Mustaqil ish mavzu: Yer tuzish tushunchasi, mazmuni va vazifalari. Bajardi


Yer tuzishning huquqiy asosi o‘ziga qonunlar va qonun asosidagi aktlarni olgan yer qonunchiligi hisoblanadi



Download 428,66 Kb.
bet5/7
Sana30.06.2022
Hajmi428,66 Kb.
#718680
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqqil ish

Yer tuzishning huquqiy asosi o‘ziga qonunlar va qonun asosidagi aktlarni olgan yer qonunchiligi hisoblanadi.

Qonun boshqa me’yoriy aktlarga nisbatan huquqiy kuchga ega, bu quyidagilarda ko‘rinadi: barcha qonunni to‘ldiruvchi aktlar (farmonlar, qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar va boshq.) mavjud qonunlarga to‘la mos bo‘lishlari kerak;
qonun faqat oliy qonun chiqaruvchi organ (referendumda qabul qilinganlari - faqat referendum bilan) tomonidan bekor qilinishi, boshqa har qanday me’yoriy akt qonun bilan o‘zgartirilishi mumkin;
Yer munosabatlarini tartibga solish, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarning huquqlarini amalga oshirish bo‘yicha barcha organlar faoliyati bu sohada mamlakat qonunlari bilan mos tarzda amalga oshiriladi.
Davlat yer tuzumining asoslarini belgilovchi eng ahamiyatli qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida keltirilgan. Boshqa qonunlardan yer tuzish uchun birinchi darajali ahamiyatga O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi ega.

O‘zbekiston Respublikasining harakatdagi Yer kodeksi 14 bob va 91 moddadan iborat. Uning III bobi (11-15 moddalar) maxsus yer tuzishga bag‘ishlangan. Bundan tashqari boshqa qator moddalar (masalan 30, 32, 33, 47, 51, 52, 54 va boshq.) bevosita yer tuzishga taalluqlidir.


Oliy qonun chiqaruvchi organ tomonidan yer tuzishning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladigan boshqa qonunlar ham chiqarilgan; ularga, xususan, «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida», «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida», «Qishloq xo‘jalik kooperativi to‘g‘risida» va boshq. kiradi.
Qonunni to‘ldiruvchi aktlar - bu harakatdagi qonunlar asosida chiqarilgan va boshqa davlat organlari tomonidan bajarilishini ta’minlovchi me’yoriy hujjatlardir. Ularga Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va qo‘mitalar, mahalliy hokimiyat organlarining ular vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha buyruqlari, ko‘rsatmalari, qoidalari, yo‘riqnomalari kiradi.
Bunday hujjatlarga, masalan, O‘zbekiston hukumatining «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida», «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish muddatlari va chora-tadbirlari to‘g‘risida» (1998 y.), «Qishloq xo‘jaligini isloh qilishga oid qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) tuzish chora-tadbirlari to‘g‘risida» (1998 y.), «O‘zbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish to‘g‘risida»gi (1998 y.) va boshqa qarorlari kiradi.
Yer tuzish va yerdan foydalanishni hamda uni muhofaza qilishni tashkil etish masalalari bo‘yicha qonunni to‘ldiruvchi aktlarga qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari davlat qo‘mitasi va boshq. yo‘riqnomalari, ko‘rsatmalari, buyruqlari ham kiradi. Ular, asosan, faqat shu organlar tarkibidagi muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga taalluqli bo‘ladi. Xususan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: «O‘zbekiston Respublikasida yer tuzishning Asosiy Nizomi» (2017y.), «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi organlari tomonidan yer qonunchiligini buzgan qonunbuzarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha muvaqqat yo‘riqnoma» (1999 y.), «Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini fuqarolarga uzoq
muddatga ijaraga berish tartibi» (1998 y.).

Yer tuzish texnikasi barcha yer tuzish ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda izlanishlar va loyihaviy yechimlar natijalarini toza qag‘oz varog‘ida emas, balki to‘la va aniq plan-xarita materiallarida grafikaviy tasvirlash ko‘zda tutadigan ma’lum usullardan foydalaniladi. Shu sababli, yer tuzish uchun zarur aniqlikda va axborotlar, elementlar to‘laligida bajarilgan har xil planlar va xaritalar kerak.


Yer ustida, havoda va kosmosda olingan tasvirlar yordamida tayyorlangan plan materiallari bo‘yicha yer resurslarini o‘rganish va xaritalash, yer konturlari, yer egaliklari va yerdan foydalanishlar maydonlarini hisoblash, qidiruv va izlanishlar, yer tuzishni loyihalash amalga oshiriladi. Loyihalar maxsus texnik (geodezik) ishlarni bajarish yordamida joylarga (naturaga) ko‘chiriladi; faqat shundan keyingina ularni tadbiq etishga kirishish mumkin.
Yer tuzishdagi texnik ishlar, maxsus geodeziya injenerlik ishlari, plan-xarita materiallaridan foydalanish usullari yer tuzishning texnik asoslari hisoblanadi; ular maxsus «Yer tuzishda geodezik ishlar» fanida o‘rganiladi.



Download 428,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish