Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Mustaqil ish
Mavzu:
Ijtimoiy Psixologiyada kichik guruhlar
Topshiruvchi: Allaniyazov Xurshid
Qabul qiluvchi: Begjanova Aydana
Ijtimoiy psixologiyada guruhlar
Reja:
Ijtimoiy Psixologiyada guruhlar tasnifi
Etnik guruhlar
Katta guruhlar
Kichik guruhlar
Har bir shaxs o’z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta’sirida amalga oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman kushilmaydigan individning o’zi yo’q, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda,o’zaro ta’sirda bo’ladi, bu muloqot jaraenlari esa doimo kishilar guruhida ro’y beradi. SHuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o’rganish va guruhlarni shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish insoniy
psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
psixologik ma’noda guruh- bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak, odamlar guruhi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo’lishi shart. Masalan talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko’p (o’quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birlik, o’spirin yoshlarlarga ma’lum o’quv yurtida ta’lim olish istagi va xokozo). Ko’chada biror tasodif ro’y berganligi uchun to’plangan kishilar uchun ham umumiy bo’lgan narsa borki bu qiziquvchanlik bo’lib, o’tgan hodisaga guvohlik unga umumiy munosabatdir.
Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o’ziga xos qonuniyatlarga bo’ysunadi. Aynan shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir
Guruhlarning turlari ko’p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya qiladilar. Bizning nazarimizda, T.M.Andreevaning «Ijtimoiy psixologiya» darsligida klassifikatsiya guruhlarning asosiy turlarini o’z ichiga qamrab olgan. Ular har qanday kishilar guruhini avvalo, shartli va real guruhlarga bo’ladi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarida to’plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo’linadi. Konkret faoliyat va odamlarning tabiiy ehtiyojlari asosida tashkil bo’ladigan bunday tabiiy guruhlarning o’zi kishilarning soniga qarab katta, kichik guruhlarga bo’linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o’z navbatida endi shakllanayotgan, diffuz hamda taraqqiyotning yuksak pogonasiga ko’tarila olgan jamoa turlariga bo’linadi. Guruhlarning ijtimoiy psixologiya uchun ayniqsa muhim hisoblangan turlariga ta’rif berish va ularning psixologik qonuniyatlarini o’rganishni maqsad qilib qo’ygan holda bevosita katta guruhlarning ijtimoiy psixologik qonuniyatlarini o’rganishga o’tamiz.
faoliyatlarida amalga oshiriladigan shaxslararo munosabatlar
o’zaro ta’sir va muloqot jarayonlari qonuniyatlarini o’rganish.
Har bir shaxs hamisha ma’lum ijtimoiy guruhlar doirasida faoliyat ko’rsatadi. Bu uning oilasi, mehnat jamoasi, ko’cha-kuyda norasmiy guruhlardagi davrasi, o’quv jamoasi va boshqalar.
Shaxsning yakka va turli guruhlar doirasida o’zini tutishi, xulq-atvori, mavqei, unga o’zga xos guruhiy ta’sirlar, guruhdagi shaxslararo moslik, liderlik, guruhiy tazyiqqa beriluvchanlik kabi qator hodisalarni o’rganish ijtimoy psixologiyaning muhim sohalaridan biridir.
Shaxs psixologiyasi, uning ijtimoy- psixologik qiyofasi masalasi ham bugungi kundagi o’zgarishlar va ma’naviy jihatdan poklanish davrida o’ta muhim sohasidir.
Har bir shaxsning jamiyatda ro’y berayotgan tub islohotlarga munosabati, ularni idrok qilish va anglash darajasi, o’z-o’ziga nisbatan munosabatining tabiati, xulqidagi ijtimoiy motivlar va yo’nalishlar katta ahamiyatga egadir. Jamiyat miqiyosida ro’y beradigan ommaviy hodisalar ham ijtimoy psixologiya uchun tadbiqiy ahamiyatga ega. Chunki alohida shaxs tarbiyasida ommaviy hodisalarning, katta guruhlarning ta’sirini inkor etib bo’lmaydi.
Mamlakatimizda ro’y berayotgan tub ijtimoiy – siyosiy islohotlar ijtimoiy taraqqiyot va tafakkuri rivojlanishini tezlashtiruvchi, davr va kishilar ruhiga hamohang tarzda kechishini ta’minlab beruvchi tadbiqiy ishlar xususida, yoshlarda yangicha dunyoqarashni shakllantirishdir.
Psixologiya bilimlar tizimida nisbatan navqiron, lekin juda tez ri-vojlanib borayotgan istiqbolli fandir. Bu fanning rivojlanishiga, avvalo, ijtimoiy hayot va amaliyotning o'sib borayotgan ehtiyojlari, ya'ni jamiyatda bo'layotgan ijtimoiy hodisalarnmg ijtimoiy-psixologik jihatdan o'rganib, tushuntirib berish zarurati turtki bo'lyapti. Ijtimoiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo'lgan insonning o'zini atroflicha o'rganishga bo'lgan talabning ortib borayotganligi sabab bo'lmoqda. Inson murakkab mavjudot, shuning uchun uni bir qancha fanlar o'rganadi.
Yuridik psixologiya fani turli guruhlar, jamoalar, har xil uyushgan va uyushmagan kishilar birligida odamlarning o'zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishishi natijasida ular ongida vujudga keladigan ruhiy hodisalarni, shuningdek shaxslararo munosabatlarning turli shakllari va uning qonuniyatlarini o'rganadigan fandir.
Odamlarning faqat individual-psixologik xatti-harakatlarinigina emas, balki ijtimoiy munosabatlar ta'siri ostida namoyon boiadigan xulq-atvorlarini o'rganish va uni bayon etish qadimgi dunyoning buyuk olimlari Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur kabilarning asarlarida uchraydi. Chunonchi, Aflotunning «Respublika», Arastuning «Siyo-sat» va «Etika» asarlarida, keyinchalik o'rta asrlarda yashab ijod etgan mutafakkirlar - Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Beruniyning «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar», Jaloliddin Ro’rniyning «lchingdagi ichingdadir» kabi asarlarida shaxsning ruhiy va etnik (milliy) xususiyatlari, uning turli xil urf odatlari, an'analari, udum va marosimlarini o'rganish va tushuntirib berishga bo'lgan intilish kuchli bo'lganini ko'ramiz.
Hozirgi kunga kelib guruhlar muammosi ustida bir necha fanlar mustaqil izlanishlar olib bormoqda. Biroq psixologiya nuqtai nazari-dan «guruh», «jamoa»,
va «lider» tushunchalari o'ziga xos ahamiyatga egadir. Uning zamirida guruhlarning ijtimoiy-psixologik kelib chiqishi, shakllanish jabhalari, strukturasi, shaxslararo munosabatlari yotadi.
Ma'lumki, jamiyatimizda bir qancha tashkilotlar, jamoalar, uyushmalar, guruhlar, partiyalar, turli xil siyosiy harakatlar va bir qancha turli xil ko'rinishdagi jamoalar mavjud. Shu bilan birga, jinoiy olamning guruh, tashkilot, uyushma va harakatlari ham mavjud bo'lib, aksariyat hollarda bunday to'dalar sovuq va o'qotar qurollarga ega boiadilar.
Mustaqil O'zbekistonimizda ham shunga o'xshash terroristik, di-niyekstremistik guruhlar mavjuddir. Bu guruhlar muqaddas islom dinini niqob qilib olgan holda yoshlarning ma'naviyati, mafkurasi va dunyoqarashini buzmoqda.
Shaxsni kamol toptiradigan va tarbiyalaydigan jamoa o'zi bilan jamiyat o'rtasidagi bog'lovchi bo'g'indir. Mehnat jamoasi o'zining yuksak ko'rinishlarida kishi shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun shart-sharoit yaratadi. Psixologiyada jamoa muammosini guruhlarni tahlil qilib bo'lgandan so'ng o'rganish mumkin.
Guruh muayyan belgiga, sinfiy mansublikka, birgalikda faoliyat ko'rsatishning mumkinligiga aloqador bo'lgan ijtimoiy jamoa hisoblanadi. Guruhlarning tavsiflanishi ham shunga muvofiq tarzda bo'lib, kichik va katta guruhlarga bo'linadi, o'z navbatida, ular ham shartli ravishda formal (rasmiy) hamda noformal (norasmiy) guruhlarga bo'linadi. Rivojlanish darajasi turlicha bo’lgan, ya'ni rivojlangan va yetarli darajada rivojlanmagan yoki kam rivojlangan guruhlarga, uyushmalarga, birlashmalarga, aralash guruhlarga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |