Mustaqil ish mavzu: Tarmoq topologiyasi Guruh: Bajardi: Tekshirdi: Nukus 2022 tarmoq topologiyasi reja



Download 217,55 Kb.
bet2/6
Sana12.06.2022
Hajmi217,55 Kb.
#658737
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TARMOQ TOPOLOGIYASI

Birrangli va koprangli tarmoqlar.
Tarmoq kompyuterlari orasidagi vazifalar bo‘linishiga qarab, lokal tarmoq ikki sinfga bo‘linadi: birrangli va ko‘prangli. Oxirgisi ko‘proq ajratilgan serverli tarmoqlar deb nomlanadi.
Agar kompyuter o‘z resurslarini tarmoqning boshqa foydalanuvchilariga taqdim etsa, u server hisoblanadi. Boshqa mashina resurslariga murojaat qiluvchi kompyuter esa, mijoz hisoblanadi. Ilgari aytilgandek, tarmoqda ishlovchi kompyuter, mijoz, server vazifasini bajarishi yoki ikkala vazifalarni birlashtirishi mumkin.
Agar, qandaydir server funksiyalarini bajarish kompyuterning asosiy vazifasi bo‘lsa (masalan, tarmoqning qolgan barcha foydalanuvchilariga umumiy foydalanish fayllarini taqdim etish yoki faksdan birgalikda foydalanishni tashkillashtirish, yoki mazkur kompyuterda o‘z ilovalarini qo‘yish imkonini barcha iste’molchilarga taqdim etish), unda bu kompyuter ajratilgan server deb nomlanadi. Serverning qaysi resursi bo‘linishiga qarab, u fayl-server, faks-server, print-server, ilovalar serveri va b. deb nomlanadi.
Tabiiyki ajratilgan serverlarda u yoki bu server funksiyalarini optimallashtiruvchi maxsus operatsion tizimni o’rnatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuning uchun ajratilgan server bor tarmoqlarda, tarkibida bir necha xil dasturiy ta’minotga ega va server uchun mo’ljallangan operatsion tizimlar ishlatiladi. Masalan Novell NetWare operatsion tizimi bu server uchun mo’ljallangan fayl-server dasturi, lekin shu bilan birga uning ichida (obolochka) xar xil ishchi stanciyalar uchun tarmoq operatsion tizmi mavjud, boshqachasiga aytganda ular (obolochka) mijoz funksiyasini bajaradi. Ajratilgan serverli tarmoqni qurish uchun ishlab chiqilgan operatsion tizmilar, misol tariqasida Windows NT operatsion tizimini ham ko’rish mumkin (Unix tarmoq operatsion tizimi asosida ishlab chiqilgan). Windows NT Server (ajratilgan server uchun) va Windows NT Workstation (ishchi stanciya uchun) bu ikkala tarmoq operatsion tizimlarining NetWare dan farqi shundaki, ularda mijoz va server funksiyalarini bir vaqtda ishlatish mumkin. Ammo Windows NT varianti ko’proq imkoniyatlarga ega, bular funksiyalar to’plami kengligi asosida o’zining resursidan boshqa foydalanuvchilarga uzatish, bir vaqtning o’zida bir necha mijozlar bilan ulanish hosil qilish, tarmoqda markazlashgan boshqaruvni ta’minlash va albatta himoya vositalarining rivojlangan qismlariga egaligidir.
Ajratilgan serverdan asosiy qo‘llanmasi bilan bog‘liq bo‘lmagan joriy vazifalarni bajarish uchun kompyuter sifatida foydalanish qabul qilinmagan, chunki bu uning server sifatidagi ishining bajarilishini pasaytirishi mumkin. Shunday tushunchalardan kelib chiqib, Novell NetWare OTning server qismida oddiy ustki dasturlarni bajarish imkoni umuman inobatga olinmagan, ya’ni server mijoz qismiga ega emas, ishchi stansiyasida esa, server komponentlari mavjud emas. Biroq, boshqa server operatsion tizimlarda mijoz qismi ajratilgan serverida foydalanish mumkin. Masalan, Windows NT Server boshqaruvida tarmoqning boshqa kompyuterlari resurslariga talab bo‘lib qolsa, OT mijozlik vazifalari bajarilishini talab qila oluvchi lokal foydalanuvchining oddiy dasturlari ishga tushirilishi mumkin. Bunda, Windows NT Workstation OT o‘rnatilgan ishchi stansiyalari ajratilmagan server vazifasini bajarishi mumkin.
Shuni anglash lozimki, ajratilgan serverli barcha kompyuterlar umumiy hisobda bir vaqtda server va mijoz rolini bajarishlari mumkin, bu tarmoq funksional ravishda simmetrik emas: apparat va dasturiy ravishda unda ikkita tur kompyuterlar mujassam – biri, ko‘proq server vazifalarini bajarishga mo‘ljallangan va asosan maxsus servis OTlar boshqaruvida ishlaydi, mijozlar vazifasini bajaradigan va OT variantining shu qo‘llanmasiga mos bo‘lgan server boshqaruvida ishlaydi. Funksional nosimmetriklik, odatda, apparaturaning nosimmetrikligini keltirib chiqaradi – ajratilgan serverlar uchun tezkor va tashqi xotirasi katta hajmli quvvatli kompyuterlar ishlatiladi. Shunday qilib, tarmoqdagi ajratilgan serverli funksional nosimmetriklik, operatsion tizimlar (OT spetsializatsiyasi) va apparatlarning (kompyuterlar spetsializatsiyasi) nosimmetrikligi bilan kuzatiladi.
Birrangli tarmoqlardagi barcha kompyuterlarda bir-birlarining resurslariga kirish huquqlari bir xil. Har bir foydalanuvchi o‘z hoxishi bilan kompyuterining biror resursini ajratilgan deb e’lon qilishi mumkin, shundan so‘ng boshqa foydalanuvchilar undan foydalanishlari mumkin. Bunday tarmoqlardagi barcha kompyuterlarda hamma kompyuterlarga barobar potensial teng imkoniyatlarni beruvchi bitta OT o‘rnatiladi. Birrangli tarmoqlar misol uchun, LANtastic, Personal Ware, Windows for Workgroup, Windows NT Workstation OT yordamida qurilishi mumkin.
Birrangli tarmoqlarda bundan tashqari, funksional nosimmetriklik ham yuzaga kelishi mumkin: ba’zi iste’molchilar o‘z resurslarini boshqalar bilan bo‘lishni istamaydilar, shunda ularning kompyuterlari mijoz rolida bo‘ladi, boshqa kompyuterlarga esa, boshqaruvchi (administrator) faqat resurslardan birgalikda foydalanishni tashkil etish vazifasini yuklaydi, demak ular server hisoblanadilar, uchinchi holda esa, lokal foydalanuvchi resurslaridan foydalanishga qarshi bo‘lmasa va o‘zi ham boshqa kompyuterlarga murojaat qilishni rad etmasa, uning kompyuterida o‘rnatiladigan OT ham server ham mijoz qismida bo‘lishi kerak. Ajratilgan serveri bor tarmoqlardan farqli o‘laroq, birrangli tarmoqlarda mijoz yoki server funksional yo‘nalishiga bog‘langan holda, OT spetsializatsiyasi mavjud emas. Barcha variatsiyalar birgina OT variantini shakllantirish vositalari bilan amalga oshiriladi.
Birrangli tarmoqlar tashkil etish va foydalanishda osonroq, lekin ular asosan, saqlanadigan axborot hajmiga, unga ruxsatsiz kirishdan himoyalanganligi va kirish tezligiga katta talab qo‘ymaydigan katta bo‘lmagan foydalanuvchilar guruhini birlashtirish uchun ishlatiladi. Ushbu tavsiflarning yuqori talablariga ko‘prangli tarmoqlar qulayroq hisoblanadi, ularda server foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish vazifasini o‘z resurslari bilan echadi, chunki uning apparaturasi va tarmoq operatsion tizimi aynan shu maqsadda loyihalashtirilgan.


Download 217,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish