Mustaqil ish mavzu: globallashuv sharoitida antropologik inqirozni oldini olishning


Global muammolarning klassifikasiyasi. Asosiy global muammolar tizimi



Download 46,67 Kb.
bet4/5
Sana23.04.2022
Hajmi46,67 Kb.
#575544
1   2   3   4   5
Bog'liq
globallashuv (2)

Global muammolarning klassifikasiyasi. Asosiy global muammolar tizimi

Muhokama qilinayotgan muammoning boshqa bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, u mohiyati va hozirgi holati «Tabiat falsafasi»mavzusida ko‘rib chiqilgan ekologiya bilan uzviy bog‘liq. Biz fan-texnika taraqqiyoti darajasi ekologik tanglikni bartaraf etish borasidagi imkoniyatlarni belgilashini qayd etgan edik, ammo qurol-yarog‘larning vayronkor imkoniyatlari, ularning shakllari, qo‘llash metodlari va usullarining rang-barangligi ham ayni shu darajaga bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha aytganda, inson o‘z hayotini tabiat bilan uyg‘unlikda yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini qo‘lga kiritish bilan bir qatorda butun tiriklikni yo‘q qilish qobiliyatini ham ko‘p karra oshirdi.
Jamiyatning harbiylashuvi, qurollanish poygasi va harbiy mojarolarning salbiy oqibatlari atrof muhitning buzilish jarayonlarini yanada jadallashtirmoqda. Yadro quroli bilan bir qatorda urush olib borishning «geografik» vositalari ham oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlardan iborat alohida xavf tug‘diradi. Bu oqibatlar inson sun'iy yo‘l bilan tabiiy ofatlar, vayrongarchiliklar va shu kabilarga erishish maqsadida tabiiy jarayonlarga izchil ta'sir ko‘rsatishi natijasida kelib chiqishi mumkin. Urush harakatlari olib borishning bunday usullari, masalan muayyan hudud ustidagi ozon qatlamini ataylab vayron qilish va shu kabilar yadro qurolining qo‘llanilishi bilan teng oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunda harbiy qarama-qarshilik ma'lum darajada susayganiga qaramay, aksariyat mamlakatlarda mudofaa va atrof muhitni muhofaza qilish xarajatlarida ulkan nomutanosiblik hanuzgacha saqlanib qolmoqda. Bu tafovut mudofaa foydasiga ba'zan ellik baravar va undan ko‘proq darajaga yetadi. Bu hol «uchinchi dunyo» mamlakatlarida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Bu yerga, bir tomondan, qurol-aslaha, boshqa tomondan esa – murakkab ekologik vaziyatni yanada og‘irlashtiruvchi eskirgan asbob-uskuna va noekologik texnologiyalar tobora ko‘proq yetkazib berilmoqda. Natijada ifloslanish va tabiatning zavol topish sur'atlari bu yerda rivojlangan mamlakatlardagidan ancha yuqoridir.

Qurollanish poygasi nafaqat ulkan moddiy resurslarni, balki mehnat resurslari, intellektual resurslarni ham behuda sarflamoqda. Butun dunyoda olimlarning to‘rtdan bir qismi, odatda, eng malakali kadrlar urushga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlarga jalb qilingan bo‘lib, ularning bilim va ko‘nikmalari vayronkorlik vositalarini yaratishga yo‘naltirilgan. Ammo olimlar insoniyat duch kelgan xavf darajasini birinchi bo‘lib (ularning eng ilg‘or vakillari) anglab yetdilar.


Qurollanish poygasi avj ola boshlagan 1955 yilda taniqli ingliz faylasufi B.Rassel tinchlik va qurolsizlanish uchun kurash tashabbusi bilan chiqdi. U A.Eynshteyn bilan hamkorlikda F.Jolio-Kyuri, M.Born, S.Pauell, L.Infeld va boshqa yirik olimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mashhur Manifestni e'lon qildi. Bu Manifestda insoniyat unga tahdid solayotgan xavf haqida ogohlantirildi, shuningdek yadro asrida sivilizatsiyani asrab qolish uchun «yangicha fikrlashni o‘rganish» lozimligi uqtirildi.
B. Rassel nafaqat xavf-xatarlar haqida ogohlantirdi, balki ularni yechish yo‘llarini ham taklif qildi. Xususan, u barcha urushlarga chek qo‘yishi lozim bo‘lgan jahon hukumatini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Uning fikricha, BMT bunday hukumat negizi bo‘lishi mumkin. U shuningdek davlatlar o‘rtasidagi nizoli masalalarni tinch yo‘l bilan yechish uchun jahon konferensiyasi chaqirishni talab qildi. Tinchlik, qurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik uchun kurash boshlagan jahon ilmiy hamjamiyati bu borada o‘z kuch-g‘ayratini birlashtirish lozimligini anglab yetdi va 1957 yilda Pagoush (Kanada)da o‘z tarafdorlarining birinchi konferensiyasini o‘tkazdi. Pagoush harakati deb nomlangan bu tashkilot tinchlik uchun kurash olib boruvchi nufuzli xalqaro tashkilotlardan biriga aylandi.
Endilikda unga hozirgi globallashuv muammolari va nomutanosibliklarini bartaraf etish yo‘lida kurash olib borayotgan boshqa ko‘p sonli tashkilotlar va harakatlar (Grinpis, Rim klubi, antiglobalistlarning harakatlari va boshqalar) qo‘shildi. O‘zbekistonda 1999 yil 16 fevral voqyealari, 2001 yil 11 sentyabrda AQShning markazida ko‘p qavatli savdo uyining portlatishi, Chechenistondagi cheksiz terrorchilik harakati natijasidagi minglab qurbonlar I.A. Karimovning nechog‘lik haqligini yana bir karra isbotladi.
Xulosa
Shuni xulosa qilish mumkinki, globallashuv - bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Savdo va ishlab chiqarish, iqtisodiy, moliyaviy aloqalarning dunyo miqyosida g‘oyat kuchayishi, tezlashishi globallashuvning vujudga kelishiga zamin yaratdi.
Globallashuv – iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalarning haddan tashqari
intensivlashuvi, eng yangi axborot texnologiyalari va umuman axborotning jihon miqyosida shiddat bilan tarqalishi, xalqaro standartlashuvi va maishiy turmushda, iste’molda, shu jumladan, nomoddiy iste’molda umumiy qolip hamda andozalarning paydo bo‘lishidir. Globallashuv turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bog‘liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko‘p. Lekin uning xususiyatlarini to‘laroq qamrab olgani, fransuz tadqiqotchisi B. Bandining ta’rifi harakterlidir.
Falsafada bu vazifani yechish uchun tegishli mezonlar belgilangan bo‘lib, ularga muvofiq u yoki bu muammo global deb belgilanadi va shu tariqa bunday xususiyatga ega bo‘lmagan boshqa ko‘p sonli muammolardan farqlanadi. Etimologik jihatdan «global» atamasi, «globallashuv» atamasi kabi, yer kurrasi bilan bog‘liq. Ayni shu sababli butun insoniyat manfaatlariga daxldor muammolarni ham, dunyoning turli nuqtalaridagi har bir ayrim insonga tegishli bo‘lgan, ya'ni umuminsoniy xususiyat kasb etadigan muammolarni ham «global» deb nomlash odat tusini olgan. Ular jahon iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining muhim ob'ektiv omili sifatida ayrim mamlakatlar va mintaqalarning rivojlanishiga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatadi. Ularni yechish aksariyat davlatlar va tashkilotlarning kuch-g‘ayratini xalqaro darajada birlashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda global muammolarning yechilmay qolishi butun insoniyat kelajagi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.



Download 46,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish