Nashr jarayonining to`rtinchi bosqichi
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng faqat tashkiliy
jihatdangina emas, balki ma’naviy-ma’rifiy jihatdan ham awalgisidan mutlaqo farq qiladigan noshirlik ishi tizimi yaratildi. Shunga ko‘ra kitob tarqatish ishida ham tub o‘zgarishlar. yuz berdi. Aytilganlar to‘lig‘icha kutubxonalar va kitob savdosiga ham taalluqlidir. O‘zbekistondagi bugungi kutubxonalaming bosh maqsadi, umummilliy ilmiy merosni xalqimizga yanada yaqinlashtirish,
milliy mafkura, istiqlol g‘oyalari bilan oshno qilish hisoblanadi.
Bundan tashqari ular kuchli fuqarolik jamiyati, kelajagi buyuk
O‘zbekistonni bunyod etish ishiga sadoqatli komil insonlami barkamol avlodni tarbiyalashning faol ishtirokchisiga aylangan. Kutubxonalar yurtimizda amalga oshirilayotgan chuqur islohotlami, yangilanishlami keng miqyosda taig‘ibot qilish maskaniga aylanmoqda. Ulardagi ilm, fan, texnikaga oid, shuningdek, ma’rifiy adabiyotlar jamg‘armasi tobora boyib bormoqda. Kitob savdosi
tizimida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.
Bugunga kelib, kitob savdosi kitob nashri tizimining ajralmas tarkibiy
qismiga aylandi. Ana shunday sharoitda muharriming zimmasiga alohida mas’uliyat yuklanishi tabiiy. Muharrir nashr jarayonining mazkur yakuniy bosqichida umuman nashriyotning, xususan muharirning manfaatlari mushtarakdir. Zero, har bir nashrdan chiqqan asar o‘z o‘quvchisini topishligidan ular birdek manfaatdordir. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida yaxslii yo‘lga qo‘yilgan kitob savdosi umumjamiyat, umudavlat ishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ana shunday muhim vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun nima qilish kerak, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Buning uchun, avvalo, kitob, talabga ko‘ra, zarur miqdorda chiqarilishi lozim,
qolaversa o‘quvchi o‘zi uchun zarur kitob haqida o‘z vaqtida xabar
topishi kerak. Birinchi masalani aniq tashkillashtirish, ya’ni bozomi
o‘rganib, uning talabini hisobga olib, miqdomi belgilash yo‘li bilan
hal etish mumkin. Ikkinchi masalani esa chop etilgan adabiyotni samarali targ‘ib-reklama qilish bilan hal etish lozim. Chiqarilayotgan kitobning mavzuli annotasiyalangan rejasi kitob reklamasining boshlanishi hisoblanadi. Kitob reklamasida muharrir etakchi o‘rinni egallaydi. U, awalo, muallif bilan hamkorlikda kitobga yaxshi nom tanlashi kerak. Bundan tashqari, kitobning hajmi aniq bo‘lishi shart, chunki kitobning narxi uning hajmiga ko‘ra
belgilanadi, bu ma’lum darajada kitob o‘quvchisining qiziqishini
ham aniqlashtiradi. Kitob adadini belgilash, uni tarqatish, kitobxonlarga yetkazish, ya’ni kitob nashri bo‘yicha asosiy vazifani bajarish ko‘p jihatdan
annotasiyalangan mavzuli rejaga bog‘liqdir. Muharrir nashriyotning marketing bo‘limi, kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tijorat bo‘limi bilan yaqin aloqada faoliyat olib borib, kitoblaming tarqatilishi (sotilishi) ishidan ham yaxshi xabardor bo‘lishi talab etiladi. Bu bosqich ma’lumotlari keyingi
yil, umuman istiqboldagi nashrlar taqdirini belgilashda asqotadi.
Nihoyat kite о adadini belgilashda o‘quvchilar orasida o‘tkaziladigan so‘rovlar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. So‘rovnoma natijalari ham kitob adadini belgilashning muhim omili hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |