O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV
NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FELIALI
______________________________ kafedrasi
______________________________fanidan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: ____________________________
Guruh: 9A- 20 TMJ
Bajardi: U Saidov
Tekshirdi: Ergashev M
Mavzu:_____________________________
REJA:
Kirish:
1 Maxsus po’lat va qotishmalar va ularning xossalari.
2 Maxsus po’lat va qotishmalar va ularning qo’llanilishi.
3 Legirlovchi elementlarning po’latlarni fizik xossalariga ta’siri.
4 Legirlangan po’latlarni payvandlashda issiq darzlarni paydo bo’lishi.
5 Legirlangan po’latda sovuq darzlarning paydo bo’lishi.
6 Maxsus po’lat va qotishmalarning asosiy sinflanishi.
7 Issiqqa chidamli perlit po’latlarni payvandlashda bo’ladigan o’zgarishlar.
8 Payvand birikmalarda payvandlash texnalogiyasi va brikmani xossalari.
9 Issiqqa chidamli po’latlarni payvand brikmalariga termik ishlov berish.
Xulosa:
Kirish:
Temir panjarasida joylashganda uglerod atomlari temir bilan qattiq eritma hosil qiladi. Bu eritma ferlit deb ataladi. Fe qattiq eritmasi austenit deb aytiladi. Uglerod temirda yaxshi erimaydi. Uglerodning temirda eruvchanligi haroratga bog’liq: 720 °C da uglerod maksimal 0,05 % gacha erishi mumkin, magnit xossasiga ega, elektr tokini yaxshi o'tkazadi, ferlit (F) uglerodning alfa temirdagi qattiq eritmasi bo'lib, bu eritmada uglerod juda oz miqdorda (0 dan 0,006 % gacha)bo'ladi. Fenit texnik toza temirdir; sementit (S) temir bilan uglerodning kimyoviy birik- masi (temir karbidi), bu birikma juda qattiq bo'lib, uning qattiqligi NB=80 N/mm2 austenit (A) uglerodning gamma temirdagi qattiq eritmasi bo'lib, unda uglerod 2,14 % bo‘ladi perlit (P) ferrit bilan sementit mayda donlaridan hosil bo'lgan mexanik aralashma (evtektoid aralashma); ledeburit (L ) austenit bilan sementitning mexanik aralashniasi bo'lib, bunday aralashma cho'yanning 11470 C da qotishidan hosil bo‘ladi. Temir 768 °C dan past bo'lgan haroratda magnit xossasiga ega bo'lib, kristall panjarasi markazlashgan kub panjaradan iborat bo'ladi. Temiming bu shakli temir deb ataladi. Harorat 768 °C dan oshganda temir magnitsizlanadi. O'zgargan temiming bu shakli p-teniir deb yuritiladi. 900—910 °C da temirda kristall panjara o'zgarib, tomnonlari markazlashgan kub shaklini oladi.
Temirni rentgen nurlari bilan tekshirganda, kristall panjaralarining o'zgarganligini ko'rish mumkin, bunda temirga berilgan issiqlik ana shu o'zgarishga sarf bo'lib, egri chiziq to'xtab. pog'ona hosil qiladi va - Y temirga aylanadi. Tomonlari markazlashgan panjara temirni 1400°C gacha qizdirgungacha o'zgarmaydi, harorat 1401°C da temirda kristall panjara yana o'zgaradi va markazlashgan kub holiga o'tadi (Y-temir). Metall suyuq holga kelganda kristall panjara buziladi.
Tarkibida ataylab qo’shilgan elementlar, masalan, xrom, nikel, molibden, volfram, vanadiy va boshqalar yoki ortiqcharoq miqdorda doimiy qo’shimchalar, masalan, kremniy, marganes va boshqalar bo’lgan po'lat legirlangan po'lat yoki maxsus po'lat deb, qo’shilgan ortiqcha elementlar esa maxsus yoki legirlovchi elementlar deb ataladi. Po'lat tarkibida qaysi legirlovchi element yoki elementlar bo’lsa, po'latning nomi shunga qarab aytiladi, masalan, po'lat tarkibida marganes bo’lsa, marganesli po'lat deb, xrom bo’lsa - xrom/i, kremniy bo’lsa - kremniyli, kremniy va molibden bo'lsa - kremniy-mrganesli, xrom, nikel va molibden bo’lsa - xrom-nikel-molibdenlipo'lat deb ataladi va xokazo.
Po‘lat — bu temir asosli qotishma bo'lib, tarkibida ma’lum miqdorda boshqa legirlovchi elementlar ham bo'ladi. Po'latlarning mingdan ortiq turlari mavjud bo’lib, ular tarkibi va tayyorlanish jarayonidagi termik ishlovlar turi bilan farqlanadi. Bu materialning mexanik xossalariga uglerodning miqdori juda sezilarli ta’sir ko'rsatadi, odatda 1% dan ko'p bo'lmagan miqdorda qotishma tarkibida uglerod bo'ladi. Metallami tashqi muhit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy o ’zaro ta’sir ctishi oqibatida ycmirilish jarayoni korroziya zanglash deb ataladi. Konstruksion materiallar ishlash davrida, ayniqsa, tajovuzkor (agressiv) muhitda yuqori zanglamaslik xossasiga ega bo’lishi lozim.
Metallar va ularning qotishmalari ko’proq zanglaydi,chunki, ulaming kimyoviy aktivligi va elektr toki o ’tkazish qobiliyati yuqori. Korroziyabardosh-zanglamaydigan po'latlar deb havo sharoitida, daryo, dengiz suvlarida, tuzlar eritmalarida, ishqor va ba’zi kislotalarda (umuman tashqi muhitda) uy hamda yuqori haroratlarda kimyoviy va elektrokimyoviy yemirilishga-korroziyaga qarshilik ko’rsata oladigan po’latlarga aytiladi. Zanglamas po'latlar. Zanglamas po’latlar turli atrof-muhitdagi va asosan ochiq atmosfera korroziyasiga qarshi tura olish xususiyatiga ega bo’lgan materiallar guruhini tashkil qiladi. Bunday qotishmalaming asosiy qo‘shimcha elementi-xromdir. Bunda qotishmada xromning konsentratsiyasi 11% dan kam bo’lmasligi lozim. Nikel va molibden elementlari ham qo'shilishi qotishmaning konoziyaga qarshilik xossasini yaxshilaydi. Zanglamas po’latlar qo'shimchalar turiga va mikrostrukturasiga nisbatan 3 turga bo’linadi: - m artensitli, ferritli va austenitli. Bu material laming xossalarini keng ko’lamda o ‘zgartirish imkoniyati, korroziyabardoshli qator variantlari ularni aniq maqsadli yo‘naltirilgan turli sohalarda qo’llash imkonini beradi. Martensit zanglamas po’latlari termik ishlash yoki bilan butun qotishma mikrokomponentlarini asosiy bir ko‘rinishga, ya’ni martensit struktura hosil qilish orqali olinadi. Ferritli zanglamas po’liatlar a-ferrit (hajmi markazlashgan kristall) dan tashkil topadi. Austenit va ferrit po’latlarni sovuqlayin ishlov berish orqali mustahkamligini oshirish mumkin. Austenit zanglamas po’latlarining ko‘p qismi korroziyabardosh po’latlar hisobiga kiradi, nikel va xrom miqdoriga qarab belgilanadi. Bu poMatlar ko‘p 11.1 Zanglam as po’latlar 235 iniqdorda ishlab chiqariladi. Martensit va ferrit po'latlar magnit xossalariga ega, austenit zanglamas po'latlari magnit xossalami namoyon etmaydi. Ayrim zanglamas po'latlar ko'pincha yuqori haroratli va juda og‘ir sharoitdagi muhitlarda ishlatiladi. Bunda ular oksidlanishga qarshilik bilan birga yuqori mexanik xossalarini ham saqlab turishi lozim. Bu materiallarning oksidlovchi muhitda ishlash qobilivati 1000°S gacha saqlanib turadi Zanglamas po’latlaming bunday tuilari quvurlar, yuqori haroratli bug’ quvurlar, eritish pechlarini, samolyot, raketa va atom elektr stansiyalarining qurilmalarini tavyorlashda ishlatiladi.
Maxsus po'latlaming markalari oldiga qo'shimcha A, Sh, R va boshqa harflar yoziladi. Masalan, A 12, ShXI5, PIS, va h.k. Avtomat po'latlari A harfi bilan, sharikli podshipnik po'latlari Sh harfi bilan, tez kesar po'lat esa R harfi bilan belgilanadi.
Dinamik kuch ostida ishlaydigan va ustki yuzalari ishqalanib yeyiladigan detallar kam uglerodli po’latdan yasalib, tsementitlanib, soMigra toblanadi va past bo'shatiladi. Bunda sirtqi qatlamlari yetarli qattiq boMadi - FJRC=60 (o‘zagi qattiqligi esa - HRC = 20-40).Agar legirlangan po’latlar tsementitlanib, toblansa, o‘zagi qo'shimcha puxtalanadi. Qancha ko‘p legirlangan bo’lsa, shuncha ko'p puxtalanadi. O’zagining puxtalanish darajasiga qarab bu po’latlar 3 guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga uglerodli po'latlar (08; 10; 15; 20) kiradi. Bulardan faqat ycyilishga ishlaydigan detallar, o’zagining puxtaligi katta ahamiyatga ega bo'lmagan detallar yasaladi. Mayda detallar uchun. Ikkinchi guruhga kam legirlangan xromli po'latlar kiradi: I5X; 20X. Bulardan ishqalanishga ishlaydigan va o'zagi puxtaligi yuqori bo'lishi talab qilinadigan detallar yasaladi. Agar ozgina vanadiy qo'shilsa (15XF), zarraclmlar maydalashib, plastikligi va uyushqoqligi ortadi. Uchinchi guruhga bunday po'latlar tarkibiga nikelb qo'shiladi. Bunday po'latlardan zarbiy kuchlarga ishlaydigan va ko'ndalang kesimi katta hamda murakkab shaklda bo'lgan yoki qarama-qarshi kuchlanishda (+;-) ishlaydigan detallar yasaladi: 20XN; 12XN3A; 12X2N4A. Nikelb o'm iga titan qo'shilsa ham bo'ladi: 18XGT Agar volfram yoki molibden qo'shilsa (12X2N4VA; I8X2N4M4) toblanish qalinligini oshiradi. Yaxshilanadigan konstruksion po’latlar: Bularga o'rta uglerodli (0,3-0,5%) va legirlovchi elementlari 5% dan oshmagan po'latlar kiradi. «V axshilanishi» bu toblash va yuqori otpuskdir. Bunday po'latlar yuqori mustahkamlikka, uyushqoqlikka ega; kuchlanishlar yig'indisiga kam e’tibor beradi, tablanish chuqurligi yaxshi. Shuning uchun zarbiy kuchlarga bemolol ishlaydi. Beshta guruhga bo'lingan:
1. Stall, 35, Stall,40, Stall, 45.
2. 30X; 40X
3. 30XM; 40XG; 30XGT
4. 40XN: 40XNM.
5. 38XN3M; 38XN3MFA.
Do'stlaringiz bilan baham: |