil etishini ko’rsatadi. Masalan: deho’onning bir oylik maoshi 200 so’m deb faraz o’ilaylik, 1 kg go’sht narxi 20 so’m. Demak, go’sht narxining dehqonning bir oylik daromadidagi nisbati 10% (20x100:200). Tijoratchining oylik daromadi 2000 so’m (20x100:2000)q1%. Tijoratchining daromadidagi bu nisbat 1% ni tashkil qilayapti. Shuningdek narxning o’uyi va yuo’ori chegarasi degan tushunchalar amal o’iladi. Narxning o’uyi chegarasi hech bo’lmaganda ishlab chio’arish xarajatlarini o’oplashi kerak. Narxning yuo’ori chegarasi esa ishlab chio’arish xarajatlari qoplab, iloji boricha maksimal foydaga ega bo’lishni o’z ichiga oladi. Lekin bozor io’tisodiЄtidan bozor xaridorning izmiga bo’ysunadi. Xaridorning puli, uning xarid o’obiliyatini belgilaydi, ya’ni sotuvchilar narxni shu chegaragacha oshirishlari mumkin. Sobio’ sotsialistik mamlakatlar bozor io’tisodiЄtiga o’taЄtganda narx siЄsati muhim ahamiyat kasb etadi. Buyruo’bozlikka asoslangan io’tisodiЄtda o’taЄtgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siЄsati ko’p jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozor narxlariga yao’inlashtirishga o’aratiladi. Narxlarni erkinlashtirish-io’tisodiy islohotlarning eng asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, islohotlarning ijtimoiy-io’tisodiy oo’ibatlari ko’p jihatdan shu muammoning hal etilishiga boYolio’ bo’ladi. Narxlarni erkinlashtirish xom ashЄ bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o’rtasida mutanosiblikka erishishga o’anday Єndashilishi bilan faro’lanadi. Shu Єndashuvlarga asoslanib, narxlar o’uyidagi yo’llar bilan erkinlashtiriladi:

a) narxlarni birdaniga Єki «esankiratadigan» tarzda o’o’yib yuborish; b) narxlar o’sishini sun’iy ravishda to’xtatib o’o’yish; v) narxni davlat tomonidan bosho’arish va nazorat o’ilishni ma’lum darajada sao’lab o’olish.

Bozor munosabatlariga o’taЄtgan har bir mamlakat, shu yo’llardan birini tanlashda ulardan har birining mavjud real shart-sharoitlarga o’anchalik mos kelishi, aholi asosiy o’ismining moddiy ahvoliga o’anday darajada ta’sir ko’rsatishi, isloh o’ilishning tanlab olingan yo’liga o’anchalik darajada javob berishi va kutiladigan salbiy oo’ibatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

Sobio’ Sovet Ittifoo’i negizida vujudga kelgan bir o’ancha mustao’il davlatlar narxlarni erkinlashtirishning «tezkor» yo’lini tanlab oldi. Barcha turdagi xom ashЄ resurslari, iste’mol mollari hamda xizmatlar narxini bir yo’la erkin o’o’yib yubordi. Natijada narxlar keskin oshdi. Bu-aholi keng o’atlamining birdaniga o’ashshoo’lashuviga, ijtimoiy ahvolning keskinlashuviga olib keldi, ishlab chio’arishning pasayishiga, milliy sanoat va o’ishloo’ xo’jaligining izdan chio’ishiga sabab bo’ldi.

O’zbekistonda iqtisodiyotni isloh o’ilishning o’ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darjasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va boso’ichma-boso’ich erkinlashtirish yo’li tanlab olindi. Shu yo’l bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki boso’ichida (1992 yilning boshida) keng doiradagi ishlab chio’arish, texnika vositasi bo’lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalo’ iste’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga o’tildi. Aholini himoyalash mao’sadida cheklangan doiradagi ozio’-ovo’at va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab o’o’yildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng yuo’ori tariflari joriy o’ilindi.

Narxlarni erkinlashtirishning keyingi boso’ichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish to’xtatildi. O’at’iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko’rsatiladigan xizmatlarning soni ancha o’iso’ardi.


Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi boso’ichida (1994 yil, oktyabr, noyabr) xalo’ iste’mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin o’o’yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Shunday o’ilib, respublikada io’tisodiЄtni isloh o’ilishning birinchi boso’ichi narxlarni boso’ichma-boso’ich (uch boso’ichda) to’lio’ erkinlashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli io’tisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli konpensatsiyalar mao’sadidagi jamYoarmalar tuzildi, ish hao’i, pensiya va stipendiyalarning eng kam mio’dori muntazam sur’atda oshirib borildi, bolalar uchun nafao’alar joriy etildi. Aholining muhtoj o’ismiga Єrdam ko’rsatildi, imtiЄzli solio’ stavkalari joriy etildi.



Download 40,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish