Yulduz (star) Yulduzsimon topologiyadan foydalanilganda tarmoqning barcha kompyuterlaridan chiquvchi kabellar markaziy kommutator yoki konsentratorga ulanadi. Biror kompyuterdan boshqasiga jo’natilgan barcha paketlar shu qurilma orqali yetib boradi. Bunda ham passiv, ham aktiv konsentratordan foydalanish mumkin.
Kompyuter va konsentrator o’rtasidagi aloqa uzilishi tarmoqning qolgan qismi ishiga ta’sir etmaydi. Agar konsentrator ishdan chiqsa tarmoq ishi to’xtaydi. Yulduz topologiyasi orqali lokal tarmoqlarni ham bir-biriga ulash mumkin.
Yulduz topologiyasi ishdan chiqqan elementlarni qidirishda qulay: kabel, taroq adapter yoki razyomlarning nosozligi oson aniqlanadi. “Yulduz” “umumiy shina” dan yangi qurilmalarni ulashda ancha qulaylik tug’diradi. Uzatish tezligi 100 va 1000Mbit/s tarmoqlar “yulduz” topologiyasi orqali qurilganini ham hisobga olish lozim.
Agar “yulduz”ning markazida konsentrator joylashgan bo’lsa, tarmoqning mantiqiy topologiyasi “umumiy shina”ga ozgaradi.
“Yulduz” topologiyasini qo’llashning avzalliklari:
Yaratish va boshqarish soddaligi;
Tarmoqning yuqori ishonchliligi;
Tarmoq ichida uzatiluvchi ma’lumotning yuqori darajada himoyalangani (agar yulduzning markazida kommutator joylashgan bo’lsa).
Asosiy kamchiligi – konsentratorning ishdan chiqishi butun tarmoq ishini to’xtatadi.
Halqa topologiyasi (ring)
Halqali topologiyadann foydalanilganda tarmoqning hamma kompyuterlari yagona halqasimon kabelga ulanadi. Paketlar halqa bo’ylab bir yo’nalishda tarmoqqa ulangan kompyuterlarning tarmoq platalari orqali uzatiladi. Har bir kompyuter signalni kuchaytirib, halqa bo’yicha uzatadi.
Halqa topologiyasining markerli usulda tashkil etishni ko’rib chiqamiz. Marker ikkilik razryadlarining boshqaruv ma’lumotlaridan iborat ma’lum ketma-ketligini tashkil etadi. Agar tarmoq qurilmasi markerga ega bo’lsa, unda ma’lumotni tarmoqqa uzatish huquqi bo’ladi. Halqa ichida faqat bitta marker bo’lishi mumkin. Ma’lumotlarni uzatishga tayyorlanayotgan kompyuter tarmoqdan markerni olib ma’lumotni halqa bo’ylab uzatadi. Har bir kompyuter ma’lumotlarni keying kompyuterga uzatadi toki u adresatga yetib bormaguncha. Ma’lumotni qabul qilgan adresat uni yuborgan kompyuterga axborot yetib kelganligini tasdiqlovchi xabar jo’natadi, ma’lumotni jo’natgan kompyuter yangi marker xosil qiladi va uni tarmoqqa uzatadi.
Mazkur topologiyani qo’llashning avzalliklari:
umumiy shinadan ko’proq hajmdagi ma’lumotlarga xizmat ko’rsatadi;
har bir kompyuter takrorlovchi hisoblanadi: u signalni keying kompyuterga uzatishdan avval uni kuchaytiradi va tarmoq o’lchamlarini kengaytirish imkonini yaratadi;
tarmoqqa kirishda turli imtiyozlarni berish imkoniyati; yuqori imtiyozga ega kompyuter markerni uzoqroq vaqt ushlab turishi va ko’proq ma’lumot uzatishi mumkin.
Kamchiliklari:
tarmoq kabelining ishdan chiqishi butun tarmoqning ishdan chiqishiga ollib keladi;
istalgan kompyuter tarmoq orqali uzatiluvchi ma’lumotlarni olish imkoniga ega.