2 b o b q I s h L o q X o ‘j a L i g I d a



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana23.04.2022
Hajmi1,39 Mb.
#575356
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 bop



2 - B O B
Q I S H L O Q X O ‘J A L I G I D A
M U L K V A T A D B I R K O R L I K S H A K L L A R I
• Qishloq x o ‘jaligida amalga oshirilayotgan agrar iqtisodiy islohotlarning 
asosiy y o ‘nalishlari.
• Qishloq xo'jaligida mavjud mulk shakllari va ulaming o ‘ziga xos 
xususiyatlari.
• Qishloq xo‘jaligida mavjud tadbirkorlik shakllari va ulaming paydo boMishi.
2 . 1 .
Q i s h l o q
x o ‘j a l i g i d a
a m a i g a
o s h i r i l a y o t g a n
a g r a r - i q t i s o d i y
i s l o h o t l a r n i n g a s o s i y y o ‘n a i i s h l a r i .
M ustaqillik sharofati bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining 
asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan agrar sohani rivojlantirishda qator iqtisodiy 
islohotlar amalga oshirildi. Qishloq xo‘jaligida turli mulkchilikka asoslangan 
erkin tovar ishlab chiqaruvchi subyektlar shakllandi. Dehqonlaming mulkka 
egalik hissining ortishini, erkin iqtisodiy faoliyat yuritishini, daromadlarini o‘z 
xohishiga ko‘ra mustaqil taqsimlash hamda tasarm f etish imkoniyatini 
beradigan xo‘jalik yuritish shakllarini mazkur tarmoqqa joriy etishga alohida 
e‘tibor qaratildi.
0 ‘zbekiston Respublikasining 
Prezidenti I.A.Karimov «Agrar
sektorni tubdan isloh qilish va jadal rivojlantirish muammolari islohotlarning 
dastlabki bosqichida hamda 0 ‘zbekistonning bozorga o‘tish strategiyasida hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Biz qishloqning ustun darajada rivojlanishini 
ta'minlashni, qishloq xo‘jaligini sifat jihatidan yangi asoslarda qayta tiklashni 
o ‘z oldimizga vazifa qilib qo‘ydik»2 , - deb ta ’kidlagan edi. Davlatning bosh 
islohotchiligida qishloq xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti munosabatlarini barpo 
etish maqsadida islohotlarning huquqiy asoslari yaratildi va amalga 
oshiriladigan tadbirlar majmuasi ishlab chiqildi.
Mamlakatimizda 
davlat 
rahbarligida 
qishloq 
xo‘jaligini 
moliyalashtirish, kreditlash hamda soliqlar tizimlari ishlab chiqilib, ular 
hayotga bosqichma-bosqich tatbiq qilinmoqda. Davlat, shuningdek, fan, 
texnika, ilg‘or va samarali texnologiyalar tizimlarini tarmoq miqyosida ishlab
" Karimov I.A. « 0 ‘zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo‘lida», T.: « 0 ‘zbekiston», 
1995, 59-60 betlar.
1 9
www.ziyouz.com kutubxonasi


chiqishga ham, qishloq aholisini ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilishga ham 
rahbarlikni amalga oshirmoqda.
Qishloq xo‘jaligida mustaqillikning dastlabki yillarida davlatning 
bevosita rahbarligida agrar islohotlaming negizi hisoblangan yer va mulk 
islohotlari, 
mazmunan yangi 
fermer, dehqon xo'jaliklari va qo'shm a 
korxonalar tashkil etildi va bu jarayon takomillashtirib borilmoqda.
Davlat qishloq xo‘jaligi bilan bog'liq bo'lgan tarmoqlarni ham (xizmat 
ko‘rsatuvchi, qayta ishlovchi, sotuvchi) isloh qilishga alohida e’tibor bermoqda. 
Natijada bu tarmoqlardagi davlat korxonalari davlat aksiyadorlik korxonalariga, 
tashkilotlariga aylantirildi. Masalan, paxta zavodlari, un, non, yog‘-moy, go'sht 
kombinatlari, konserva zavodlari hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Natijada 
shu tannoqlarda bozor munosabatlarini erkin amalga oshirish imkoniyatiga ega 
b o ig a n turli shakldagi mustaqil korxonalar, birlashmalar, uyushmalar tashkil 
etildi. Ulaming serqirra faoliyatlarini samarali boshqarishni ta'm inlash 
qobiliyatiga ega b o ig a n tarmoq tashkilotlari ham davlatning bevosita 
rahbarligida tashkil etilib, takomillashtirilmoqda.
Shu 
bilan 
birgalikda 
« 0 ‘zpaxtasanoatsotish» 
uyushmasi, 
« 0 ‘zdonmahsulot» 
davlat-aksiyadorlik 
koiporatsiyasi, 
Yer 
resurslari, 
geodeziya, 
kartografiya 
va 
davlat 
kadastri 
qo‘mitasi, 
« 0 ‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish» 
davlat 
kooperativ 
kompaniyasi, 
« 0 ‘zqishloqxo‘jalikkimyo» davlat aksiyadorlik jamiyati, « 0 ‘zagromashservis» 
uyushmasi, 
« 0 ‘zagrosug‘urta» 
davlat 
aksiyadorlik 
kompaniyasi, 
« 0 ‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» 
aksiyadorlik 
kompaniyasi, 
0 ‘zbekiston 
fermer xo‘jaliklari uyushmasi va boshqalar tashkil etildi. 
Islohotlar faqat 
tarmoqlarda yangi vazirliklar, konsemlar, kompaniyalar tashkil etishgagina 
emas, balki qishloq xo'jaligi va u bilan bog‘liq bo‘lgan xo'jaliklar va 
tarmoqlaming boshqamv tizimini bozor iqtisodi talablariga moslashtirishga 
qaratilmoqda. Davlat rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar tarmoqqa 
ichki hamda chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay sharoitlar 
yaratmoqda. Bular pirovard natijada qishloq xo'jaligining yanada rivojlanishini, 
samaradorligi oshishini ta ’minlaydi.
Respublikamiz qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan islohotlardan 
yana biri - tarmoqda 
yer va suv resurslaridan unumli foydalanish 
mexanizmlari ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etildi. Chunonchi, yer va suv 
resurslaridan foydalanishni tartibga soluvchi m e'yoriy hujjatlar qabul qilindi. 
Ularda respublikamizda yer va suvga egalik qilish, ulardan maqsadga muvofiq 
hamda samarali foydalanish borasidagi munosabatlar tizimi va ulam i amalga 
oshirish tartibi ko'rsatilgan. Yer-suv resurslariga egalik qilishning huquqiy 
asosi 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida «Yer, yer 
osti boyliklari, suv, o'sim lik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy
2 0
www.ziyouz.com kutubxonasi


zahiialar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular 
davlat muhofazasidadir»3 - deb belgilab qo‘yilgan.
Respublikamiz jam i yer maydoniga umummilliy boylik, davlat mulki 
sifatida egalik qilish huquqi 0 ‘zbekiston Oliy Majlisi zimmasiga yuklatilgan. 
Oliy Majlis o ‘z vakolatidagi yer munosabatlarining ayrim masalalarini xalq 
deputatlari qishloq, shahar, tuman hamda viloyat kengashlari va ulaming ijroiya 
qo'm italari zimmasiga yuklagan. Ular yuqorida keltirilgan m e'yoriy hujjatlar 
lalablaridan kelib chiqqan holda yerlarni ulardan oqilona, samarali foydalanish 
maqsadida foydalanuvchilarga m a'lum muddatga haq to'lash evaziga 
foydalanish uchun bermoqdalar. Demak, ular yer islohotini amalga oshirishga 
mas'uldirlar. Chunki ular yerlami samarali foydalanish uchun haqiqiy egasiga 
berish bilan bog‘liq b o ig a n masalalami hal etadilar.
Shu bilan birgalikda respublika fuqarolariga shaxsiy yordamchi 
xo‘jaliklarini yuritish hamda yakka tartibdagi uy-joy qurilishi va uni 
obodonlashtirish uchun meros qilib qoldirish sharti va umrbod egalik qilish 
huquqi bilan belgilangan miqdorda yer berilmoqda. Demak, shu qoidaga 
muvofiq yem i avloddan-avlodga meros qilib qoldirish ta'minlangan, y a’ni shu 
yerlarga egalik qilish hamda ulardan foydalanish huquqi fuqarolarga umrbod 
berilgan. Bu respublikamiz yer islohotidagi eng muhim yutuq hisoblanadi.
I.ekin fuqarolar qonunlarda ko'rsatilgan shartlarai buzsalar, ulaming yerga 
merosxo‘r sifatida egalik qilish huquqi yuqoridagi tashkilotlar tomonidan bekor 
etilishi ham ko‘rsatilgan. Islohot natijasida respublika qishloq hududlarida 
yashayotgan 
fuqarolarga umrbod 
foydalanish uchun 
1990-2002-yillar 
davomida 600 ming gektarga yaqin qishloq xo‘jalik yerlari berildi. Bu maydon 
Andijon viloyatining qishloq xo'jalik yerlariga nisbatan 2,2 marta, Farg'ona 
viloyatinikiga nisbatan 1,8 barobar ko‘pdir. Yerlami berish natijasida 3,2 mln. 
dan ortiq oilaning yer bilan ta'm inlanganlik darajasi hozirgi davrda qondirilgan. 
2001-yilning boshiga kelib mamlakat aholisi ixtiyorida 625,8 ming gektar 
tomorqa yerlari bor edi. Aholi o ‘zlariga berilgan yerga qonun doirasida egalik 
qilish hamda undan samarali foydalanish natijasida yurtdoshlarimizni qishloq 
xo'jalik mahsulotlari bilan ta’minlashga ulkan hissa qo'shmoqda.
Aholiga yer maydonlarining berilishi ulaming uy-joyga bo'lgan 
talabini qondirish, mahsulotlar yetishtirish orqali o‘z daromadlarini ko‘paytirish 
va eng asosiysi, ulaming ish bilan bandligini ta'm inlashga, turmush 
farovonligini oshirishga juda katta hissa qo'shdi. Prezidentimiz Islom Karimov 
tomonidan mazkur islohotning amalga oshirilishi nafaqat iqtisodiy, balki 
ijtimoiy jihatdan ham muhim ahamiyatga egadir.
Bozor iqtisodiga o ‘tish sharoitida mulkchilikning turli shakllari va 
crkin mulk munosabatlari mavjud bo'lishi, bunda xususiy mulkchilikni
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, -T.: « 0 ‘zbekiston», 2008
2 1
www.ziyouz.com kutubxonasi


rivojlantirishga alohida e'tibor berilishi lozimligini inobatga olib, hukumatimiz 
tomonidan ulaming huquqiy asoslari yaratildi: «Mulk to‘g ‘risida», «Ijara 
to ‘g‘risida», «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to ‘g‘risida»gi 
qonunlar va k o ‘pgina qarorlar, farmonlar qabul qilindi. Shularga asoslangan 
holda tarmoqda bosqichma-bosqich mulkchilikning turli shakllari tashkil etildi. 
Masalan, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq 1992-yilda 224 ta davlat 
xo'jaligi iqtisodiy ahvoli nochor bo‘lganligi uchun jam oa xo‘jaliklariga, 
ulaming mulki esa jam oa mulkiga aylantirildi. Qishloq x o ‘jaligida mulkni 
davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish jarayoniga alohida e'tibor 
qaratildi. Xususiy mulkchilikni rivojlantirishga alohida e'tibor berildi. Chunki 
haqiqiy mulk egasiga aylangan qishloq ahli undan oqilona hamda samarali 
foydalanishi tabiiy.
Qishloq xo'jaligida erkin bozor munosabatlarini shakllantirish 
maqsadida moliya, soliq, kredit hamda baholar tizimini isloh etishga ham 
e'tibor berildi. Chunki davlat mulkchiligiga asoslangan lcorxonalaming 
faoliyati davlat tomomnidan moliyalashtirilar, yetishtirilayotgan qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarining xarid baholari davlat tomonidan rejali tarzda 
belgilanar edi. Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida esa korxonalar ishlab 
chiqaiishi uchun zarur b o ‘lgan mablag'larni o‘zlari ishlab topishlari kerak. 
M ablag‘ yetishmagan hollarda uni chetdan o'zaro manfaatli tarzda qarzga 
olishi, ishlab chiqargan mahsulotlarini esa bozor talablari asosida sotishga 
harakat qilishlari lozim.
Bu o'rinda ta'kidlash kerakki, qishloq xo‘jalik yerlariga, yirik 
imgatsiya-melioratsiya inshootlariga nisbatan davlat mulkchiligi saqlanib 
qolishi 
maqsadga 
muvofiq. 
Yangi 
yerlami 
kompleks 
o‘zlashtirish, 
foydalanilayotgan yerlarning unumdorligini oshirish maqsadida amalga 
oshirilayotgan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari, yirik irrigatsiya- 
melioratsiya inshootlarini qurish, ta'm irlash va ulardan foydalanish uchun 
davlat byudjetidan mablag1 ajratilmoqda. Qishloq hududlarida ekologik 
muhitni 
sog‘lomlashtirish bilan 
b o g iiq
b o ig a n
tadbirlarga, 
qishloq 
xo'jaligidagi urug‘chilik, seleksiya, naslchilik, veterinariya sohalariga ham 
davlatning ko‘magi zarur hisoblanadi.
0 ‘tish davrining dastlabki bosqichida davlat ehtiyojlari uchun talab 
etiladigan paxta, g ‘alla, sholi yetishtirishni moliyalashtirish davlat byudjetidan 
maxsus transh mablag'lari orqali amalga oshirilar edi. Lekin bu mablag‘lardan 
yanada unumli foydalanishni ta'm inlash maqsadida qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqaruvchilariga imtiyozli kreditlar berish tizimi y o ig a qo'yildi va u o ‘zini 
oqlamoqda.
Qishloq x o ‘jaligida soliqlar tizimi ham takomillashtirib borilmoqda. 
1999-yilgacha qishloq xo‘jalik korxonalari daromad, yer, suv, mulk va boshqa 
turdagi soliq va to io v lam i to ia r edilar. 1999-yilning 1-yanvaridan boshlab
2 2
www.ziyouz.com kutubxonasi


qishloq xo'jalik korxonalari yagona yer solig‘ini to‘lamoqdalar. 2011-yil 
holatiga yagona yer solig‘i stavkasi yeming m e'yoriy qiymatining 6 foizi 
miqdorida belgilangan. Yagona yer solig'ining joriy etilishi xo'jaliklar uchun 
ancha qulaylik yaratmoqda. Chunki mazkur holat soliq miqdorini yerlarning 
holati, unumdorligi va ekilgan ekin turiga qarab hisoblashga imkon yaiatdi 
hamda soliqlarni hisoblash va to‘lash jarayonlarini ancha soddalashtirdi.
Keyingi yillarda hukumatimiz tomonidan sug‘oriladigan yerlarning 
meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha ham ko'pgina islohotlar amalga 
oshirilmoqda. Ushbu sohaga taalluqli 2008-2012-yillarga m o‘ljallangan Davlat 
dasturi qabul qilindi, maxsus jam g‘arma va ixtisoslashgan lizing kompaniyasi 
tashkil etildi hamda ko‘plab m e'yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Prezidentimiz tomonidan 2009-yil "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi 
yili” deb e'lon qilindi va maxsus Davlat dasturi ishlab chiqilib, hayotga tatbiq 
etilmoqda. Ushbu dasturda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish bilan bir 
qatorda qishloqlarda hayot darajasini oshirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy 
inffatuzilmani rivojlantirish, qishloqlarimizning qiyofasini zamonaviylashtirish, 
qishloq aholisi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratib berishga alohida 
e’tibor qaratilgan.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish