Mustaqil ish Qabul qildi: Xodjayev A. Mavzu: Magmatizm Magma va lava haqida tushuncha - Magma (grekchadan – zich moy) yer bag`rining chuqur qismidan chiqib keluvchi gazsimon mahsulotlar bilan to’yingan sovishidan magmatik tog` jinslari hosil bo`livchi va yer qarining asosiy qismini tashkil qiluvchi silikat qorishma. Vulkan botilishidan magma yer yuzasiga oqib chiqadi, o`zida erigan o`chuvchi komponentlardan xalos bo`ladi va lava deb nomlanadi.
Vulqon — Yer poʻstidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bugʻlari va jins boʻlaklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma.
Magmatizm - Magmatizm — magmaning suyulishi, uning evolyusiyasi, harakati, boshqa qattiq jinslar bilan oʻzaro taʼsiri va qotishini oʻz ichiga olgan jarayonlar majmui. Magmatizm Yerning chuqur qismidagi faol harakatlarning eng muhim koʻrinishlaridan biri.
- Magmatik togʻ jinslari — otqindi togʻ jinslari. Magmaning Yer po’sti va yer yuzasida sovushi va kristallanishi natijasida vujudga keladi. Magma chuqurlikda, Yer po’stida, shuningdek, oqib chiqqach yer ustida ham qotishi mumkin. Shunga qarab Magmatik togʻ jinslarini 2 asosiy sinfga: intruziv togʻ jinslari va effuziv togʻ jinslariga boʻladilar.
Intruziv togʻ jinslari - Intruziv togʻ jinslari - magmaning Yer poʻstida qotishidan hosil boʻlgan toʻliq kristall magmatik togʻ jinslari. Bular magma haroratining million yillar davomida asta-sekin pasayishi natijasida, undagi uchuvchan komponentlar (suv bugʻi, xlor, ftor va b.) ishtirokida kristallanadi.
Uchuvchan komponentlar minerallarning magmadan kristallanish jarayonini tezlashtiradi. Hosil boʻlgan chuqurligiga qarab, abissal (juda chuqurda hosil boʻlgan) — granitlar, dioritlar, gabbro va vagipabissal (effuziv va chuqurda hosil boʻlganlari oraligʻidagi) — gabbro porfiritlar, granit porfirlar togʻ jinslariga boʻlinadi. - Uchuvchan komponentlar minerallarning magmadan kristallanish jarayonini tezlashtiradi. Hosil boʻlgan chuqurligiga qarab, abissal (juda chuqurda hosil boʻlgan) — granitlar, dioritlar, gabbro va vagipabissal (effuziv va chuqurda hosil boʻlganlari oraligʻidagi) — gabbro porfiritlar, granit porfirlar togʻ jinslariga boʻlinadi.
Tarkibidagi kremnizion miqdoriga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: - Tarkibidagi kremnizion miqdoriga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- Nordon jinslar SiO2 miqdori 64-78 % (granit, granodiorit, liparit va hokazo).
- O`rta jinslar SiO2 miqdori 53-64% (siyenit, diorit, trahit va hokazo).
- Asosli jinslar SiO2 miqdori 44-53% (gabbro, bazalt, diabaz va hokazo).
- Ultraasosli jinslar SiO2 miqdori 44% dan past.
Effuziv togʻ jinslari - Effuziv togʻ jinslari — yer yuzasida yoki yer poʻsti qatlamining yuqori qismida lavaning sovishi mobaynida hosil boʻlgan magmatik togʻ jinslari; ularning maʼlum bir qismi suv osti vulkanlari otilib chiqqanda vujudga keladi.
Eng koʻp tarqalganlari bazalt, andezit va ular oraligʻidagi jinslar; kamroq uchraydiganlari datsit va liparitlar boʻlib, ishqorli va ultraasoslilari yanada kamroq uchraydi. Asosiy minerallari: plagioklaz, dala shpati, ortopiroksen, klinopiroksen, amfibol, biotit va kvars. Aksessor minerallari: ortit, ksenotim, sirkon, apatit, ilmonit va magnetit. Effuziv togʻ jinslari paydo boʻlish sharoitlariga koʻra, 3 yirik guruhga — piroklastik jinslar, lava jinslari va ekstruziv jinslarga boʻlinadi. - Eng koʻp tarqalganlari bazalt, andezit va ular oraligʻidagi jinslar; kamroq uchraydiganlari datsit va liparitlar boʻlib, ishqorli va ultraasoslilari yanada kamroq uchraydi. Asosiy minerallari: plagioklaz, dala shpati, ortopiroksen, klinopiroksen, amfibol, biotit va kvars. Aksessor minerallari: ortit, ksenotim, sirkon, apatit, ilmonit va magnetit. Effuziv togʻ jinslari paydo boʻlish sharoitlariga koʻra, 3 yirik guruhga — piroklastik jinslar, lava jinslari va ekstruziv jinslarga boʻlinadi.
Magmatik tog’ jinslari
Do'stlaringiz bilan baham: |