Ayrim hollarda ularga nisbatan hududlarning davlat kadastri yuritiladigan hududlar iqtisodiy mintaqa yoki erkin iqtisodiy zona va boshqalar bo‘lishi mumkin. DKYaTga kiruvchi barcha davlat kadastrlarining obyektlari, muayyan hududda joylashgan sanoat, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, ijtimoiy soha, ma’muriy va boshqa ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar, shuningdek ushbu obyektlar to‘g‘risidagi geofazoviy, statistik va boshqa zarur ma’lumotlar hamda ular joylashgan hududlar hududlarning davlat kadastri obyektlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |