2 . 3 . Q i s h l o q x o ‘j a l i g i d a m a v j u d t a d b i r k o r l i k s h a k l l a r i v a u l a r n i n g p a y d o
b o i i s h i .
Respublikamiz qishloq x o ‘jaligida 1991-yildan boshlab siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy ahamiyatga ega b o ig a n tub agrar-iqtisodiy islohotlar
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Davlat bosh islohotchi b o ig a n bu
jarayonda tarmoqdagi davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarishga, negizida
xususiy mulkchilikni va shunga asoslangan tadbirkorlik shakllarini tashkil
etishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Bunda yerga umummilliy boylik sifatidagi
davlat umumxalq mulkchiligi saqlab qolinmoqda. Boshqa mulklar esa daviat
tasarrufidan bosqichma-bosqich chiqarilib, xususiylashtiriimoqda. 1990-yilda
davlat mulkchiligiga asoslangan xo'jaliklar, y a ’ni davlat xo‘jaliklari 1038 ta
edi. Ular 0 ‘zbekistonda XX asming 30-yillarida tashkil etila boshlangan.
Respublikaning Qarshi va Mirzacho‘l, Surxon-Sherobod, Markaziy Farg‘ona
hududlarida yangi yerlami o‘zlashtirish natijasida keng miqyosda davlat
xo‘jaliklari tashkil etildi. Davlat xo'jaliklarining tashkil etilishida davlat
byudjetidan ajratilgan mablag1 evaziga ishlab chiqarishni tashkil etish hamda
yuritish uchun zam r bo‘lgan barcha ishlab chiqarish vositalarini davlat
tomonidan o ‘rnatilgan baholarda sotib olinar edi. Ulardan foydalangan holda
faoliyat yuritib, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarini davlat tomonidan
belgilangan xarid narxlarida davlatga qarashli tayyorlov tashkilotlariga sotar
edilar va olingan daromad davlat moliya organlari tomonidan o ‘matilgan
tartibda taqsimlanar edi.
Bunda asosiy
e'tibor davlat manfaatlarini
rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, davlat xo'jaliklariga iqtisodiy erkinlik
berilmagan edi. Shuning uchun ular yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan
2 4
www.ziyouz.com kutubxonasi
qonun-qoidalarga bo'ysungan holda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish
bilan shug‘ullanar edilar. Ular asosan paxtachilik, g ‘allachilik, bog‘dorchilik,
chorvachilikka
ixtisoslashgan
b o ‘lib,
respublikada
yetishtirilayotgan
mahsulotlaming sezilarli qismini ishlab chiqarardilar. Bu xo'jaliklam ing
respublikada yetishtirilgan yalpi qishloq xo'jalik mahsulotidagi ulushi 1990-
yilda 37,5 foizni tashkil etgan. Lekin ular iqtisodiy negizi, faoliyat yuritish
mazmuni bo'yicha erkin bozor iqtisodiyoti talablariga javob bermas edi.
Shuning uchun ham davlat mulkchiligiga asoslangan xo'jaliklar negizida
tashkiliy, iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi zarar bo‘ldi. Islohotlar
jarayonida ulaming negizida dastavval jam oa xo'jaliklari, keyinchalik
shirkatlar hamda hozirgi vaqtda mustaqil fermer xo'jaliklari tashkil etildi.
Respublika hukumati qishloq xo‘jaligi oldidagi muhim vazifalarni
e'tiborga olgan holda bir qancha muammolami o‘z zimmasiga olgan. Bunda
davlat bosh islohotchi vazifasini bajarmoqda. Hozirgi davrda respublikamiz
hukumati agrar siyosatning strategik y o ‘nalishlarini belgilab, uni ta'm inlash
bilan bog'liq tadbirlami amalga oshirish choralarini ko'rmoqda. Hukumatning
asosiy e'tibori qishloq x o ‘jaligining barcha sohalari yagona fan-texnika
siyosatiga asoslangan holda rivojlanishini ta ’minlashga qaratilgan. Bu
nihoyatda muhim masala hisoblanadi. Chunki faqat ilm-fan, yangi, samarali
texnika hamda ilg‘or texnologiya barcha yutuqlaming asosiy negizidir. Bu
masalani hal etish maqsadida qishloq x o ‘jaligida davlat xo‘jaliklari qisman
saqlab qolingan. Ular asosan qishloq xo‘jaligida davlat ilmiy-ishlab chiqarish
birlashmasining tajriba xo‘jaliklari, urug‘chilik va naslchilik xo‘jaliklari
ko‘rinishida saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda markaz tarkibida 100 taga yaqin
tajriba x o ‘jaliklari faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Ular asosan davlat
byudjetidan
ajratilayotgan
mablag‘lar
evaziga
qishloq
xo'jaligining
rivojlanishini ta ’minlaydigan ilmiy g ‘oyalami yaratish, sinash asosida qishloq
xo'jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanmoqdalar. Ular faoliyatining
asosiy y o ‘nalishlari quyidagilar:
■ urag ‘chilik, naslchilik va k o ‘chatchilikni rivojlantirish, yangi, serhosil,
tezpishar navlar hamda mahsuldor zotlami yaratish;
■ qishloq xo'jaligiga fan yutuqlarini joriy etishni tashkillashtirish;
■ iqtisodiyotda erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yaratish va ulami
chuqurlashtirish;
■ yangi texnika, ilg‘or texnologiyalami yaratish, agrotexnika tadbirlarini
takomillashtirish va boshqalar.
M arkaz
tarkibidagi
ilmiy-tadqiqot
institutlarida
yaratilayotgan
yangiliklar eng aw alo tajriba xo‘jaliklarida sinalib, so‘ngra amaliyotga tatbiq
etish uchun tavsiya qilinadi. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida ishlab
chiqarilayotgan yalpi mahsulotning 1 foizini mazkur tajriba x o ‘jaliklari
bermoqda. Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishdagi o ‘mini e'tiborga
2 5
www.ziyouz.com kutubxonasi
olgan holda ulam i saqlab qolish
va faoliyatini rivojlantirish maqsadga
muvofiqdir.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida o‘tgan asming 80-yillari oxiri va
90-yillari boshida
887 ta jam oa xo‘jaligi faoliyat ko'rsatib, respublikada
yetishtirilayotgan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotining 35 foizini berar edi.
Ularning iqtisodiy negizini jam oa mulki tashkil etgan. Lekin mulkchilikning bu
shakli uning haqiqiy mazmuni, mohiyatiga mos emas edi, chunki amalda ular
davlat tasarrufida edi. Bunday hol bozor iqtisodiyoti talablariga to‘g ‘ri
kelmaydi. Shu bois bozor iqtisodiyotiga o'tish munosabati bilan tarmoqdagi
davlat xo'jaliklari negizida jam oa xo‘jaliklari bosqichma-bosqich yangicha
ko‘rinishda tashkil etila boshlandi.
Bu o‘rinda eslatib o'tish kerakki, jam oa xo‘jaliklari 1990-yillargacha
qishloq xo'jaligini rivojlantirishga m a’lum darajada o ‘z hissalarini qo'shganlar.
Ular o‘sha yillarda tarmoqda yetishtirilayotgan paxtaning 41 foizini, g'allaning
37 foizini, sutning 36 foizini berar edi. Lekin ularning faoliyatlari ham davlat
xo‘jaliklari kabi to 'liq davlat tomonidan boshqarilardi, ya'ni ularda mahsulotlar
yetishtirish
jarayoni
davlat
mablag'lari
hisobidan
moliyalashtirilib,
yetishtirilgan mahsulotlarni davlat o ‘z tashkilotlari yordamida hukumat
tomonidan belgilangan xarid baholarida sotib olar edi. Olingan daromad esa
hukumat tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanar edi. Bunda jamoaning
erki, huquqi to‘liq e'tiborga olinmas edi. Demak, u xo‘jaliklarda amalga
oshirilgan iqtisodiy munosabatlar bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablariga
mos emas edi. Bunday hollami bartaraf etish maqsadida avvalo
jam oa
mulkchiligiga asoslangan jam oa xo‘jaliklarida haqiqiy bozor iqtisodiyoti
munosabatlarini
barpo etishga alohida e ’tibor berildi. Bunda respublikada
amalga oshirilayotgan yer islohotiga
asoslangan holda mavjud jam oa
xo‘jaliklariga davlat mulki hisoblangan yer foydalanish uchun ijaraga berildi.
Ular yerdan foydalanganlik uchun belgilangan muddatda ijara haqi to ‘laydigan
bo‘lishdi. Ijara haqi 1999-yildan boshlab yagona yer solig'i shaklida
to'lanadigan bo‘ldi. Shu bilan birga «Mulk to‘g ‘risida»gi qonun talabiga
muvofiq u xo‘jaliklarda haqiqiy jam oa mulkchiligi tashkil etishga e'tibor
berildi. Mulkchilikning bu shakli jam oa xo‘jaliklari negizida shirkat xo‘jaliklari
tashkil etish orqali shakllantirildi. Uning huquqiy asoslari yaratildi. Oliy Majlis
tomonidan 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan «Qishloq xo‘jalik kooperativlari
(shirkatlar) to‘g ‘risida»gi Qonun, uning hayotga tatbiq etilishini ta’minlash
maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 229-sonli
qarori qabul qilingan edi.
Shirkat xo‘jaligi - qishloq xo'jalik tovar mahsulotlari ishlab chiqarish
va xizmatlami bajarish maqsadida fuqarolaming paychilikka asoslangan oilaviy
pudrat asosida uyushib, erkin, mustaqil faoliyat k o ‘rsatadigan, yuridik shaxs
maqomiga ega bo‘lgan xo'jalik yuritish subyektidir. Ular o‘tish davrida qishloq
2 6
www.ziyouz.com kutubxonasi
xo‘jaligida tadbirkorlikning yirik tovar ishlab chiqaruvchi shaldi sifatida
uamoyon bo‘ldi. Ulaming ixtiyoriga qishloq xo‘jalik yerlarining asosiy qismi
uzoq muddatga ijaraga foydalanishga berildi. Shirkat xo'jaliklarining iqtisodiy
negizini, y a’ni mulkini pay (ulush) asosida tashkil etilgan paychilarning
jamoaviy mulki tashkil etar edi. Shirkat xo‘jaliklarining barcha mulki
(yerlaming qiymatini ham qo'shib) a'zolariga pay shaklida bo‘lib berildi.
Shuning natijasida shirkat a’zolari mulk egasi bo‘ldilar. Bu hol ularga barcha
inulkka birgalikda egalik qilish, foydalanish imkoniyatini berdi.
Shirkat xo‘jaliklarini faoliyat ko'rsatib turgan jam oa x o ‘jaliklari
/am inida qayta tashkil etish nazarda tutilgan edi. Faoliyat ko‘rsatib turgan
jamoa xo‘jaligini shirkat xo‘jaligiga aylantirish xo‘jalik a’zolarining umumiy
majlisi qaroriga asosan amalga oshirilgan. Ushbu qaror o'zgartirilayotgan
xo'jalikning kreditorlariga ham yozma ravishda yetkazilishi nazarda tutilgan.
Shu qarorga asosan shirkat xo‘jaligiga aylantirilayotgan xo'jalik rahbarlari,
mutaxassislari va a'zolaridan iborat komissiya tuziladi. Tuman hokimining
qarori bilan komissiya ishida tuman hokimligi, moliya va soliq idoralari,
banklar, kasaba uyushmasi vakillari ishtirok etadilar. Komissiya zimmasiga
nihoyatda muhim masalalar yuklatilgan edi. Shu jum ladan mazkur komissiya
yangi tashkil etilayotgan shirkat xo‘jaligining
Nizomi loyihasini ham
tayyorlagan.
Mamlakatimizda tashkil etilgan shirkat xo‘jaliklari dehqonlaming
inoddiy manfaatdorligini oshirgan bo‘lsada, bozor munosabatlari talablariga
loTiq javob bera olmadi. Ayrim holatlarda esa shirkat xo‘jaliklarini tashkil
ctishda tashkiliy-iqtisodiy tomondan m a’lum kamchiliklarga yo‘1 qo‘yildi. Shu
sababli mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo‘jaligiga samarali,
dehqonlarda haqiqiy mulkdorlik hissini uyg'otadigan, ulaming iqtisodiy
ctkinligini ta’minlaydigan xo'jalik yuritish shakllarini joriy etishga e'tibor
qaratildi. A w alo , dehqonning ishlab chiqarishga va mulkka egalik hissining
ortishi, eikin iqtisodiy faoliyat yuritishi, daromad olishi, uni o ‘z xohishiga k c ‘ra
inustaqil taqsimlash hamda tasarraf etish imkoniyati yaratildi. Respublika agrar
sohasida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari boshqa subyektlarga nisbatan
amaliyotda o ‘zining bir qancha ijobiy ustunliklarini ko'rsatdi va shu sababli
l'ermer xo‘jaliklariga istiqbolli xo'jalik yuritish shakli sifatida juda katta e’tibor
qaratildi. 1998-yil 30-aprelda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo'jaligi
to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingan boTib, u 36 moddadan iborat. Ushbu
qonunning yangi tahriri 2004-yil 26-avgustda qabul qilindi. «Fermer xo'jaligi
to‘g ‘risida»gi Qonunning 3-moddasida fermer xo'jaligiga quyidagicha ta ’rif
berilgan: fermer xo‘jaligi - ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan
holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil
xo‘jalik yurituvchi subyektdir.
2 7
www.ziyouz.com kutubxonasi
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida fermer xo'jaliklari
faoliyatining rivojlanishi hamda samaradorligining oshishi ta'minlanmoqda.
Chunonchi, respublikamizda 2008-yiI 1-yanvar holatiga 217,1 mingta fermer
xo'jaliklari faoliyat yuritgan b o iib , ularda 1621,4 ming kishi band edi. Fermer
xo'jaliklariga 5787,8 ming gektar yer uzoq muddatga ijaraga berilgan b o iib ,
bir fermer xo‘jaligiga o ‘rtacha 26,7 gektar yer to 'g 'ri kelar edi.
Mamlakatimizda
fermer
xo‘jaliklari
faoliyatining
asosiy
ko‘rsatkichlari 2.1-jadvalda keltirilgan.
2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |