Oq fosfor. Suyuq erigan holda hamda 1000ºC dan pastda P4 molekulalari barqaror, u tetraedr konfiguratsiyasiga ega. Fosfor bug‘larini kondensatsiyasida oq fosfor hosil bo‘ladi (=1,8 g/sm3). U molekular kristall panjaraga ega, kristall panjara uchlarida P4 turadi. Oq fosfor – oq amorf modda. (27.14-rasm). U oson suyuqlanadi. Suyuq holda ham qattiq holda ham P4 bo‘ladi. Suyuqlanish harorati 44ºC, qaynash harorati 275ºC, uchuvchan, CS2 va boshqa organik erituvchilarda eriydi. Oq fosfor juda zaharli (odam uchun o‘ldirish dozasi 0,1g). - Oq fosfor. Suyuq erigan holda hamda 1000ºC dan pastda P4 molekulalari barqaror, u tetraedr konfiguratsiyasiga ega. Fosfor bug‘larini kondensatsiyasida oq fosfor hosil bo‘ladi (=1,8 g/sm3). U molekular kristall panjaraga ega, kristall panjara uchlarida P4 turadi. Oq fosfor – oq amorf modda. (27.14-rasm). U oson suyuqlanadi. Suyuq holda ham qattiq holda ham P4 bo‘ladi. Suyuqlanish harorati 44ºC, qaynash harorati 275ºC, uchuvchan, CS2 va boshqa organik erituvchilarda eriydi. Oq fosfor juda zaharli (odam uchun o‘ldirish dozasi 0,1g).
- Suv ostida saqlansa sarg‘ayib qoladi. Fosforning hidi sarimsoq piyoz hidiga o‘xshaydi. P4 molekulasida bog‘lar oson uziladi (200 kJ/mol). Shuning uchun oq fosfor kimyoviy aktiv, u turaverib polimer shakl o‘zgarishga o‘tadi. Polimer shakl o‘zgarishlar ichida eng barqarori qizil va qora fosfor. Tashqi ko‘rinishi jihatidan qora fosfor (d=2,7g/sm3) grafitga o‘xshaydi, uni oq fosfordan 200ºC va 1200 atm. bosimda olish mumkin. Poq→ Pqora +16,7 kJ/mol Qizil fosfor. Oq fosforni 400oC da qizdirishdan olinadi. Qizil fosfor sovitilsa, oq fosforga aylanib qoladi. Qizil fosforni bir qancha shakl o‘zgarishlari bor. Ularning tuzilishi hali to‘la aniqlanmagan. Ular polimer moddalar, o‘zaro piramidal bog‘langan. Olinish usuliga qarab qizil fosfor har xil xossaga ega. Masalan, uning zichligi 2,0-2,4 g/sm3, suyuql. harorati 585-600ºC orasida rangi to‘q jigardan qizil, binafshaga o‘zgaradi. Qizil fosfor eritmaga o‘tkazilishi uchun polimer shakl o‘zgarishdagi bog‘larni uzish kerak. Shuning uchun polimer shakl o‘zgarishlar hech qanaqa erituvchilarda erimaydi va yuqori suyuqlanish haroratiga ega. Shuning uchun fosfor bug‘larini kondensatsiya qilganda qizil emas, oq fosfor hosil bo‘ladi. Qora fosfor. Oq fosforni yuqori haroratda bosim ostida uzoq qizdirishdan hosil bo‘ladi. Qora fosfor CS2 da erimaydi. Lekin elektr tokini o‘tkazadi. Qizil va qora fosfor kimyoviy jihatdan ancha barqaror. Agar oq fosfor havoda o‘z-o‘zidan 50ºC alangalansa, qizil fosfor 250ºC, qora fosfor 400ºC alangalanadi. Oq fosfordan farqli polimer shakl o‘zgarishlar zaharli emas
Do'stlaringiz bilan baham: |