Xulosa:
Pyezoelektr (yun. piero — bosaman, qisaman va elektr), pyezoelektr effekt — baʼzi dielektriklarning mexanik kuchlanishlar taʼsirida qutblanishi (toʻgʻripyezoelektr effekt) va elektr maydon taʼsirida mexanik deformatsiyalanishi (teskari pyezoelektr effekt) hodisasining yuzaga kelishi. Toʻgʻri va teskari pyezoelektr effektlar faqat pyezoelektriklarda mavjud. Pyezoelektr effektlar simmetriya markaziga ega boʻlmagankristallarda kuzatiladi. P.ni 1817 yilda fransuz kristallografi va minerologi R. J. Gayui (1743—1822) kalsitkristallarida kuzatgan. P.ni har taraflama 1880 yilda akauka J. va P. Kyurilar kvars kristallida kuzatganlar. 1500 dan or-tiq moddada pyezoelektr hodisasi ku-zatilgan; ular ichida kvars (pyezo-kvars)dan tashqari segnet tuzi, bariy titanat, ammoniydigidrofosfat, litiy niobat va boshqa ham keng qoʻllaniladi. Koʻpincha yana maxsus texnologiya boʻyicha olingan baʼzisegnetoelektriklarning qattiq eritmalari — pyezokera-mikalardan ham foydalaniladi. Pye-zoelektriklar radiotexnika, akustika, radiofizika va boshqa sohalarda keng qoʻllaniladi.
Pyezoelektriklardakuzatiladigan bu effekt to‘g‘ri pyezo- effekt deyiladi. Bundan tashqari, teskari pyezoeffekt ham kuzatiladi. Uning fizik mohiyati shundan iboratki, bunda kristall tashqi elektr maydoniga kiritilganda mexanik deformatsiyalanadi, o‘lchamlari maydon yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgaradi. Yuqorida aytib o‘tganimiz-dek, ma’lum yo‘nalish bo‘yicha qirqib olingan kristall plastin-kani tashqi elektr maydonga kiritilganda siqilgan (yupqalashgan) bo‘lsa, maydon yo‘nalishi teskari tomonga o‘zgar-ganda plastinka cho‘ziladi (qalinlashadi).
ADABIYOT LAR RO‘YXATI
1 O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent: "SHarq", 1997, 20-29 b
3. Karimov I.A. YAngicha fikrlash va ishlash – davr talabi. Tosh. 1997.
4. Azizxo‘jaev N.N. Pedagogik texnalogiya va pedagogik maxorat Tosh. 2003.
6. Bespalko V.I. Pedagogika i progressivnie texnologiya obucheniya, - M: IRPO. 1996.
7. Golish L.V. Ta’limning faol usullari: mazmuni, tanlash, amalga oshirish. Ekspress qo‘llanma. - T.: 2001 y. - 65 b.).
8. Sayidaxmedov N.S.YAngi pedagogik texnologiyalar.-T.: Moliya, 2003.168 b
9. 10..X.R. Rustamov “Fizik kimyo”, T. , “O‘zbekiston”, 2000., 277-289 betlar.
10.A.G. Stromberg, D.P. Semchenko “Fizicheskaya ximiya”, M., “Visshaya shkola”, 1988., 235-239 betlar.
11.Fizik kimyo fanidan amaliy mashg`ulotlar /B.N. Afanasev va boshqalar. Tarjimonlar X.I. Akbarov, R.S.Tillaev/ - 4-ruscha nashr tarjimasi, T., O‘zbekiston, 1999., 194-201 betlar .
Do'stlaringiz bilan baham: |