4.Nutqni tushunishni rivojlantirishning asosiy metodik usullari
Mavzu: Ijodiy hikoya tuzish: «O‘jar jo‘jacha».
Maqsad: Tarbiyachi tomonidan aytilgan hikoyani nihoyasiga yetkazishga, jumlalarni qisqa, lo‘nda tuzishga o‘rgatish. 156 Vazifalar: • Bog‘langan nutqni rivojlantirish. • Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzish malakasini mustahkamlash. • Savodga o‘rgatish. So‘zlardan gap tuzish va uni «o‘qish» malakasini o‘stirish. • So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish. Kutilayotgan natijalar: • Hikoya to‘qishga qiziqish uyg‘onadi. • Sifatlarning qiyosiy (solishtirma) darajalarini yasashga o‘rganadilar. Kerakli jihozlar: • Mavzuga oid rasmlar.
Mashg‘ulotning borishi. Bolalar, hozir men sizga o‘jar jo‘jacha haqida hikoya aytib beraman. Siz diqqat bilan eshiting, hikoyaning davomini siz aytib berasiz. Bir tovuqning 7 ta jo‘jasi bor ekan. Ulardan bittasi o‘jar ekan. Onasining so‘ziga quloq solmay uni qiynar ekan. Bir kuni ona tovuq jo‘jalarga yolg‘iz ko‘chaga chiqmanglar, adashib qolasiz, - deb o‘zi donlagani ketibdi. Oradan ko‘p o‘tmay haligi o‘jar jo‘ja ko‘chaga chiqib ketibdi. U yuraveribdi, yuraveribdi, oxiri adashibdi. Yo‘lda bir gala g‘ozlarni ko‘ribdi. Chi-chi mening onam qayerda ? – deb so‘rabdi. G‘ozlar bilmaymiz, deb suvga cho‘milgani ketishibdi. Jo‘jacha yana yuraveribdi, yuraveribdi, yo‘lda kuchukchani ko‘rib qolibdi. Chi-chi, mening onam qayerda? – deb so‘rabdi. O‘jar jo‘jacha yo‘lda yana nimalarni uchratdi, qanday qilib onasini topib oldi. Shular haqida hikoya tuzib aytib bering. Agar bolalar qiynalsalar tarbiyachi yordamlashadi. Yo‘lda o‘jar jo‘jacha mushukni ko‘rib qoladi. Mushuk jo‘jani aldab tutib olmoqchi bo‘lib turganda, ona tovuq yugurib kelib mushukni ta’zirini beribdi. Ona tovuq o‘jar jo‘jachani ham urishibdi. Jo‘ja esa o‘jarligidan pushaymon bo‘libdi. Bolalarni hikoya tuzishlari uchun ular 3–4 ta boladan iborat guruhlarga ajratiladi: biri boshlaydi, ikkinchisi davom ettiradi, uchinchisi yakunlaydi. Guruh bolalarining javoblari eshitilgach tarbiyachi ularni rag‘batlantiradi. 157 Tetiklashtiruvchi mashq. O‘yinning borishi: Bolalar doira shaklida turadilar. Tarbiyachi koptokni qo‘liga olib, o‘yinni boshlab beradi. Bolalar tarbiyachi aytgan so‘zni bo‘g‘inlab aytib berishlari kerak: to-vuq, jo‘-ja, mu-shuk, ech-ki, qo‘l-qop, som-sa va hokazo. O‘yin shu tarzda davom etadi. Bolalar, hozir biz «So‘zni o‘zgartir» degan o‘yin o‘ynaymiz. Tarbiyachi uchta bolani chaqiradi. Ular so‘zlar bo‘ladi. 1-bola jo‘ja, 2-bola kuchukchani, 3-bola uchratdi bo‘ladi, qanday gap hosil bo‘ldi. (Bolalar javoblari) Agar 1-so‘z o‘rniga boshqa so‘z qo‘yadigan bo‘lsak yangi gap hosil bo‘ladi. Masalan, «Jo‘ja» so‘zining o‘rniga qanday so‘zni qo‘yamiz? Bolalar javobi: «Mushuk» qanday gap hosil bo‘ladi?
Bolalar javobi: Mushuk kuchukchani uchratdi. Endi ikkita ketma-ket so‘zlarni o‘zgartiring. Jo‘ja mushukni ko‘rdi (Avvalgi so‘z o‘rnidagi bolalar chetga chiqadilar, ular o‘rniga boshqa bolalar chiqadilar). 3. Tovush artikulatsiyasini egallash ancha uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, u ko‘pincha besh yil, ba’zan esa yetti yilgacha cho‘ziladi: bu boradagi ishlar muvaffaqiyatli olib borilgan taqdirda bola besh yoshdan boshlab sof so‘zlay boshlaydi. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalash dasturi» bola hayotining yettinchi yiliga kelib, ya’ni bolalarga o‘qish va yozishni o‘rgatish boshlanadigan davrga kelib, uning barcha tovushlar artikulatsiyasini to‘liq o‘zlashtirishini ta’minlash vazifasini qo‘yadi. Bolalarga to‘g‘ri talaffuzni o‘zlashtirish vazifasi agarda ular orfoepik talaffuzli shaxslar ichida o‘sayotgan bo‘lsa, juda oson hal etilishi (bu holda ularda birinchi kundan boshlab artikulatsiya bazasi to‘g‘ri shakllanadi) va ayni paytda u kattalardan shevaga xos yoki xalqona talaffuzdagi so‘zlarni eshitsa, bu jarayon juda qiyin kechishi (aniqrog‘i –hech narsani o‘zlashtira olmasligi) mumkin. Til haqidagi fanda turli toifadagi gaplar intonatsiyasi va o‘zo‘zidan, prosodemalar, ularning artikulatsiya organlarini modullashtirishdagi ishtiroki masalasi juda kam o‘rganilgan
So‘zlarni tushunishni o’rgatishda bolalarga nafakat ular karab turgan narsalarning va ularning o’zlari bajarayotgan harakatlarning nomini aytish, balki bolalarga ushbu narsalarni ataylab ko’rsatish va ularni kiziktirish zarur. Bu usul «ko’rsatib, nomini aytish» usuli deb ataladi.
Ko’pincha bolani biron-bir narsa nomini tushunishga undashda katta yoshli odam undan so’raydi: «falon narsa kaerda?», birok biz uni amaliy ish bilan mustahkamlamasak, ya’ni «ko’rsatib, nomini aytmasak», bola narsa bilan uning nomi o’rtasidagi bizga zarur bo’lgan shartli alokani o’rnata olmaydi, o’z-o’zidan u ushbu so’z ma’nosini tushunmaydi. «Falon narsa kaerda» degan savol bilan bolada u tushuna oladigan so’zlarni mustahkamlashda foydalanish mumkin. Masalan, «soat» deganimizda bola ko’zlari bilan soatni izlay boshlasa, undan soat kaerdaligini tez-tez so’rab turish lozim. Birok bu o’rinda savol emas, aynan soatni ko’rib va eshitib kabul kilish vaktlarining bir-biriga mos kelishi birlamchi ahamiyatga egadir.
Ammo katta yoshli odamning fakatgina ushbu usul mohiyatini tushunishi hali yetarli emas. Uni turli hayotiy vaziyatlarda bolaga kizikarli kilib ko’llashni ham o’rganish zarur: bunda katta yoshli odamning nutki birmuncha o’ziga xos bo’ladi. Katta yoshli odam bola bilan suhbatlashar ekan, u bolani tushunishga undayotgan so’zni hadeb bir xil ohangda kaytaravermasdan iboralarni ham aytishi lozim. Ko’rsatilayotgan narsa bilan bog’lanishi lozim bo’lgan so’zni alohida ohang, so’zdan oldin va so’zdan keyin kiska, birok ahamiyatli bo’lgan pauzalardan foydalanish, uni ko’p marta talaffuz kilish lozim. Ushbu usuldan («ko’rsatib, nomini aytish») foydalangan holda katta yoshli odam bolaga ayrim o’yinchoklar, shaxsiy gigienaga oid narsalar, ovkat yeyish bilan bog’lik buyumlar nomlarini tushunishni o’rgatishi darkor. Bolaga ko’rsatilayotgan narsa kanchalik kizikarli bo’lsa, u narsalar bilan shunchalik keng va ko’p tanishishi (ko’l tegizishi, ushlab ko’rishi, ko’lga olishi, kimirlatishi, biron narsaga urib ko’rishi, agarda taom bo’lsa – ta’mini ko’rishi) mumkin.
Gigienik jarayonlarda, kiyinish, ovkatlanish, o’ynash vaktida bolaga so’zlarni tushunishni o’rgatish uchun ko’p imkoniyatlar paydo bo’ladi.Harakatni anglatuvchi so’zlarni («ko’rsat», «takkilat», «tashla», «karsak chal» va boshk.) tushunishni o’rgatishda bu so’zlarni ushbu harakat bola yoki katta yoshli odam tomonidan amalga oshirilayotgan paytda aytish lozim. Zarur so’zni aytishda bolaning ko’lidan ushlab, tegishli harakatni bajarib ko’rish mumkin. So’zni tushunishni mustahkamlash uchun kichkintoyga «ko’rsat» deganda katta yoshli odam nomini aytgan narsani barmog’i bilan ko’rsatishni va «ber» deganda katta yoshli odam nomini aytgan narsani olib berishni o’rgatish zarur. Bu usullarni asosan bolalar taniydigan va nomlarini tushuna boshlagan narsalarga nisbatan ko’llash mumkin. Aynan bitta so’zda uzok to’xtalib kolib ketmaslik kerak, balki uning sonini asta-sekin kengaytirib borish, ayni paytda ilgari o’zlashtirilgan so’zlarni ham unutmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |