4.Yoruglikning qutblanishi. Tabiiy va qutblangan yoruglik. Yoruglikning turmalinda qutblanishi. Qutblagichlar. Alohida atom nurlagan yoruglik elektromagnit to`lqin, yani ikkita ko`dalang o`zaro perpendikulyar to`lqinlar to`plamidan iboratdir; bulardan biri elektr (E elektr maydoni kuchlanganlik vektorining tebranishidan hosil bo`lgan) to`lqin va ikkinchisi magnit (H magnit maydoni kuchlanganlik vektoining tebranishidan hosil bo`lgan) to`lqin bo`lib, ular yoruglik nuri deb atalmish r umumii to`gri chiziq bo`ylab yuradi.
Elektr tebranishlari hamma vaqt birgina va faqat birgina tekislikda bo`ladigan nur (yoruglik) qutblangan nur (yoruglik,deyiladi; ravshanki, bunda magnit tebranishlari boshqa (perpendikulyar) tekislikda (yoruglikning qutblanish tekisligi deb atalgan tekislikda) bo`ladi. Bu tarifdan alohida atomning nurlagan yorugligi qutblangan yoruglik bo`ladi (juda bo`laganda bu atomning butun nurlanish davri davomida qutblangan) debgan hulosa kelib chiqadi.
Tajriba va nazariya shuni ko`rsatadiki, yoruglikning moddaga himiyaviy, fiziologik va boshqa tasirlariga asosan elektr tebranishlari sabab bo`ladi. Shuning uchun yoruglik to`lqini (yoki nurni) tasvirlovchi rasmlarni soddalashtirish uchun, kelgusida biz faqat elektr tebranishlar haqida gapiramiz, bu tebranishlar bo`ladigan tekislikni yoruglik tebranishlari tekisligi yoki sodda qilib tebranishlar tekisligi deb ataymiz.
Odatda nur sochayotgan jismning tarkibidagi atomlardan har birining nurlanish intensivligi o`rtacha olganda birday bo`ladi; shuning uchun tabiiy yoruglikda E vektorning amplituda (maksimal) qiymatlari barcha tebranish tekisliklarida birday bo`ladi. Biroq shunday hollar ham bo`ladiki, yoruglik nurida E vektorning amplituda qiymatlari turli tebranish tekisliklari uchun birday bo`lmaydi; bunday nur qisman qutblangan nur deb yuritiladi.
Kristall anizotropiyasi tufayli uning zarralarining mumkin bo`lgan siljish kattaligi va demak, qutblangan tokning kuchi kristall panjaraning turli tekisliklarida bir hil bo`lmaydi. Zarralarning ancha katta siljishlariga mos bo`lgan tekislikda o`tuvchi yoruglik to`lqini kuchli qutblangan tokni vujudga keltiradi va shuning uchun kristallda amalda to`la yutiladi. Agar yoruglik to`lqini zarralarning kichik siljishlariga mos keluvchi tekislikda o`tsa, u hosil qilgan qutblash toki kuchsiz bo`ladi va kristalldan o`tganida unchalik yutilmaydi.
Shunday qilib, turli–tuman yo`nalishlarsha ega bo`lgan tabiiy yoruglikning elektr tebranishlaridan kristall orqali faqat qutblash tokining minimumiga mos bo`lgan tekisliklagi tebranishlargina (yutilmasdan )o`tadi; qolgan tebranishlar biror darajada zaiflashadi, chunki kristall orqali faqat ularning shu tekislikka proeksiyalarigina o`tadi. Natijada kristall orqali o`tgan yoruglikda elektr tebranishlar faqat bir aniq tekislikdagina bo`ladi, yani yoruglik qutblangan bo`lib qoladi.
Agar 1 plastinka orqasida optik o`qi shu 1 plastinkaning optik o`kiga perpendikulyar orientirlangan 2 turmalin plastinka joylashtirilgan bo`lsa, u holda ikkinchi plastinka orqali nur o`tmaydi (chunki uning elektr tebranishlari 2 platsinkaning bosh tekisligi Q ga perpendikulyardir). Agar 1 va 2 plastinkalarning optik o`qlari 900 ga farq qiluvchi biror burchak tashkil qilsa, uholda yoruglik 2 plastinkadan o`tadi. Biroq 2 plastinka orqali o`tgan yoruglik tebranishlarining E amplitudasi bu plastinkaga tushuvchi yoruglik tebranishlarining E amplitudasidan kichik bo`ladi:
(143)
Yoruglikning intensifligi yoruglik tebranishlarining amplitudasi kvadratiga proporsional bo`lgani uchun
(144)
bu erda J0–plastinka 2 ga tushayotgan yoruglikning intensivligi J–u platsinka orqali o`tgan yoruglikning intensivligi. (144) munosabat Malyus qonuni deyiladi.
Shunday qilib, 2 plastinkaning qutblangan nur atrofida burilishida bu plastinka orqali o`tgan yoruglikgning intensivligini o`zgartiradi; da intensivlik maksimum bo`ladi, yoruglikning tu sunishiga mos keladigan minimum esa da bo`ladi.
Tabiiy yoruglikni qutblovchi 1 platsinka qutblagich (poljarizator), qutblangan yoruglikning intensivligini o`zgartirishga hizmat qiladigan (va shu bilan qutblanishni qaid qiladigan) 2 plastinka analizator deb ataladi. Bu ikki plastinkaning mutlaqo bir hil ekanligi (ularning urinlarini almashtirish mumkin ekanligi) tushunarli; biz aytgan nomlar faqat plastinkalarning vazifasini harakterlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |