Mustaqil ish Mavzu: To‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish usullari va muammolari. Bajardi: Tillayev Shoxrux Tekshirdi: Xasanova Nigora Asqarovna Toshkent-2022 Reja



Download 61,57 Kb.
bet1/3
Sana09.07.2022
Hajmi61,57 Kb.
#761733
  1   2   3
Bog'liq
makroiqtisodiyot-1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Mustaqil ish
Mavzu: To‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish usullari va muammolari.

Bajardi: Tillayev Shoxrux


Tekshirdi: Xasanova Nigora Asqarovna

Toshkent-2022


Reja:

  1. To`lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari va
    usullari.


  2. To’lov balansi.

  3. Toʼlov bаlаnsini tаrtibgа solishning nаzаriy kontseptuаl jihаtlаri.

  4. Xulosa va takliflar.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati.


To`lov balansi muvozanatini ta’minlash uchun joriy hisoblar va kapital harakati qoldiqlari bir-birini aynan qoplashi zarur boladi. Markaziy Bank valyuta


intervensiyasini amalga oshirish chorasini ko`rmasa va rasmiy valyuta zahiralari
miqdorini o`zgartirmasa to`lov balansi hisoblari valyuta kursining erkin tebranishi
hisobiga o`zaro tartibga solinadi. Bunday sharoitda kapital oqib kelishi sababli milliy valyutaning qimmatlashuvi, kapital chiqib ketishi sababli esa uning arzonlashuvi ro`y beradi. Valyuta kursining erkin tebranishi to`lov balansining joriy va kapital hisoblarini avtomatik ravishda mutanosiblashtirish mexanizmi hisoblanadi.
Erkin tebranuvchi valyuta kursi tarafdorlarining ta’kidlashlaricha, to`lov balansining ortiqchaligi yoki taqchilligi bunday vaziyatlarda tez orada barham topadi.Valyuta kurslarining erkin harakati to` lov balansining ortiqchaligi yoki kamomadini yo`qotadi. Erkin tebranuvchi valyuta kurslari to`lov balansini tenglashtirishda kata imkoniyatlarga ega bo`lsa-da, kamchiliklardan ham xoli emas. Chunonchi, bunday valyuta, birinchidan, savdoning noaniqligi va qisqarishigaikkinchidan, savdo sharoitining yomon lash ish iga, uchinchidan, beqarorlikka va hokazolarga olib keladi. Agar Markaziy Bank rasmiy valyuta zahiralari vositasida chet el valyutasini sotib yoki sotib olib valyuta kursining erkin tebranishiga barham bersa, valyuta kursining erkin tebranishi vositasida toMov balansini tartibga solish zarurati yo`qoladi. Bunda to`lov balansi taqchilligi Markaziy Bank rasmiy zahiralarini qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Bunday vaziyatda ichki bozorda chet el valyutasi taklifi oshadi. Qayd etilgan operatsiya eksportga xos bo`lib, kreditda plyus belgisi bilan (Markaziy Bankda xorijiy valyuta zahirasi kamayishiga qaramasdan) hisobga olinadi. Ushbu tadbir natijasida ichki bozorda milliy valyuta taklifi kamayadi, uning almashinuv kursi nisbatan ko`tariladi va bu investitsiyalar hajmiga hamda iqtisodiy o`sishga salbiy ta’sir ko`rsatadi.
To`lov balansining aktiv-(musbat) qoldig`i esa Markaziy bankning rasmiy valyuta zahiralari miqdori ortishiga olib keladi. Bunda Markaziy bank valyuta
zahiralarini to`ldirish uchun chet el valyutasini sotib oladi va natijada ichki
bozorda milliy valyuta taklifi nisbatan oshadi, uning almashinuv kursi kamayadi.
Bu hoi esa iqtisodiyotga (investitsiyalar hajmi va iqtisodiy o`sishga)
rag`batlantiruvchi ta’sir ko`rsatadi. Markaziy bank tomonidan o`tkaziladigan bunday operatsiyalar rasmiy rezervlar bilan boMadigan operatsiyalar deyiladi. Bu operatsiyalar natijasida to`lov balansi qoldigi nolga tenglashishi kerak.
Tolov balansining aktiv qoldig`i yoki taqchilligi mamlakat iqtisodiyoti
xususiyatlariga qarab turlicha baholanishi mumkin. Valyutasi xalqaro hisob-kitoblarda hamda boshqa mamlakatlar zahira valyutasi sifatida foydalaniladigan mamlakatlar uchun to`lov balansining taqchil bo`lishi tabiiy hol hisoblanadi. Bunday mamlakatlar to`lov balansini uzoq muddat makroiqtisodiy tartibga solmasligi mumkin.
Milliy valyutasi jahon iqtisodiyotida zahira valyutasi hisoblanmaydigan mamlakatlar Markaziy banklarida rasmiy valyuta zahirasi cheklanganigi tufayli tolov balansining uzoq muddatli taqchilligi bu rezervlaming sarflab bo` linishiga olib keladi. Bunday hollarda to`lov balansi makroiqtisodiy tartibga solinadi. Mamlakat savdo siyosatini va valyuta almashinuv kursini o`zgartirishi choralarini qo`llab chet ellardagi o`z xarajatlarini kamaytiradi yoki eksportdan o`z daromadlarini oshiradi. Bunday tartibga solish natijasida baholar umumiy darajasi oshadi. Oqibatida aholi turmush darajasining pasayishi, milliy valyutaning qadrsizlanishi, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida bandlilikning pasayishi ro`y berishi mumkin. Valyuta rezervlari sarflab bo`linganligi, ilgari olingan chet el kreditlarini qaytarilish grafiklari buzilganligi tufayli bunday kreditlarni yana olish imkoniyatlari yo`qqa chiqadi. Shu tufayli mamlakat to`lov balansi taqchilligining uzoq vaqt davom etishi to`lov balansi inqirozi deyiladi. To`lov balansi inqirozini hal etishning yagona yoki makroiqtisodiy tartibga solish hisoblanadi. O`tish davri iqtisodiyotida xorijiy valyutaga spekulyativ talab oshishi Markaziy Bankni qiyin ahvolga solib qo`yadi. Chunki rasmiy valyuta zahiralari bir vaqtning o`zida ham to`lov balansi taqchilligini, ham ichki spekulyativ talabni qondirish uchun yetarli bo`lmasligi mumkin. Valyuta almashinuv kursini taitibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona yo`lidir. Qisqa istiqbolda to`lov balansi qoldig`ini jamg`arish va investitsiyalar hajmlarini belgilovchi omillar (masalan byudjet soliq siyosati, foiz stavkalari) ta’sirida o`zgarishi mumkin. Agar mamlakatda rag`batlantiruvchi fiskal siyosat yurgizilsa, bu hoi milliy jamg`armalaming pasayishiga olib keladi. Bu o`z navbatida joriy operatsiyalar hisobi bo`yicha taqchillikka, kapital harakat hisobi bo`yicha musbat qoldiqqa olib keladi. Cheklovchi fiskal siyosat milliy jamg`armalar hajmlarini oshiradi, bu o`z navbatida kapital harakati hisobi bo`yicha taqchillikka, joriy operatsiyalar hisobi bo`yicha musbat qoldiqqa olib keladi.

Jahon foiz stavkalarining oshishi kapital harakati hisobi bo`yicha taqchillikka,


joriy operatsiyalar hisobi bo`yicha musbat qoldiqqa erishishga olib keladi. Jahon
foiz stavkalarining pasayishi esa aks natijalarga olib keladi.

Download 61,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish