Dominat davrida imperiya 235-yilda navbatdagi imperator Aleksandr Sever oldirilishi bilan hokimiyat uchun turli davogarlar ortasida kurash boshlanib, bu siyosiy tushkunlik yarim ar.r davom etdi. Oddiy jangchilar ichida ham imperatorlikka davogarlar chiqdi. Jangchi imperatorlar bir- birlarini tez-tez almashtirdilar. Odatda, ularning barchasi oldirilar edi. 284-yil kuzida tarixda Diokletian nomi bilan kirgan illiriyalik 39-yoshli Diokl (284305-yillar) imperator deb elon qilindi. Diokletian imperiyani siyosiy ahvolini nisbatan barqaror holatga keltirib, iqtisodiyot va moliyani soglomlashtirishga qaratilgan qator tadbirlami amalga oshirdi. Pul muomulasi unifikatsiya qilindi, provinsiyalarda pul zarb qilish taqiqlandi va 286-yilda tola qonli tilla, kumush va mis tangalar zarb qilina boshlandi. Soliq tizimi ham isloh qilindi, ilgari soliqlar pul bilan emas, mahsulot bilan ko'proq olinar edi. Imperator soliqqa tortish tizimini unifikatsiya qildi, 289290-yillar imperiya aholisi yalpi royxatdan otkazildi. Ro'yxatga olish har 15 yilda bir marta takrorlanishi kerak edi, soliq kvotalari 5 yilda bir marta qayta ko'rilar edi. Ekin yerlari va yaylov otloqlar kadastri tuzilgan edi. Qishloq aholisi ekin yeri, yaylovlar sifati, chorva va boshqa mulkka qarab yer soligi tolar edi. Hunarmand-savdogarlar esa qator soliqlarni tolar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |