Jismoniy tarbiya, badan tarbiya — sogʻliqni mustahkamlashga, odam organizmini uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi koʻrsatkichlardan biri. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari: jismoniy mashgʻulotlar, organizmni chiniqtirish, mehnat va turmush gigiyenasi. Jismoniy tarbiya aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya b-n qoʻshib olib boriladi.
Ibtidoiy davrdan boshlab Jismoniy tarbiyaga alohida eʼtibor qaratilgan. Dastlab u jismoniy mashqlar, turli oʻyinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy harakatlarga oʻxshatilgan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud boʻlgan, turli marosimlarni aks ettirgan. Keyinchalik yoshlarni qilichbozlik, chavandozlik, kamondan otish, yakkama-yakka kurash mahoratiga oʻrgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biriga aylana borgan.
Gigiyenani har xil tekshirish usullari bor. Ulardan eng soddasi sanitariya holatini yozish. Buning uchun tekshiriladigan obyektni borib o ’z ko’zi bilan ko’rib, so’ngra yoziladi. Buning uchun sanitariya tekshirish kartasidan foydalaniladi. Bunday usuldan tashqari aniq, eksperimental usullar ham bor. Laboratoriya tekshirish usuli: fizik, kimyoviy, bakteriologik. Bularning hammasi taqqoslanib, so’ng gigiyena chora va tadbirlar belgilanadi. Hainma tekshirish usuliaridan tashqari: fiziologik, bioximik, klinik usullar ham ishlatiladi. Ommaviy tekshirish usullaridan statistik analiz usuli ham ishlatiladi. Kasallari, tug’ilish, o’lim, jismoniy rivojlanish o ’rganilayotgan vaqtda sog’lom muhit yaratishga ishlash va hayot kechirish uchun juda qadimdan harakat qilingan. Bunga yunonlar, rimliklar misol bo’la oladi. Bular hayot tarzi, ovqatlanish, yuqumli kasalliklarni oldini olish va jismoniy tarbiyadan iborat bo’iadi.
Bu boshlanishida din bilan bog’langan bo’lib, keyinchaiik xalqlarni sihat-salomatligini mustahkamlash uchun mo’ljallangan qonunga aylanib bordi, chunki o ’sha davrdagi janglarda qatnashish uchun jangovor qo’shin lozim edi. Shu sababli jismoniy tarbiya va chiniqishga asosiy e’tibor beriladi. Gigiyena o ’zini yuksak taraqqiyotini qadimgi Gretsiyadan boshladi. Gigiyenadan birinchi ilmiy maqola taxminan bizning eramizdan oldingi 460-377 yillarda yashagan Gippokrat tomonidan «suv, havo va joylar haqida» deb nomlandi, Gretsiyada asosiy diqqat-e’tibor individual profiiaktika, jismoniy tarbiya bilan ta’min!ash, ovqatlanish, axlatlarni chiqarib tashlashlarga qaratilgan edi. Bularning hammasi amaliy bilimlarga qaratilgan bo’lib, nazariyjihatdan kam e’tibor berilgan edi. Bularni hammasini merosxo’ri rimliklar bo’ldi.
Jismoniy tarbiya va sport gigiyenasi Jismoniy tarbiya va sport gigiyenasi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanadigan va tashqi muhit bilan muloqotda boMadigan tanani o’rganadi. Buning natijasida gigiyena me’yorlari ishlab chiqiladi, bularning hammasi jismoniy tarbiya va sportchilarning sihat-salomatligini yaxshilashga, ish qobiliyatini oshirishga qaratilgan bo’ladi. Shunga asoslangan holda jismoniy tarbiya va sport gigiyenasi oldiga quyidagi asosiy vazifa qo’yiladi: 1. Jismoniy tarbiya va sportni sportchilar tanasiga ta’sir etadigan har xil omillarini o’rganish. 2. Jismoniy tarbiya va sport mashqlarini optimal sharoitda bajarish uchun ilmiy ravishda asoslangan gigiyena me’yorlar ishlab chiqish. 3. Jismoniy tarbiya va sportda sportchi sihat-salomatligini yaxshilash, gormonik rivojlanish, chiniqish, ish qobiliyatini va sport ko’rsatkichlarini ko’tarish uchun foydalanish qonun va qoidalarini ishlab chiqish.
Ommaviy sportni samaradorligini oshirish maqsadida gigiyena omillar va tabiiy omillar keng miqyosida ishlatiladi. Shu munosabat bilan fizkultura va sport gigiyenasida ham ilmiy izianishlar kuchaytirilmoqda. Kundan-kunga kuchayib borayotgan gigiyenaning quvvati sportchi faoiiyatining nazariy va amaliy vazifalariga chambarchas bogMiqdir. MaMuinki sportchilar tayyorlash tizimi uchta omillarga bogMiq: 1. Musobaqatizimi. 2. Sport mashq mashg’ulotIari. 3. Musobaqa va trenirovkani samaradorligini optimumga yetkazish omillar tizimlari. L.P. Matveyevning ta’kidlashicha, sportchilarni tayyorlash muvaffaqiyati shu yuqorida ko’rsatilgan omillarning majmuasiga bogMiqdir. Musobaqa va trenirovkani to’lg’azadigan tizimiga faqat gigiyena omillari kiradi, jumladan: kun tartibi, shaxsiy gigiyena, chiniqish, maxsus ovqatlanish, tiklawish gigiyena vositalari va h.k. Bular katta ahamiyatga ega boMib, sportchilaming malakasini oshirishda har taraflama o’z ta’sirini ko’rsatadi.
E’tiboringiz uchun tashakkur!
Do'stlaringiz bilan baham: |