Mustaqil ish mavzu: Iqtisodiy taxlil metodi, mazmuni va vazifalari. Bajardi: mbr 83 guruh talabasi Bo’riqulov O’tkir


Iqtisodiy tahlilning asosiy printsiplari



Download 266,99 Kb.
bet4/4
Sana13.07.2022
Hajmi266,99 Kb.
#790679
1   2   3   4
Bog'liq
MBR 83 Bo\'riqulov O\'tkir

Iqtisodiy tahlilning asosiy printsiplari.
Tabiat va jamiyatdagi voqelikni o‘rganuvchi va ularning tadqiq qilish ob‘ekti deb qarovchi alohida fanning o‘zi amal qiladigan tamoyillari mavjud bo‘ladi. Tamoyillar o‘rganiladigan ob‘ektni bir butunligi, realligi va voqeligini tavsiflaydi. SHu jihatdan iqtisodiy tahlilning ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda o‘zi amal qiladigan tamoyillari bor. Mazkur tamoyillar asosida iqtisodiy tahlil fani o‘rganadigan ob‘ektlarini ob‘ektivligini, mohiyatini, shakl-mazmunini, miqdor-sifatini va shu kabi jihatlarni tavsiflab real voqeliklar bo‘yicha aniq tushunchalarni hosil qiladi. Bu tamoyillarning halqaro va milliy hisob andozalari asosida quyidagi turlarni aytib o‘tish mumkin.
Iqtisodiy tahlil tamoyillari


  1. Iqtisodiy tahlilning metodi va uning xususiyatlari

Metod - grekcha “methodos”‖ so‘zidan olinib nazariya, ta‘limot va amaliyotni o‘rganishdagi
yondashuv yo‘llaridir. Keng ma‘noda metod tabiat va jamiyatdagi jarayonlar, predmetlar hamda voqeliklarni tadqiq etishning o‘zaro bog‘langan yalpi usullari, tamoyillari, shuningdek haqiqatni bilishning vositalari, uslublari va yo‘llari tushuniladi .
Iqtisodiy tahlilning metodi - korxonadagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarining
yuzaga kelishi, o‘zgarishi hamda rivojlanishini dialektik yondashuv usulida o‘rganishdir. Ijtimoiy - iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadida korxonaning xo‘jalik hamda boshqa faoliyat turlarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish, ushbu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi sabablarini tadqiq qilish, ularning o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlash hamda hisob - kitob qilish iqtisodiy tahlil fani metodining o‘ziga xos jihatlaridir.
Metodining mazmuniga ko‘ra tahlil vositasida xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarini o‘rganishda dialektik yondashuv, ya‘ni har bir voqelik mavjud va rivojlanishda, deb qaraladi. Bu voqeliklar sondan sifat o‘zgarishiga va yangi sifatning paydo bo‘lishi, inkorni - inkor qilish, qarama-qarshilik kurashi, eskining tugashi, yangi - ilg‘or voqeliklarning paydo bo‘lishi kabi xususiyatga ega bo‘ladi. Dialektik yondashuv va uning barcha usullari ho‘jalik jarayonlarini o‘rganishda, tahlil qilishda korxona faoliyatini barcha bosqichlarida qo‘llaniladi. Iqtisodiy tahlil metodining ta‘rifida uning e‘tiborli jihatlari ham ko‘rsatilgan. Jumladan, xo‘jalik jarayonlari va iqtisodiy voqealarni tahlil qilishda juda ko‘plab ko‘rsatkichlardan foydalanish zarurligi.
Tahlil uchun kerak bo‘lgan ko‘rsatkichlar, ularning turi hamda miqdori o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayonning mazmuni, hajmi va davriga bog‘liq bo‘ladi. Hatto, tahlil natijasida avvaldan
mo‘ljallanmagan yangi ko‘rsatkichlar ham hisoblab topilishi mumkin. Mazkur holat iqtisodiy tahlil metodining o‘ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi.
O‘rganilayotgan xo‘jalik jarayonlarining, ya‘ni ko‘rsatkichlarning o‘zaro farqlanishi hamda o‘zgarishi sabablarini aniqlash tahlil ishlarida muhim ahamiyatga ega. Har bir o‘zgarishga ta‘sir ko‘rsatgan sabablarni (omillar) hisoblash iqtisodiy tahlil metodining yana bir o‘ziga xos xususiyatidir. CHunki, tahlil qilinayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ulardagi o‘zgarishlar doimo bir-biri bilan uzviy bog‘liq, o‘zaro aloqa hamda ta‘sir natijasida sodir bo‘ladi. Tahlilda vositasida mazkur holatlar, ya‘ni o‘zgarishlar aniq hisoblanadi va o‘rganiladi. Ta‘kidlash kerakki, ayrim olingan omillar oxirigi yakuniy natijaga sezilarli ta‘sir ko‘rsatishi va uni tubdan o‘zgartirib yuborishi ham mumkin. SHuning uchun ham xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarish sabablari, ularning omillar ko‘rinishida yuzaga chiqishi tahlilda jiddiy tarzda o‘rganiladi. Demak, ko‘rsatkichlarga ta‘sir etuvchi asosiy va qo‘shimcha omillarni aniqlash ularni tasniflash tahlil metodining muhim xususiyati bo‘lib sanaladi. Sabablarni aniqlash va omillarni to‘g‘ri guruhlash xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning sifatli bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.
Iqtisodiy tahlil metodining yana bir o‘ziga xos tomoni o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarni bir - biriga o‘zaro ta‘sirini va bog‘liqligini aniq hisoblab ko‘rsatib berishdir. Ma‘lumki, korxona ishlab chiqaradigan mahsulot hajmi uch guruh omillar ishchi kuchi, mehnat vositalari va mehnat predmetlaridan foydalanishga bog‘liq. O‘z navbatida har bir guruh omillar ham tarkibiy elementlarga ajraladi. Misol uchun, ishchi kuchidan foydalanish bo‘yicha omillar miqdor va sifati
bo‘yicha guruhlanadi. Bu yerda, miqdor omil ishchilar soni , sifat omili esa ularning mehnat unumdorligidir (bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan o‘rtacha mahsulot). Ishchining bir yildagi o‘rtacha mehnat unumi - bir yilda ishlangan o‘rtacha kishi kunlari, ish kuni davomiyligi va bir ishchining yil davomida ishlagan kishi soatiga bog‘liq. Bu sanab o‘tilgan har bir ko‘rsatkich o‘z navbatida boshqa omillarga bevosita bog‘liq. Ishchining bir yilda ishlangan o‘rtacha kishi kunlarqo‘shimcha dam olish, sababsiz ishga kelmaslik, uzoq safarga borish, kasallik tufayli ishga chiqmaslik va korxona aybi bilan bekor turish kabi sabablar ta‘sir ko‘rsatadi. Aytilganlardan ma‘lum bo‘lmoqdaki korxona iqtisodiy faoliyatidagi barcha ko‘rsatkichlar bir-biri bilan zanjirli bog‘lanib ketgan. Bu umumiy zanjir tizimida har bir omilning o‘z o‘rni bor hamda ular muayyan miqdorda voqeliklarga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Tahlil jarayonida e‘tiborga olinmagan har bir ko‘rsatkich yoki omil uning natijalarni noaniq bo‘lishiga hatto iqtisodchilarni noto‘g‘ri xulosalariga olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytish mumkinki, tahlil metodining muhim xususiyati o‘rganiladigan muayyan iqtisodiy ko‘rsatkich alohida tarzda, boshqa omillardan ajratilgan holda tahlil qilnmaydi. Ularning o‘zaro bog‘liqliqligi doimo e‘tiborda tutiladi . Faqatgina, ayrim hollarda iqtisodiy jarayonlar bo‘yicha hisob-kitoblarni mantiqiy asoslash uchun, ya‘ni yakuniy natija ko‘rsatkichiga faqat bir omilning ta‘siri o‘rganilayotgan vaziyatlarda boshqa omillarning o‘zgarish sabablari hamda ta‘sir etish miqdori shartli o‘zgarmas, deb qaralishi mumkin.
Download 266,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish