O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi) hududlar davlat kadastrini tashkil etish va yuritish bo‘yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi. Hududlarning davlat kadastrini tuzish va yuritish ishlari O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. - Hududlarning davlat kadastri hududlarning tabiiy-resurs va xo‘jalik salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ekologik holatini hisobga olish hamda baholash maqsadlarida tuziladi va yuritiladi.
- Hududlarning davlat kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni hududiy rejalashtirish va hududlarni boshqarish sohasida qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan, hududlarning tabiiy-resurs va xo‘jalik salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ekologik holati to‘g‘risidagi kompleks, aniq axborot bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |