Qurilish maydoni uchun yer ajratish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Oldindan obyektning joylashishi va mo’ljallangan o’lchamlar asosida maydon kelishish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi, bu loyiha qidiruv ishlarini o’tkazish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Undan so’ng tasdiqlangan loyiha asosida qurlish boshlanishidan oldin yer maydonlarini ajratish to’g’risida yakuniy qaror rasmiylashtiriladi.