Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti 101 kechgki tarix guri talabasi Ulug’ov Behzodning tayorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: O’zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlarga jahon hamjiyamiyatining munosabatlari
REJA:
1-O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar. 2-O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi.
3- O’zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlarga jahon hamjiyamiyatining munosabatlari
Toshkent shahrida O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O’zbekiston tajribasi” mavzuidagi xalqaro konferentsiya o’z ishini boshladi.
Anjumanning “Aholini kuchli ijtimoiy muhofaza qilishni tashkil etishda davlatning etakchilik roli” mavzuiga bag’ishlangan birinchi yalpi majlisini O’zbekiston Kasba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi.
Tadbirda Xalqaro Mehnat tashkiloti, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi Umumevropa mintaqaviy kengashi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti rahbarlari, 30 dan ortiq mamlakatlardan kelgan xalqaro ekspertlar hamda yirik olimlar, O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Afg’oniston, Albaniya, Ozarbayjon, Belarus, Bolgariya, Xitoy, Estoniya, Gruziya, Italiya, Latviya, Litva, Malayziya, Moldova, Nepal, Serbiya, Turkiya, Zambiya kabi davlatlar kasaba uyushma markazlari, shuningdek, mamlakatimiz parlamenti a’zolari, sud hamda huquq-tartibot organlari, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo’mitasi raisi T. Narbaeva, O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Q. Rafikov, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori A. Burhonov, Savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikramov, O’zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. Kudbiev hamda boshqalar mamlakatimizda odamlar manfaatlarini ta’minlash, xalqimiz hayotini yanada farovon etish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yurtdoshlarimiz tomonidan qizg’in qo’llab-quvvatlanayotganini ta’kidladi.
Mazkur anjumanni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida yurtimizda hayotga izchil tatbiq qilinayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosat mazmun-mohiyatini dunyo jamoatchiligiga etkazish hamda davlat organlari, kasaba uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining aholini ijtimoiy muhofaza etish borasidagi hamkorligi va sherikligi istiqbollarini belgilab olishdan iborat.
Ayni chog’da ushbu tadbir ijtimoiy-mehnat masalalarini hal qilishda bevosita qatnashayotgan ekspertlarning taklif-mulohazalari, tajribalarini konstruktiv muhokama etish, o’zaro fikr almashish uchun xalqaro maydon vazifasini o’tashi bilan ham ahamiyatlidir. O’z navbatida, bu O’zbekistonning xalqaro hamjamiyatga ochiqligini, mazkur yo’nalishda faol, amaliy hamkorlikka, xalqaro hamda chet el tajribasini o’rganish va hayotga keng tatbiq qilishga tayyor ekanligini ham ko’rsatadi.
Harakatlar strategiyasida BMT1ning uch asos soluvchi chaqirig’i, ya’ni tinchlik hamda xavfsizlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari o’z aksini topganligi ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi. Ushbu tamoyillar hayotda o’z ifodasini topayotgani esa alohida e’tirofga loyiq. Buni O’zbekistonda Davlat byudjeti harajatlarining 60 foizi ijtimoiy sohalar — ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, aholi kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga yo’naltirilayotgani misolida ham ko’rish mumkin. Natijada mamlakatda “Inson manfaatlari barcha narsadan ustun” degan ulug’vor g’oya hayotdan mustahkam o’rin egallab, xalqimiz turmush farovonligi yuksalmoqda.
Forumda O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yaqqol ko’rsatib beruvchi aniq raqam hamda faktlar ham keltirib o’tildi. Xususan, olib borilayotgan tizimli islohotlar natijasida qishloq aholisi salmoqli yordam olishi bilan birga, turli imtiyozlarga ham ega bo’layotir. Masalan, birgina joriy yilning o’zida mamlakat miqyosida o’tgan yildagiga nisbatan 2 barobar ko’p turarjoylar, shu jumladan, yosh oilalar uchun 1,5 mingga yaqin, nogironligi bo’lgan xotin-qizlarga 3 ming xonadon, shuningdek, harbiy xizmatchilar uchun 100 ta ko’p qavatli uy barpo etiladi. Qishloq joylarda esa barcha qulaylikka ega bo’lgan 20 mingdan ziyod uy-joylar quriladi.
Konferentsiya qatnashchilari tomonidan bunday yangilanishlar bugun hamma sohada yuz ko’rsatayotgani, mazkur jarayonda o’z faoliyatini Harakatlar strategiyasi vazifalari asosida yo’lga qo’ygan O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham faol qatnashayotgani alohida aytib o’tildi. 100 dan ortiq tarmoq kelishuvlari, 14 ta hududiy kelishuv hamda bevosita korxona, tashkilot hamda muassasalarning 171 mingdan2 ziyod jamoa shartnomalariga amal qilib kelinayotgani bunga yaqqol dalildir. Mazkur lokal hujjatlar xodimlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan kompleks tadbirlarni o’z ichiga olgan.
O’zbekiston kasaba uyushmalari ushbu lokal hujjatlarga muvofiq, xodimlarning real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish, mehnat bozorida talab bo’lgan kadrlarni tayyorlash tizimini kengaytirish, ish bilan band bo’lmagan aholi vakillarini kasbga o’qitish hamda qayta o’qitish ishlarida hamkorlik qilib kelmoqda. Shularga mos ravishda aholining ijtimoiy himoyaga ehtiyoji bo’lgan qatlamlari ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlashga ko’maklashish, yolg’iz keksalar, pensionerlar, nogironligi bo’lgan shaxslar, imkoniyati cheklangan bolalar, kam ta’minlangan va ko’p bolali oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari, ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish, bandlikning noan’anaviy shakllarida mashg’ul kishilar hamda ularning oila a’zolari ijtimoiy himoyasiga karatilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarish borasida tizimli sa’y-harakatlar olib borilmoqda.
Shuningdek, kam ta’minlangan hamda ko’p bolali oilalar, pensionerlar, urush va mehnat faxriylarini jamoa shartnomalari hamda kelishuvlari orqali moddiy qo’llab-quvvatlash doimiy e’tiborda bo’lib kelayotir.
Xususan, 2017 yilda kasaba uyushmalari tomonidan 3037 nafar mehnat faxriysi tarixiy shaharlar va diqqatga sazovor joylar bo’ylab sayohatlarga olib borildi. Yolg’iz keksalar hamda nogironligi bo’lgan shaxslarning kommunal to’lovlari qoplab berildi. Turli bayramlar munosabati bilan Muruvvat va Saxovat uylarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirilib, u yerdagilarga maishiy texnika, kiyim-kechak hamda gigienik vositalar berildi. Ayni chog’da jamoa shartnomasi va kelishuvlari orqali ish beruvchilar hamda kasaba uyushmalari mablag’lari hisobidan keksa avlod vakillarini qo’llab-quvvatlash uchun 41,9 milliard so’m mablag’ yo’naltirildi.
Bundan tashqari, kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda 2366 nafar urush va mehnat fronti faxriylari Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan sog’lomlashtirilgan bo’lsa, 7385 nafar ishlovchi pensioner hamda kasaba uyushma a’zolarining ota-onalari va 344 nafar ishlovchi pensioner imtiyozli asosda ana shunday imkoniyatdan foydalandi.
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida kasaba uyushmalari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridagi 2 million 160 ming xonadon ahvoli, odamlarning turmush tarzi o’rganildi. Shu jarayonda aholini qiynab kelayotgan qariyb 650 mingta muammo aniqlanib, 556,5 mingtasini hal etish bo’yicha chora-tadbir ishlab chiqildi. O’tgan yilning mart-aprel oylarida kam ta’minlangan hamda ehtiyojmand oilalarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya aktsiyasi doirasida 3280 nafar bolaning sunnat va 616 ta yosh oilaning nikoh to’ylari o’tkazilishiga bosh-qosh bo’lindi.
Konferentsiyada O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 2017-2018 yillarda aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan qator manzilli dasturlar ijrosi muvofiqlashtirib kelinayotgani xususida ham so’z yuritildi. Misol uchun, kasaba uyushmalari ishchi guruhlari tomonidan shakllantirilgan ro’yxatlar asosida hunarmandchilik hamda tadbirkorlik yo’nalishlarini ochish, shaxsiy tomorqa uchastkasini va chorva mollari yoki parranda xarid qilish yo’nalishlari bo’yicha oilasining iqtisodiy ahvolini tiklash istagini bildirgan minglab kam ta’minlangan oilalarga imtiyozli kreditlar ajratilishiga ko’maklashildi. Yuzlab kam ta’minlangan oilalar uy-joyi ta’mirdan chiqarildi, minglab oilalarga maishiy texnikalar olib berildi, ehtiyojmand oilalardagi bemorlarga esa salomatligini tiklashlari uchun moddiy ko’mak ko’rsatildi. Joriy yilda ham ushbu yo’nalishdagi ishlar jadal davom ettirilayapti.
Aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlashdek mas’uliyatli ishda ham kasaba uyushmalarining munosib ulushi bor. Bugungacha chekka tumanlar hamda qishloqlarda 2 mingdan ortiq ijtimoiy dorixonalar ishga tushirilib, odamlarning og’iri engil qilingani buning bir misolidir.
Shulardan kelib chiqib, tadbirda bu borada to’plangan boy tajribani nafaqat dunyo jamoatchiligiga etkazish, balki ularni boshqa davlatlar amaliyotiga tatbiq qilish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ijtimoiy muloqotni kuchaytirish, kuchli ijtimoiy himoya yo’nalishida hamkorlikni kengaytirish, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari ham atroflicha muhokama etildi.
Xalqaro konferentsiyada ishtirokchilarga Gay Reyder3 va Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi Bosh kotibi Sharan Barrou tomonidan yo’llangan videomurojaat namoyish qilindi.
Birinchi yalpi majlisdan so’ng konferentsiya ishi 4 ta sektsiyada davom etdi. Ularda aholining real daromadlari hamda bandlik darajasini oshirish, ijtimoiy himoyasi va sog’lig’i muhofazasi bo’yicha davlat tizimini takomillashtirish, xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish, arzon uy-joylar qurish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiyalash bo’yicha maqsadli dasturlarning bajarilishi va ta’lim hamda yoshlarga oid davlat siyosati: milliy, xorijiy va xalqaro tajriba masalalari tahlil qilinib, o’zaro fikr almashildi.
Konferentsiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo’yicha Davlat maslahatchisi — O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi
Q. Quronboev, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Q. Akmalov ishtirok etdi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar keng jamoatchilik, xalqaro doira vakillari, ekspertlar, siyosiy institutlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlarining diqqat-e’tiborini tortmoqda.
Biz ayni paytda xizmat safari bilan Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida bo‘lib turibmiz. Bu yerdagi tadbirlar, uchrashuvlar, taassurotlarga yo‘g‘rilgan materiallarni gazetamizning keyingi sonlarida berishni rejalashtirganmiz. Hozir esa respublikamizdagi islohotlarni izchil kuzatib, o‘z nashrlari, telekanallari, internet saytlarida faol yoritib borayotgan xorijlik jurnalistlarning fikrlarini sizlarga taqdim qilmoqdamiz.
— Davlatlarimiz rahbarlarining doimiy do‘stona muloqotlari, o‘zaro munosabatlardagi yaqinlik haqida gazetamiz sahifalarida muntazam maqolalar berib boryapmiz.
O‘zbekistonga o‘tgan yili borgan edim. Zamonaviy, tarixiy shaharlarini katta zavq bilan aylanganman. Mamlakatingizning ko‘hna yodgorliklari hamda biri-biridan go‘zal go‘shalari menda katta taassurot qoldirgan. Iqlimi ham o‘ziga xos. Yashillikka burkangan Toshkentning keng va ravon ko‘chalari, so‘lim xiyobonlari, umuman, shaharning go‘zalligi meni hayratga solgan. Yurtingizda tarixga, qadriyatlarni asrab-avaylashga bo‘lgan e’tibor har qachongidan kuchayganiga guvoh bo‘lgandim.
Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosat, islohotlar har qancha e’tirofga loyiq. Turkiya fuqarolariga 30 kungacha vizasiz tartib joriy qilingani juda katta yengillik bo‘ldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida iqtisodiyot, turizm sohasidagi hamkorlik tobora mustahkamlanmoqda. Umuman, O‘zbekiston dunyoga ochilib borayotgani, turli davlatlar bilan aloqalarni yaxshilayotgani e’tiborga molikdir. Fursat tug‘ilsa, yana serquyosh diyoringizga borish, tarix hamda bugungi kun go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishni istardim.
— Qayd etish joizki, 2005 yili tashkil qilingan Tojikiston Media-alyansi mamlakatda faoliyat yuritayotgan qator bosma hamda elektron ommaviy axborot vositalari, teleradiokanallar, mustaqil jurnalistlar va blogerlarning birlashmasi hisoblanadi.
Mazkur portal rahbari sifatida e’tirof etishni istardimki, bugun mintaqamizda shaxsiy maqsadlar hamda bir tomonlama manfaatlar o‘rnini keng ko‘lamli integratsiyalashuv jarayoni egallayotgani quvonchlidir. Bu, o‘z navbatida, Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro yaqinlashuviga, manfaatli hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, zamonaviy bosqichda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ichki va tashqi siyosatda faollik ko‘rsatmoqda. Ayni chog‘da respublika jahon hamjamiyatining e’tiborini afg‘on muammosini tezroq hal etishga, ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga chorlayapti.
Shunga monand ravishda O‘zbekiston hamda Tojikiston munosabatlarida nihoyatda muhim ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ko‘plab jiddiy muammolar, shu jumladan, davlat chegaralari, fuqarolarning o‘zaro safarlari va boshqa muhim masalalar bo‘yicha murosaga erishildi. Bu, o‘z navbatida, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga sharoit yaratib, yigirma yildan ortiq davr mobaynida qo‘ldan chiqarilgan imkoniyatlarni qaytarishga xizmat qiladi.
— Qirg‘iz eli o‘zbek xalqi bilan bir daryodan suv ichib, qo‘ni-qo‘shnichilikda yashab kelgan. Keyingi ikki yil ichida O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar davlatlar rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli mustahkamlanmoqda. Odamlar hayotdan rozi bo‘lib yashashlari uchun qilinayotgan sa’y-harakatlar, albatta, ijobiy samaralar beradi.
Prezidentimiz Sooronbay Jeenbekov davlat rahbari sifatidagi ilk xorijiy tashrifini aynan O‘zbekistonga amalga oshirgani zamirida ham katta ma’no bor. Bugun har ikki xalqning yoshu keksasi o‘zlariga yaqin, oddiy odamlarning dardu tashvishlarini his etgan holda olib borilayotgan siyosat amaliy natijalar berayotganini e’tirof qilyapti. Do‘stlik rishtalarining mustahkamlanib borishi hamisha ezgulik olib kelganini ko‘pni ko‘rgan yurt kayvonilari, elboshilari, oqsoqollari eldosh-qavmdoshlariga yetkazishdi.
Ayni paytda O‘zbekistondagi xalq manfaati yo‘lidagi sa’y-harakatlar keng quloch yoymoqda. Butun Markaziy Osiyo bo‘ylab O‘zbekistonning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy hayotidagi ulkan o‘zgarishlar, voqea va yangiliklar tezkorlik bilan tarqalayotgani, o‘zbek OAV qisqa vaqt ichida mintaqada o‘z auditoriyasini shakllantirishga ulgurgani mamlakatingizda mehnat qilayotgan jurnalistlar, ommaviy axborot vositalarining bu jarayonlarda naqadar faol ishtirok etayotganini ko‘rsatib turibdi.4
XX asrning so’nggi o’n yilligi ijtimoiy dunyoqarash va jahon hamjamiyatining jo’g’rofiy-siyosiy tuzilishida tub o’zgarishlar davri bo’lib tarixga kirdi. Jahon hamjamiyati yangi davrga qadam qo’ydi. Bu davr o’zining ikki jihati bilan ajralib turadi. Birinchidan, bu davlatlar, xalqlar o’rtasidagi yaqinlashuv jarayonlari va har tomonlama hamkorlikning kuchayishi, yaxlit bo’lgan siyosiy, iqtisodiy va huquqiy makonlarning vujudga kelishi, hozirgi zamon xalqaro huquq normalarining yaratilishidir. Ikkinchidan, «sotsialistik lager»ning emirilishi, totalitar tuzumdagi davlatlarning tugatilishi, ular o’rnida mustaqil davlatlarning paydo bo’lishidir. Endilikda «sovuq urush»ga barham berildi, «kapitalistik» va «sotsialistik» degan tushunchalar o’rtasidagi farq amalda yo’q bo’lib borayapti. Mafkuraviy aqidalardan xoli bo’lgan yangi, erkin tafakkurni shakllantirish zarurati paydo bo’ldi.
Prezidentimiz «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyoti yo’li» kitobida O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining kontseptsiyasi to’g’risida, tashqi siyosiy yo’l, bu yo’lning huquqiy negizi va uni amalga oshirish vositalari haqida to’xtalib o’tgan. O’zbekiston tashqi siyosatining strategik yo’li, asosiy qoidalari va maqsadlari, uning ustuvor va mintaqaviy yo’nalishlari, xususiyatlari negizida respublikaning milliy manfaatlari o’z ifodasini topgan. Har qanday siyosat aql-idrok bilan ish tutishni taqozo etadi. Rivojlanayotgan, tez taraqqiy etish uchun kuchli ilmiy, sanoat kuch-quvvatiga ega bo’lgan mamlakatning tashqi siyosati ehtiroslardan xoli bo’lishi lozim. Respublikamiz ana shunday davlatlar sirasiga kiradi. Yangi xalqaro iqtisodiy tartib uchun harakat qilish qoidalari O’zbekiston uchun ham diqqatga molik masaladir. Bu xom ashyo va sanoat mahsulotlari narx-navolarining adolatli bo’lgan nisbati, rivojlanayotgan davlatlarning fan va texnika yutuqlaridan bahramand bo’lish imkoniyati va hokazolardir.
Tashqi siyosat faoliyat uchun huquqiy negiz yaratish birinchi galdagi vazifa hisoblanadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagilar amalga oshirildi:
- xalqaro munosabatlarni o’rnatish tartibini belgilovchi yangi huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi;
-sobiq Ittifoq ishtirokchi bo’lgan xalqaro huquqiy hujjatlar majmuasi respublika manfaati nuqtai nazaridan qayta ko’rib chiqildi;
-O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos tushadigan hujjatlar ratifikatsiya qilindi;
Mamlakat xalqaro faoliyatini muvofiqlashtirib turadigan qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish, «Qabul qilingan xalqaro shartnomalar to’g’risida»gi qonun, «Konsullik ustavi» shular jumlasidandir. Ulardan tashqari bojxona xizmatining huquqiy asoslarini yaratuvchi qonunlar, Havo kodeksi ham qabul qilindi. Yurtboshimiz I.A.Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobining tashqi siyosatga baG’ishlangan bobida ushbu faoliyat yo’nalishlari aniq-ravshan ifodalab berilgan. Jumladan, kitobda milliy manfaatlar O’zbekiston tashqi siyosatining ustuvor maqsadi ekanligi qat'iy bayon etilgan.
Manfaat bu zaruriy ehtiyojdir. Ehtiyojlar esa birinchi galda O’zbekiston uchun taraqqiyotning muayyan jug’rofiy va tabiiy, iqlimiy, demografik holatimiz, xalqimizning ko’p millatli tarkibi, uning tarixiy va madaniy merosi, ma'naviyat omili, ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasi, xom ashyo va zamonaviy texnologiya bilan ta'minlanganlik, davlatning xalqaro munosabatlardagi o’rni va hokazolardir. Bu omillar O’zbekistonning ehtiyojlarini belgilaydi. Ehtiyojlar esa manfaatlarda o’z ifodasini topadi. Davlat manfaatlari uning tashqi siyosiy faoliyatini belgilaydi. Shu jihatdan, O’zbekistonning tashqi siyosiy manfaatlari xalqaro aloqalarni rivojlantirayotgan, uning tuzilmalari va faoliyatini belgilab berayotgan kuchdir.
Barcha davlat va xalqaro tashkilotlar bilan aloqa qilishda davlatimizning milliy manfaatlaridan kelib chiqiladi. Tabiiyki, bunda sheriklarimiz manfaatlari, ular tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlari hisobga olinishi zarur. Zero, busiz tashqi siyosatni tasavvur etib bo’lmaydi.
O’zbekisonning xalqaro tashkilotlar va davlatlararo uyushmalar faoliyatidagi ishtiroki respublika tashqi siyosatining muhim yo’nalishlaridan biridir. Ushbu tashkilotlar jahon hamjamiyatiga kirish, xo’jalik aloqalarini o’rganish, ekologiya, tabbiy muammolarni hal etish, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishda katta yordam bermoqdalar.
Respublika Prezidenti davlatimiz o’z qiyofasini yo’qotmasdan xalqaro talablarga rioya etishga tayyorligini qat'iy ifodalay oldi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosidagi kafolatlar, BMT Nizomi va Xelsinki kelishuvi qoidalari, hujum qilmaslik, xalqaro munosabatlarda kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan voz kechish, xalqaro huquq qonunlarining milliy qonunlardan ustuvorligiga amal qilmasdan xalqaro jahon hamjamiyatiga kirib bo’lmaydi. Jahondagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlar xuddi shunday yondashuv tarafdoridir.
Bugungi kunda o’z mustaqil tashqi siyosatini konstitutsiyaviy qoidalarga tayanib yuritayotgan O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la huquqli sub'ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi-yu, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
O’zbekiston butun dunyo ko’z o’ngida tashqi siyosiy va madaniy aloqalarining boy tarixiga ega bo’lgan, mustaqil ravishda zamonaviy diplomatik aloqalarni amalga oshirayotgan tinchliksevar huquqiy davlat sifatida namoyon bo’lmoqda. Xalqaro huquq jihatidan O’zbekiston uchun asrlar osha buyuk bo’lib kelgan davlatlar ham, davlatchilik tarixi biznikiga o’xshash yosh mamlakatlar ham bab-baravardir.
O’zbekiston taraqqiyotning konstitutsiyaviy asosi sifatida inson huquqlari tiklanmoqda. Xalqimizning ma'naviy imkoniyati, uning katta tabiiy va texnik zahiralari, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalari demokratik taraqqiyot va inson huquqlariga rioya etilishi uchun zarur bo’lgan barcha shart-sharoitlar mavjudligiga ishonch tuG’diradi. Natijada mamlakatimiz amalda yalpisiga diplomatik tan olinishiga va xalqaro iqtisodiy aloqalarga tortilishiga yo’l ochib berildi..
Sovet Ittifoqi xalqlari hamda sobiq «sotsialistik hamdo’stlik»dagi boshqa davlatlar bir partiyaviylik tizimi va markazdan turib rejalashtirish iqtisodiyotidan voz kechishdi. Oqibatda dunyoda antogonistik ijtimoiy-siyosiy tuzumlarning global qarama-qarshiligi barham topdi va dunyo siyosatida demokratik jamiyatlar salohiyati ancha oshdi. Evroosiyo hududida, jumladan, Markaziy va Sharqiy Evropa davlatlari, shuningdek, sobiq sovet ittifoqi davlatlarining roziligi orqali ijtimoiy-siyosiy tuzumning demokratik shakliga o’tildi. Agar bunday davlatlarda, eng avvalo, Rossiyada amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni muvaffaqiyatli yakunlansa Evropa, Shimoliy Amerika, Evroosiyoda bir-biriga yaqin ijtimoyi-siyosiy va iqtisodiy tamoyillar asosida yashovchi, bir-biriga o’xshash qadriyatlarga e'tiqod qiluvchi, shu jumladan, global dunyo siyosati jarayonlariga bir xilda yondashuvchi xalqlar hamjamiyati shakllanadi.
«Birinchi» va «ikkinchi» dunyolar o’rtasidagi qarama-qarshilikka barham berilgandan so’ng avtoritar tuzumlar Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyodagi o’z tarafdorini qo’llab-quvvatlashdan to’xtadilar. Negaki, bu davlatlar mafkuraviy ittifoqdosh sifatida o’z qiymatlarini yo’qotishdi va natijada moddiy hamda siyosiy yordamdan maxrum bo’lishdi. Oqibatda Somali, Liberiya, Afg’onistonda bo’linish vujudga keldi va fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Boshqa davlatlarning ko’pchiligi esa, masalan, Efiopiya, Nikaragua, Jazoir avtoritarizmdan voz kecha boshlashdi.
«Sovuq urush» bilan to’g’ridan-to’g’ri bog`’liq bo’lmagan barcha qit'alarda kechgan keng miqyosli demokratiyalashtirish jarayoni 80-yillarning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. Braziliya, Argentina, Chili boshqaruvning harbiy-avtoritar shaklidan fuqarolik-parlamentar shakllariga o’tishdi. Bunday tendentsiya Markaziy Amerikada sal kechroq tarqaldi. Ushbu jarayonning e'tiborli natijalaridan biri shuki, 1994 yil 14 dekabrda Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlari boshliqlarining uchrashuvida qatnashgan 34ta davlat rahbari o’z davlatlarining demokratik yo’l bilan saylangan liderlari edilar. Shunga o’xshash demokratlashtirish jarayonlari Filippin, Tayvan, Janubiy Koreya, Tailandda kuzatildi. 1998 yilda Pokistonda harbiy tuzum o’rniga saylangan hukumat keldi. Janubiy Afrika respublikasining aparteid siyosatidan voz kechishi demokratiyaga qarab yo’l olinganligini ko’rsatdi. Afrikaning boshqa joylarida avtoritarizm jarayoni anchagina sekin kechdi. Biroq inqirozga uchrashi, Gana, Benin, Keniya, Zimbabveda demokratik islohotlarning ma'lum darajada oldinga siljishi demokratiyalashuv to’lqini bu qit'aga ham ta'sir qilmasdan o’tmaganini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |