Hahalliy koordinatalar tizimi — davlat hududining cheklangan qismiga nisbatan belgilanadigan koordinatalarning shartli tizimi, uning koordinatalar sanoq boshi va koordinatalar o‘qlari yo‘nalishi davlat geodezik koordinatalar tizimining koordinatalar sanoq boshi va koordinatalar o‘qlari yo‘nalishiga nisbatan surilgan bo‘ladi; Metama’lumotlar — ma’lumotlarning bir qismi oxirgi marta yangilanganda foydalanuvchilarga xabar qilinadigan ma’lumotlar bazasining axborot bilan to‘lganligini ta’riflovchi axborot; metama’lumotlar tarkibiga: materiallar va ma’lumotlarning sifati va kelib chiqishi; fazoviy-vaqt tavsiflari; ma’lumotlarni olish usullari va ularni yangilashning davriyligi; sertifikatsiya, intellektual mulk va tarqatishga bo‘lgan cheklovlar to‘g‘risidagi axborot kiritiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |