Sudralib yuruvchilar (Reptelia) — umurtqalilar sinfi. Qadimgi Sudralib yuruvchilar — kotilozavrlar oʻrta karbonda stegotsefallardan paydo boʻlgan. Keyinchalik stegotsefallar 2 shoxga ajralgan; ularning biridan — sut emizuvchilar, ikkinchisidan — kushlar paydo boʻlgan. Sudralib yuruvchilar permdan kaynozoy erasi boshlarigacha Yer yuzi faunasida hukmronlik qilgan. Mezozoyda kengtarqalgan; ular orasida dengizda suzuvchilari va havoda uchadiganlari boʻlgan. Eng yirik hayvonlar — dinozavrlar qam mezozoy davrida yashagan. Mezozoy tugab, kaynozoyning boshlanishi qadimgi Sudralib yuruvchilar ning qirilib ketishi, sut emizuvchilar bilan qushlarning keng tarqalishiga toʻgʻri kelgan - Sudralib yuruvchilar sinfining sistematikasi. Hozirgi zamon sudralib yuruvchilari 6300 to`rni o`z ichiga oladi va to`rtta turkumga bo`linadi. 1.Hartumboshlilar turkumi (Rhynchocephalia), 2.Tangachalilar turkumi (Squamarta), 3.Toshboqalar turkumi (Crocodillia), 4.Timsoxlar turkumi (Chelonia). Tumshuqboshlilar turkumi. Bu turkumning yagona turi — gatteriya hrzirgi vaqgda yashayotgan sudralib yuruvchilar ichida eng qadimgisidir. Gatteriya tashqi ko’rinishidan yirik kaltakesakka o’xshasada, biroq tuzilishining ko’pgina xususiyatlari to`rning primitiv ekanligidan dalolat beradi. Odatda, gatteriyaning bo’yi 75 sm gacha boradi. Boshi va tanasi mayda donador tangachalar bilan qoplangan. Orqa va qorin qismidagi tangachalar nisbatan yirik plastinkalar shaklida bo’ladi. Orqa tomoni bo’ylab uchburchak shox plastinkalardan iborat taroq joylashadi.
- Sudralib yuruvchilarning ajdodlari batraxozavrlar - Perm konlarida topilgan qazilma hayvonlar hisoblanadi. Bu guruhga, masalan, seymuriya kiradi. Bu hayvonlar amfibiyalar va sudraluvchilar o'rtasidagi oraliq belgilarga ega edi. Ularning tishlari va bosh suyagi konturlari amfibiyalarga, umurtqa pogʻonasi va oyoq-qoʻllarining tuzilishi sudralib yuruvchilarga xos edi. Seymuriya deyarli butun vaqtini quruqlikda o'tkazgan bo'lsa-da, suvda tuxum qo'ydi. Uning avlodlari zamonaviy qurbaqalarga xos bo'lgan metamorfoz jarayoni orqali kattalarga aylandi. Seymuriyaning oyoq-qo'llari erta amfibiyalarga qaraganda ancha rivojlangan va u besh barmoqli panjalarini bosib, loyqa tuproqda osongina harakatlanardi. U hasharotlar, mayda hayvonlar, ba'zan hatto o'lik hayvonlar bilan oziqlangan. Seymuriyaning oshqozonining toshga aylangan tarkibi shuni ko'rsatadiki, ba'zida u o'z turini iste'mol qilgan.
- Tanglay- kvadrat tog`ayning elementlaridan kvadrat suyagi hosil bo`ladi. Qoplovchi suyaklardan tanglay, qanotsimon, pog`onasimon suyaklar va sudralib yuruvchilarga harakterli bo`lgan ko`ndalang suyaklar bo`ladi. Pastki jag` tishsimon, burchak va qo`shilish suyaklaridan tashkil topgan.
- Kaltakesaklarning bo`yin bo`limida 8 ta umurtqa bo`lib, ulardan birinchi 2 ta umurtqasi hamma amniotalardagi singari o`ziga xos tuzilgan. Birinchi bo`yin umurtqasi atlas yoki atlant deb ataladi. Atlasi suyak xalqa shaklida bo`lib, yupqa pay bilan ustki va pastki qismga bo`linib turadi. Ustki teshikdan orqа miya o`tsa, pastki teshikdan ikkinchi bo`yin umurtqasi epistrofeyning tishsimon o`simtasi kirib turadi. Atlas epistrofeyning tishsimon o`simtasi atrofida aylanadi.
- Kaltakesakning ko`krak-bel bo`limlari 22 ta umurtqadan tashkil topgan. Ularning hammasi qovurg`alar bilan tutashadi. Oldingi 5 ta umurtqalarning qovurg`alari tush suyagiga tutashadi. Kaltakesakning tushi tog`aydan tuzilgan.
- Erkin oyoqlar skeleti va ularning kamar skeleti amfibiyalarning shu skeletlaridan unсhalik farq qilmaydi. Faqat to`sh suyagining ustida to`sh usti suyagi bo`ladi.
- Dumgaza bo`limi ikkita umurtqadan iborat bo`lib, Bularning ko`ndalang o`simtalariga chanoq kamarining yonbosh suyaklari birikib turadi.
- Dum bo`limi bir qancha umurtqalardan iborat bo`lib, bularning ko`ndalang o`simtalariga chanoq kamarining yonbosh suyaklari birikib turadi.
- Qushlar — umurtqali hayvonlar sinfi. Trias davrida yashagan sudralib yuruvchilarning psevdozuxlar turkumidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Qushlarning qazilma qoldiqlari juda kam; dastlabki qazilma qoldiq — arxeopteriksnshk toshdagi izi va suyaklari yura davriga tegishli. Ayrim morfologik belgilar (orqa oyoqlardagi muguz tangachalar, muguz tumshuq va boshqalar) hamda fiziologik xususiyatlari (tuxum qoʻyishi)ga koʻra Q. sudralib yuruvchilarga oʻxshaydi, lekin tanasi pat bilan qoplanganligi tufayli ulardan farq qiladi. Patlar qushlar tanasida issiqlikni saqlaydi; uchishda havo qarshiligini kamay-tirib, havoda koʻtarish yuzasini hosil qiladi (qanot, dum). Uchish va har xil harakatlanish (yugurish, suzish, shoʻn-gʻish)ga moslanish Q. tayanch-harakat sistemasining oʻziga xos tuzilishiga sabab boʻlgan. Qanotlarning paydo boʻlishi bilan oldingi oyoklar, yelka kamari suyaklari va muskullari shakllangan (koʻkrak toj suyagi rivojlangan, uchish muskullari tana vaznining 25% ini tashkil etgan); yerda 2 oyoqda yurganida murakkab yaxlit tuzilgan dumgʻaza va orqa oyoqlari muskullari qayta muvo-zanat saqlash vazifasini bajaradi.
- Qushlar quruqlik umurtqalilari orasida eng xilma-xil hayvonlar. Ular 2 kenja sinf: kaltakesak dumlilar (1 ta qirilib ketgan turkum kiradi) va yelpigʻich dumlilarga ajratiladi. Yelpigʻich dumlilarga 34 turkum (jumladan 28 ta hozirgi turkum) va 9000 ga yaqin tur kiradi. Q. Arktikadan boshlab Antarktika sohalarigacha boʻlgan barcha tabiiy mintaqalarda, koʻpchilik (80% ga yaqin) turlari tropik mintaqalarda tarqalgan. Oʻzbekiston faunasida Q.ning 19 turkumga oid 440 dan koʻproq turi maʼlum.
- Yashash joyiga binoan Q.ni bir necha yirik ekologik guruhlar, mas, oʻrmon Q.i, choʻl va dasht Q.i, suv havzalari (suvda suzuvchi) Q., botqoq va sohil Q.iga; ular hayotining yil fasllari boʻyicha oʻzgarishiga binoan uchib ketuvchi, koʻchib yuruvchi va oʻtroq Q.ga boʻlinadi. Q.ning koʻpayishi siklik tarzda jinsiy bezlarning fasliy rivojlanishiga muvofiq ichki (gormonal) va tashqi (kun uzunligi va boshqalar) omillar taʼsiriga bogʻliq. Q.ning uya qurish joyi va uya qurish usuli xilma-xil. Q. 1 tadan 20—25 tagacha tuxum qoʻyib, ularni 12 kundan 80 kungacha bosib yotadi. Tuxumdan chiqqan joʻjalarning holatiga binoan Q. jish joʻja ochuvchi qushlar va joʻja ochuvchi qushlarga ajratiladi. Jish joʻja ochuvchi qushlarning tuxumdan chiqqan bolasining koʻzi yumuq, patlari siyrak; joʻja ochuvchi Q.ning tuxumdan chiqqan joʻjasi onasi orqasidan ergashadigan va mustaqil oziqlana oladigan boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |