Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar.
Ma’lumki, guruhda to’plangan kishilar o’rtasida doimiy muloqot va munosabatlar mavjud bo’ladiki, ularning mazmuni va yo’nalishiga ko’ra, o’ziga xos sotsial psixologik muhit shakllanadi. Bu muhit guruhning taraqqiyotini ham, undagi turli jarayonlarni ham belgilaydi. Guruhning dinamik jarayonlari deganda avvalo uning shakllanishi jarayoni, liderlik va guruhda turli qarorlarni qabul qilish jarayoni, guruhlar har bir shaxsga ta’siri kabilar tushiniladi.
Guruhning shakllanishi, uning paydo bo’lishi haqida gapiriladagan bo’lsa, avvalo shuni ta’kidlash lozimki, guruh jamiyat extiyojlari va ijtimoiy talablar asosida paydo bo’ladi. Masalan: sinf jamoasi doimo bolalarning tugilishi, rivojlanishi va ularning maktabda ta’lim olishlari kerakligi uchun, talabalar guruhi ham shunga o’xshash oliy ma’lumotli shaxslar kerak bo’lganligi uchun paydo bo’ladi va xokazo. Lekin bu masalaning ijtimoiy tomoni. Uning sof psixologik tomoni ham borki, u odamlarning nima jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo’lishi bilan bog’liq. CHunki har bir normal insonda muloqotda bo’lish extiyoji hamda turli hayotiy vaziyatlarda uzini ijtimoiy ximoyada sezish extiyoji borki, bu narsa narsa turli kichik jamolarda ularni bo’lishini taqozo qiladi. Lekin guruhga a’zo bo’lish bilan birgalikda harbir individ qator guruhiy jarayonlarning guvoxi bo’ladi.
Birinchidan, guruh o’z a’zolariga ma’lum tarzda psixologik ta’sir ko’rsatadi. Bu hodisa psixologiyada «konformizm» deb ataladi (O’zbek tilida «moslashish» ma’nosini anglatadi). Bu hodisaning moxiyati shundan iboratki u individning guruhda qabul qilinadigan normalar, fikrlar, xulq-atvor standartlarini qanchalik qabul qilishi yoki qabul qilmasligi bilan bog’liq. Guruh fikrini qanchalik tez qabul qilish, uning ta’siriga berilish individ bilan guruhning ziddiyatlarini oldini olish mumkin. SHuning uchun ham individ ana shunday xatti-harakat qilishga intiladi. Lekin ana shunday guruh fikriga, harakatiga qo’shilish turli shakllarda bo’lishi mumkin: tashqi konform individ guruh fikriga nomigagina qo’shiladi, aslida ruxan u guruhga qarshi turadi. Ichki konformlilik- individ guruh fikriga to’lig’icha qo’shiladi va ruxan qabul qiladi. Ana shunday hollarda individ bilan boshqalar o’rtasida ziddiyat yoki konfliktlar paydo bo’lmaydi. Bu o’rinda yana bir tushuncha bor, u ham bo’lsa «negativizm» tushunchasidir, bu individning har qanday sharoitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o’zicha mustaqil fikr mavqeini namoyon qilishdir. Bu tabiiy individ uchun noqulay,lekin mustaqil fikr, odil harakatlar doimo hurmat qilinadigan jamoalarda negativizm hodisasi yomon illat sifatida qabul qilinmaydi. Guruhdagi yana bir jarayon- bu guruhning uyushqoqligi muammosidir. Guruh a’zolarining bir-birlarini dunyoqarashlari hayotiy ,printsiplari, qadriyatlarini yaxshi tasavvur qilishlari bunday uyushqoqlikning birinchi omilidir. Ikkinchi va asosiy omil- bu o’sha guruhni birlashtirib turgan faoliyat maqsadlarini uning yo’nalishi va mazmunini bilishdagi g’oyaviy birlikdir.Umuman eksperimental tadqiqotlarda qayd etilgan guruhga oid fikrlardagi umumiy uyushqoqlik ijobiy zamin hisoblanadi.
Kichik guruhlar, odatda, unchalik ko'p bo’lmagan ikki kishidan tortib bir necha o'n kishini birlashtiradi. Kichik guruhlarga: oila, o'quv maskanidagi guruhlar, ishlab chiqarish korxonalaridagi brigadalarni kiritish mumkin. Kichik guruh birlamchi va mikroguruh deb ham yuritiladi. Bu guruhda shaxsiy munosabat va aloqalar bevosita va mustahkam asosga qurilgan bo’ladi. Kichik guruhning jamiyatda tutgan o'rni haqida gapirganda quyidagilarga e'tibor qaratish lozi'm:
1) inson bolasi o'ziga mansub bo’lgan guruh a'zolari bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishgandagina, u shaxs bo’lib voyaga yetadi. Jamiyatdan tashqarida inson shaxs bo’lib voyaga yetmaydi, jamiyat esa kichik-kichik guruhlardan tashkil topgan yirik ijtimoiy organizmdir. Shaxsga xos bo'lgan qaysi bir xususiyatni: saxiylik yoki xasislik, rostgo'ylik yoki yolg'onchilik, kamtarinlik yoki takabburlik va shunga o'xshash yuzlab xususiyatlarini olib o'rganadigan bo’lsak, uning barchasi ijtimoiy xarakterga ega ekanligini bilamiz; guruh doimo shaxs faoliyatiga u yoki bu darajada ta'sir ko'rsatib, uning xulq-atvorini nazorat qilib turadi. Shaxsning guruhda bajaradigan faoliyati bilan tanholikda o'zi bajaradigan faoliyati o'rtasida tafovut mavjudligi eksperiment asosida o'rganilgan;
kichik guruhlarda maqsadlar va faoliyatning umumiyligi mavjud bo'ladi. Birgalikda qilinadigan faoliyat guruhiy ongni paydo qiladi, ya'ni ma'lum guruhga mansublik unda mavjud bo'lgan tartib-qoidalarga bo'ysunish, burch, mas'uliyat, vazifalarni anglash shakllanadi;
kichik guruhga ta'sir etib turuvchi liderning (peshqadam) ajralib chiqishi, uning tan olinishi guruh faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi.
Qator amaliy va nazariy maqsadlar kichik guruhga xos bo'lgan qonuniyatlarni chuqurroq bilib olishni taqozo qiladi. Bularga quyidagilar kiradi:
jinoyatchilikka qarshi kurashishda va ularning oldini olishda, jamiyatda qonunbuzarlik va jinoyatlarni to'ldiruvchi ijtimoiy-psixologik omillar o'rganiladi;
psixologik mos kelish masalalarini o'rganish, qiyin, murakkab sharoitlarda ishlash uchun sherik tanlash masalasi;
guruh tuzilishi, uning strukturasi, miqdorini bilish. Faoliyat xarakteriga ko'ra, guruh miqdori har xil bo'lishi mumkin.
Guruh a'zolari o'rtasida mavjud bo'lgan o'zaro aloqalar maqsad va xarakteriga ko'ra barcha guruhlarni rasmiy va norasmiy guruhlarga bo'lishimiz mumkin.
Rasmiy guruhda guruhning har bir a'zolarini tutgan o'rni, huquq va burchlari, qat'iy normalari, qoidalari asosida belgilab qo'yilgan bo'ladi. Shu normalar asosida shaxslararo munosabatlar vujudga keladi. Xizmat vazifalarini bajarish xarakteri, mas'uliyat darajasi va guruh faoliyatiga qo'shgan hissasiga qarab guruhlarning har bir a'zosi o'z mavqeiga ega bo'ladi.
Norasmiy guruhda aniq maqsadlar belgilanmagan kishilar o'rtasi-dagi munosabatlar esa hissiy-psixologik tuyg'ular orqali qo'shilgan bo'ladi. Norasmiy guruhdagi munosabatlar ma'lum bir tuzilishga, normalarga ega bo’lishi ham mumkin. Agar norasmiy guruh rasmiy guruh ichida bo'lsa, u jamoadagi guruh deyiladi. Bunday guruh a'zolarining aksariyati bir-birlarini yaxshi bilgan kishilar bo'ladi. Hozirgi kunda respublikamizda turli xil jinoiy norasmiy guruhlar mavjuddir. Ularning maqsad va vazifalarini guruh lideri belgilaydi. Turli ekstremistik-terroristik, uyushgan jinoiy guruhlar hamda diniy- ekstremistik guruhlar bularga misol bo'la oladi.'Ularning asl maqsadi har xil terroristik harakatlar, omma orasida mish-mishlar tarqatish, ommani turli diniy-ekstremistik g'oyalar bilan zaharlash, davlat to'ntarishini uyushtirib, hokimiyatni qo’lga olish, dinlararo va millatlararo adovat va nafratni qo'zg'atishdir. Bu norasmiy guruhlar asosan kichik guruhlarni tashkil etadi.
Birgalikda qilinayotgan faoliyatning mazmuni, maqsadi, vazifa-lari, prinsip va ahamiyatiga ko'ra guruhlar turlicha bo'ladi. Kichik guruhlarning bir necha turlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |