2-rasm. ET ning ishlash sxemasi
Bilimlar
bazasiga asoslanib, qurilgan ekspert tizimlarining eng asosiylari
dialog ko'rinishda bo'lishi mumkin. Bu tipdagi dasturlar ishga tushirilganda
foydalanuvchi qisqacha «HA» yoki «YO'Q» javoblarini
berish mumkin shu
javoblarga asosan fakt va qoidalar asosida xulosa chiqariladi.
BILIMLARNI TASVIRLASH MODELLARI
•
Mahsuliy (produksion) qoidalarning modellari
•
Freymli modellar
•
Semantik modellar
Mahsuliy (produksion) qoidalarining modellari.
Deklarativ bilimlar —
bu biror-bir tizimda o'zaro bog'langan dalillardir.
haqiqatdan ham ro'y bergan biror hodisa, voqea-dalilga misol bo'la oladi.
Protsedurali bilimlar —
dalillar
ustida amallar bajarilsa, (algoritmlar,
dasturlar, analitik o'zgarishlar, empirik qoidalar) va shu kabilarni amalga oshirish
natijasida hosil bo'ladigan bilimlardir. Bilimlarning bunday bo'linishi shartli
xususiyatga ega.
EHMning boshlang'ich uch avlodida protsedurali tasvirlash yagona, u ham
masalalarni yechishda qo'llaniladi. Deklarativ bilimlar har doim tobe bilimlardir.
Ekspert tizimlar sohasidagi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki,
bilimlarni tasvirlash
uchun qo'llaniladigan maxsus qoyidalar, semantik tarmoqlar va freymlar modellar
ko'rinishida ishlatiladi.
Mahsuliy (produksion) qoidalar 1970-yillarning o'rtalariga qadar, ekspert
tizimlarida bilimlarni ifodalovchi mahsulot modellari keng qoilanildi. Bu
umumiylik ekspert tizimlarining birinchi avlodiga xos edi (masalan, dendral,
mycin, ruf, rl va boshqalar).
Mahsuliy qoidalar bilimlarni «Agar — u holda» ko'rinishda tasvirlaydi.
Qoidaning «Agar» qismi bir qator shartlarni ifodalaydi, bu shartlar qanoatlantirilsa,
qoidaning ikkinchi, ya'ni «u holda» qismidagi xulosalar mazmunga ega boiadi.
Xulosa
chiqish jarayoniga qoidalar, granlar yoki tarmoqlar ko'rinishidagi
murakkab zanjirlarni hosil qiladi. Ekspert tizimlar xulosalarni chiqarish bo'yicha 3
xil bo'ladi ;
1.
To'g'ri yo'l bilan xulosa chiqarish.
2.
Teskari yo'l bilan xulosa chiqarish.
3.
Aralash yo'l bilan xulosa chiqaruvchi ekspert tizimlar .
Ikkinchi modellarni kodlash, DASTUR qanday qilib bunday natijaga
kelganligini
tushuntirib, ancha soddalashtiradi va har bir qadamda qanday holat
yuzaga kelganligini ko'rsatib berishga imkon beradi.
Mashhur chet el ekspert tizimlaridan Dendral tizimi (to'g'ri yo'l bilan xulosa
chiqaruvchi) hamda MYCIN (teskari yo'l bilan xulosa chiqaruvchi) tizimlarda
ikkita jiddiy kamchilik bor. Birinchidan, o'xshash qoidalar to'plamiga aniqlik kirita
oladigan hamda qoidalar to'plamiga o'zgartirish kiritishda qoidalar o'rtasida o'zaro
munosabatlarni aniqlashda zarur bo'ladigan qoidalar
modulini qoidalarga
asoslangan ekspert tizimlarning bilimlar bazasini tashkil etishga to'sqinlik qiladi.
Ikkinchidan, tuzilishning bir jinsliligi ko'p hollarda bilimlarning har xil turlarini bir
sintaksisda tasvirlashga majbur qiladi va oqibatda tizimdagi bilimlarning vazifasini
zaiflashtiradi.
Bu kamchiliklar hozirgi zamon dasturlash amaliyotida tasvirlashning
imkoniyatlarini birmuncha cheklaydi.