O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA МAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
МIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSTETI
IQTISODIYOT FAKULTETI 2-KURS TALABASI NURILLAYEV DONIYOR
MUSTAQIL ISH
Mavzu:Milliy iqtisodiyot va uni tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlar
O’zmu-2021
Reja:
Kirish.
1.Milliy iqtisodiyotning mazmuni va uning tuzilishi
2.Makroiqtisodiyot va Yalpi ichki mahsulot tushunchalari.
3.O‘zbekistonda ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini qayta qurish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifalari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
.Milliy iqtisodiyot - ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va boshqa ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi. Milliy iqtisodiyot kapitalizmning vujudga kelishi va qaror topishi bilan bogʻliq boʻlib, eng avvalo, Angliyada shakllandi. Hozirgi paytda Milliy iqtisodiyotning kapitalistik, sotsi-alistik, postsotsialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapitalistik yoʻnalishli kabi turlari maʼlum. Shu bilan birga har bir muayyan turdagi iqtisodiyotining oʻz milliy modellari va shakllari bor. Mas, kapitalistik Milliy iqtisodiyotning amerikacha, yevropacha va yaponcha turlari, milliy modellari va ularning "aralash iqtisodiyot" deb atalayotgan zamonaviy shakli bor (qarang Iqpgisodiy taraqqiyot modeli). Rivojlangan mamlakatlardagi "aralash iqtisodiyot" xususiy va davlat kapitallariga asoslangan hamda bozor va davlat tomonidan tartiblanadigan, boshqariladigan, umumdemokratik tamoyillar ham karor topa borayotgan kapitalistik Milliy iqtisodiyotdir (qarang Davlat kapitalizmi).
Zamonaviy sotsialistik Milliy iqtisodiyot Xitoy, Vyetnam va Kubada mavjud boʻlib, unga eng muhim tarmoqlarda sotsialistik davlat mulkini va korxonalarini saqlab qolgan holda, xususiy mulkchilikka, tovarli-pulli xoʻjaliklarga va bozor munosabatlariga keng yoʻl ochilmoqda (qarang Davlat sotsializmi).
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida va SSSRda oʻta markazlashgan maʼmuriydavlat sotsializmi inqirozga uchrab, parchalanishi natijasida vujudga kelgan yangi mustaqil davlatlarda (Polsha, Rossiya va boshqalarda) postsotsialistik Milliy iqtisodiyotga aylanmoqda. Boshqa baʼzi postsotsialistik mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda oʻziga xos demokratik, bozorga asoslangan umumdemokratik Milliy iqtisodiyot shakllantirilmoqda. Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki oʻn yilida mamlakatda umummilliy va xususiy mulkchilikka asoslangan koʻp ukladli Milliy iqtisodiyot — xilma-xil xususiy va davlat xoʻjaliklari sistemasi shakllandi. Unda xususiy sektor ustuvor oʻringa, asosiy mavqega ega boʻldi. Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning mutlaq koʻpchiligini yakka shaxsiy, guruhiy, shirkat, jamoa, aksiyali korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklari tashkil etadi; ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi uchdan ikki qismdan oshib ketdi va tobora oʻsmoqda.
1.Milliy iqtisodiyot — bu ma’lum bir davlat aholisining moddiy
va nomoddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan tovarlar
va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, milliy xo‘jalik
majmuasidir. Milliy iqtisodiyotning yer yuzida bir necha yuz xil
turi mavjud bo‘lib, ularning ichida yapon, nemis, shved, turk,
xitoy kabi modellari butun dunyoga mashhur. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi uning tarkibidagi
tarmoqlar xilma-xilligini anglatib, u mamlakatning texnologik
taraqqiyot darajasiga, iqlimi va hududidagi tabiiy boyliklar turiga
bog‘liq bo‘ladi. Texnologik taraqqiyot milliy iqtisodiyot tarmoqlarini
ko‘paytirib, xalqaro mehnat taqsimotiga bog‘lanishiga, uning
to‘laqonli a’zosiga aylanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Makroiqtisodiy tahlil va uning vazifalari
Resurslar, tovarlar va daromadlarning doiraviy aylanish alohida olingan korxonalar, tarmoqlar, hududlar darajasida ham ro’y beradi. Ularning bu darajadasi harakatini boshqa fan - mikroiqtisodiyot o’rganadi. Bu fan korxona yoki tarmoqning daromadlarini, u yoki bu mahsulotga bo’lgan talab va taklifning hajmini, uning narxini va boshqa ko’rsatkichlarini ko’rib chiqadi.
Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo’limi hisoblanib, unda milliy xo’jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko’rinishi o’zaro farqlanadi:
a) pozitiv makroiqtisodiyot;
b) normativ makroiqtisoiyot.
Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqador-liklarini o’rganadi.
Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo’nalishlarini taklif etadi.
3.Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar
Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bu - yalpi ichki mahsulotdir. Yalpi ichki mahsulot – bu muayyan davr mobaynida (bir yil) kim tomonidan yaratilishidan qatiy nazar mamlakat hududida yaratilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatidir.
YaIM - bu biror-bir mamlakat xududida joylashgan korxona va tashkilotlarda ishlab chirarilgan tovar va xizmatlarning umumiy yiuindisidan iboratdir.
Yalpi ichki mahsulot 3 xil usul asosida aniqlanadi ;
1) Ishlab chiqarish usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi.
Yalpi ichki mahsulot = Σ QQ
2) Xarajatlar usuli – bunda yakuniy iste’molchilarning xarajatlari yig’indisi sifatida aniqlanadi.
Yalpi ichki mahsulot = S + I + G + Xn
Bu erda S – shaxsiy iste’mol xarajatlari; I– investitsiya xarajatlari ya’ni xususiy ichki investitsiyalar ; G – davlat xarajatlari ya’ni tovar va xizmatlarnin davlat xaridi ; Xn – chet elliklarning xarajatlari, ya’ni sof eksport;
3) Daromadlar usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha yakuniy iste’molchilarning daromadlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga yalpi ichki mahsulot tarkibiga biznesga egri soliqlar va amortizatsiya ham kiritiladi.
YaIM = amortizatsiya + biznesga egri soliqlar + ijara haqi + foiz ko’rinishidagi daromadlar + yollanma ishchilarning ish haqi + yakka tartibdagi qo’yilmalardan daromadlar + korporatsiya foydasiga soliqlar + dividentlar + korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi.
4.Ijtimoiy takror ishlab chiqarish
Takror ishlab chiqarish – sarflangan ishlab chiqarish omillari (tabiiy zaxiralari, ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari)ni qayta ishlab chiqarish yo’li bilan tiklash. Uning o’zgarmas ko’lamda qaytarilib turishi oddiy takror ishlab chiqarish hisoblanadi. Agar shu jarayon yangidan kengaytirilgan ko’lamda takrorlansa kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deyiladi. Oddiy takror ishlab chiqarishda foydalanilayotgan ishlab chiqarish omillari, shu jumladan, kapital va mehnat hajmi, muayyan muddat davomida o’zgarmaydi. Bu omillarning ilgarigidek unumdorligi natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori kamaymaydi ham, ko’paymaydi ham. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda, boshqa hamma sharoitlar bir xil bo’lgan sodda ishlab chiqarish omillari hajmining o’sishi ishlab chiqarishning va ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining o’sishiga olib keladi.
5.Milliy mahsulotning iqtisodiy mazmuni va uning harakat shakllari
Iqtisodiy adabiyotlarda milliy
mahsulotning tarkibiy qismlarini har xil talqin qiladilar, jumladan,
butun ishlab chiqarishning bir yil ichidagi natijasi, ya’ni yaratilgan
mahsulotlar yig‘indisi yalpi ijtimoiy mahsulot deb ataladi. U moddiy
ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan barcha xodimlarning mehnat
mahsulidir. Shakliga ko‘ra, u iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish
vositalaridan iborat bo‘ladi.
Milliy iqtisodiyotning yana bir miqdoriy ko‘rsatkichi yalpi milliy
Do'stlaringiz bilan baham: |