Surxondaryo
viloyatida
2008-yil
1-yanvar
holatiga
dehqon
xo'jaliklarining umumiy soni 386307 ta b o ‘lib, yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari soni 512 tani tashkil etadi. Ularga 64738
gektar yer
maydoni biriktirilgan. 2007-yilda Surxondaryo viloyati bo‘yicha ishlab
chiqarilgan 96,5 ming tonna kartoshkaning 94,2 ming tonnasi (97,6 %), 349,7
ming tonna sabzavotning 261,9 ming tonnasi (74,9 %) dehqon x o ‘jaliklari
tomonidan yetishtirildi.
Fermer va dehqon xo‘jaliklarida ekinlaming hosildorligi, chorva
hayvonlarining mahsuldorligi boshqa turdagi x o ‘jaliklardagiga nisbatan ancha
yuqoii. Chunki ularda mulkka egalik hissi va moddiy manfaatdorlik ancha
yuqori, ular o‘z mehnatlari natijalariga o‘zlari egalik qiladi.
Shuning uchun
ham mamlakatimizda fermer va dehqon x o ‘jaliklarining faoliyatini yanada
rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda.
Qishloq x o ‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishda boshqa tarmoq
korxonalariga tegishli yordamchi xo‘jaliklar ham ishtirok etadi. Masalan,
transport korxonasi o ‘z xodimlarining qishloq x o ‘jalik mahsulotlariga b o ig a n
talabini qondirish maqsadida m aiu m yer uchastlcasini ijaraga olib, yordamchi
xo‘jalikni tashkil etishi va unda turli qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini ishlab
chiqarishi mumkin.
Respublikamizda mustaqillikkacha b o ig a n davrda qishloq xo‘jalik
tarm ogida
qo'shm a
korxonalar
mavjud
boim agan.
Mustaqillikka
erishilgandan so‘ng erkin bozor munosabatlari barpo etilishi mulkchilikning
shu turini va unga asoslangan tadbirkorlik shaklini tashkil etish hamda faoliyat
yuritishi uchun huquqiy, iqtisodiy asoslar yaratib berildi. Ularda qo‘shma
tadbirkorlik mulkdorlaming moddiy va pul mablag‘larini birlashtirish yo‘li
bilan tashkil etilishi ta'kidlangan. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz qishloq
xo'jaligida qo'shm a korxonalaming tashkil etilishi va ulaming faoliyat yuritishi
talab darajasida emas. Vaholanki hukumatimiz tomonidan xorijiy investorlar
uchun barcha huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib berilgan.
Jumladan,
chet ellik tadbirkorlaming qonun doirasida erkin faoliyat yuritish va mulkiga
egalik qilish kafolati ta ’minlangan. Respublikamizda ishlab chiqarish faoliyati
bilan shug‘ullanuvchi chet ellik tadbirkorlarga soliq hamda bojxona
to ‘lovlariga oid ko‘plab imtiyozlar ham joriy etilgan. Xorijiy investorlami
mazkur imkoniyat va shart-sharoitlar bilan tanishtirish orqali ulami
mamlakatimiz qishloq xo‘jaligiga kengroq jalb etishga erishish lozim.
Kelajakda mamlakatimizda chet ellik
tadbirkorlarga yanada qulay
investitsion muhitni yaratib, ulami qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga kengroq jalb
etish va ulaming sarmoyalari evaziga mazkur tarmoqqa zamonaviy
texnologiyalarni jalb etish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash hajmini
keskin oshiiish muhim vazifalardan biridir. Qishloq x o ‘jaligik mahsulotlarini
ishlab chiqarish va yetishtirilayotgan mahsulotlami qayta ishlash, ulami
4 0
www.ziyouz.com kutubxonasi
iste’mol uchun tayyor bo‘lgan mahsulotlarga aylantirish
uchun turli xildagi
qo‘shma korxonalami tashkil etish mumkin. Bu jarayon mamlakat qishloq
xo'jaligiga yangi texnikalar, ilg‘or, samarali texnologiyalar kirib kelishini
ta'm inlaydigan chet el valyutalari oqimini ko‘paytiradi. Natijada tarmoqning
moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib,
ishlab
chiqarish kuchlarining
rivojlanishi va maqsadga muvofiq joylashishi ta'minlanadi. Qishloq xo'jaligida
qo'shm a korxonalaming tashkil etilishi xalqaro miqyosda mehnat taqsimotmi
rivojlantirishga ham ijobiy ta ’sir k o ‘rsatadi. Ular tufayli qo‘shimcha ish joylan
tashkil etilib, aholini ish bilan ta’minlash muammosi hal qilinishiga m a’lum
darajada ulush qo'shiladi. Bu korxonalarda faoliyat ko‘rsatayotganlammg
moddiy sharoiti yaxshilanishini ta'm inlaydi. Pirovard natijada aholim sifatli
mahsulotlar bilan ta'm inlanish darajasi yuksalib, turmush darajasi oshadi.
Q isqacha xulosalar
Qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan agrar-iqtisodiy islohotlar
natijasida jamoa, xususiy va aralash mulkchilik shakllari bosqichma-bosqich
barpo etilib, muttasil rivojlantirilmoqda. Xususiy mulkchilik asosida
fermer va
dehqon xo‘jaliklari va tadbirkorlikning boshqa shakllari tashkil qilinib, taraqqiy
ettirilmoqda.
Qishloq
xo‘jaligida
dehqonlarning
moddiy
manfaatdorligini
ta'm inlovchi, ularda haqiqiy mulkdorlik hissini uyg'otuvchi xo‘jalik yuritish
shakllarini joriy etishga ham alohida e ’tibor berib kelinmoqda.
Qishloq xo‘jaligida davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan ayrim
masalalami hal etish uchun tarmoqda davlat mulki va unga asoslangan x o ‘jalik
yuritish shakli ham saqlab qolingan. Kelajakda xususiy hamda qo‘shma
mulkchilikka asoslangan korxonalami rivojlantirishga e ’tibomi kuchaytirish
maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: