Mustaqil ish fan nomi: Mikrobiologiya fani Mavzu: Mikrobilogiya, virusologiya, immunologiya, parazitologiya fanini rivojlanishiga hissa qo'shgan O'zbekiston yetakchi olimlari. Tuzuvchi: Jurayeva Zilola



Download 2,26 Mb.
Sana29.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#80329
Bog'liq
2$MUSTAQIL ISH(mikro.)

MUSTAQIL ISH Fan nomi: Mikrobiologiya Mavzu:Mikrobilogiya, virusologiya, immunologiya , parazitologiya fanini rivojlanishiga hissa qo'shgan O'zbekiston yetakchi olimlari. Tuzuvchi: Mamurova Aziza Guruh: 213 B Davolash fakulteti

Aleksey Dmitrievich Grekov (1873-1957) – taniqli rus va sovet shifokori, o'qituvchi, Toshkent universiteti asoschilaridan biri, Toshkent bakteriologik insititutining asoschisi. O'zbekiston SSR Mehnat qahramoni, O'zbekiston SSRda xizmat ko'rsatgan fan arbobi.

T i b b i yo t mirobiologiyasining rivojlanishi A. D. Grekov nomi bilan bogʻliq. Uning bevosita ishtirokida Toshkent harbiy gospitali qoshida birinchi bakteriologik lab. (1917), Oʻlka bakteriologiya instituti (hozirgi Vaksina va zardoblar instituti) tashkil etildi (1918). M.ning zamonaviy muammolarini ishlab chiqishga A. O. Obidov, I. M. Muhamedov, M. A. Mirzayeva, L. G. Bajenov, X. I. Ishoqova, E. X. Eshboyev, N. A. Nuraliyev va boshqa katta hissa qoʻshmoqdalar.

Leonid Mixaylovich Isayeva (1868.16.8 Peterburg guberniyasi – 1964.23.1) – parazitolog-epidemiolog, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan arbobi(1944). Peterburg Harbiy tibbiyot akademiyasini tugatgan 1912 yilda. Buxoro xalq respublikasida parazitlar kasalliklarga qarshi kurashish maqsadida tashkil etilgan ekspeditsiya rahbari, 1923-yildan umrining oxirigacha Tropik kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti direktori. SamTI tropik kasalliklar kafedrasi mudiri(1936-1949). O'zbekistonda bezgak , leyshmanioz, rishta va boshqa parazitlar kasalliklarga qarshi kurash va ularni yo'qotish ishida bevosita qatnashgan.

Nikolay Ivanovich Xodukin (1896. Troitsk, 1957- Toshkent) – parazitolog va epidemiolog olim. O'zbekiston Fanlar akademiyasi muhbir a'zosi (1947). O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1940). Qozon unversitetining tibbiyot fakultetini tugatgan(1919). Vaksina va zardoblar insitutining parazitologiya bo'lim mudiri(1925-1940), ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'ribosari(1940-1957). Ilmiy ishlari O'zbekistonda o'lka patologiyasi, bezgak, leyshmanioz kasalliklari o'rganishga oid.

O'zbekistonda Toshkent universitetining tibbiyot fakultetida ishlagan A.I.Kryukov, P.F.Boroviskiy, N.I.Ragoza, I.A.Kassirskiy, L.M.Isayev. N.I.Xodukin, P.F.Samsonov, A.L.Katsenovich lar yuqumli kasalliklar fanini rivojlantirishga katta hissa qo'shgan. O'zbekistonda yuqumli kasalliklari o'rganishda katta olimlar: X.A.Yunusova, O.S.Mahmudov, I.K.Musoboyev, Sh.X.Xodjayeva. T.O.Daminov va ko'p-ko'p olimlar o'z hissalarini qo'shgan.


B

Veterinariya mirkrobiologiyasi sohasidagi tadqiqotlar Oʻzbekiston Veterinariya institutida olib boriladi. In-tda samarali faoliyat koʻrsatgan Sh. T. Rasulov (qoramollarning trixofitiya — qoʻtir kasalligi), I. N. Nevskiy, A. A. Volkova, P. A. Apollosova, P. B. Boboyev, G. N. Nosirov, I. A. Mazitov (qoʻylarning anaerob va salmonellyozli, virusli abortlari), N. K. Siddiqov, I. D. Burlitskiy, M. B. Boboyeva, A. N. Axmedov (mollarning kolibakteriozi, parrandalarning pasterellyoz, pulloroz, tif va boshqa yuqumli kasalliklariga qarshi veterinariyasanitariya tadbirlari), N. Mamatov (hayvonlarda quturish kasalligiga karshi vaksina yaratgan), X. Salimov (qoramollarning leykoz kasalligi diagnostikasi, unga qarshi kurash vositalari) kabi olimlar veterinariya M.si rivojiga katta hissa qoʻshdilar.

Oʻzbekistonda mikrobiologik tadqiqotlar 20—30-yillardan boshlandi. 1947 yilda Oʻzbekiston FA Zoologiya va botanika institutlari qoshida mikrobiologiya lab. tashkil etildi. Lab.da tuproq unumdorligini oshirish, silos tayyorlash, oqova suvlarni tozalash, oʻsimlik va hasharotlarning virus kasalliklari ustida tadqiqotlar olib borildi.

Pyotir Fokich Borovskiy jarroh va parazitolog, O'zbekistonda o'pka patologiyasi asoschilaridan biri, tibbiyot fanlari doktori, professor, Mehnat Qahramoni

E'tiboringiz uchun raxmat.


Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish