O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Qarshi filiali
“ Fizika” fanidan
Mustaqil ish
Bajardi: E.Bazarov
Qabul qildi: ____________
Qarshi-2021
Mavzu: Pyezoelektr efekt
Reja:
1. Pyezoelektr
2. SEGNETOELEKTRIKLAR
3. Pyezoelektr va . SEGNETOELEKTRIKLARning farqi.
4.Xulosa.
5.Foydalanilgan adabiyotlar.
Pyezoelektr (yun. piero — bosaman, qisaman va elektr), pyezoelektr effekt — baʼzi dielektriklarning mexanik kuchlanishlar taʼsirida qutblanishi (toʻgʻripyezoelektr effekt) va elektr maydon taʼsirida mexanik deformatsiyalanishi (teskari pyezoelektr effekt) hodisasining yuzaga kelishi. Toʻgʻri va teskari pyezoelektr effektlar faqat pyezoelektriklarda mavjud. Pyezoelektr effektlar simmetriya markaziga ega boʻlmagankristallarda kuzatiladi. P.ni 1817 yilda fransuz kristallografi va minerologi R. J. Gayui (1743—1822) kalsitkristallarida kuzatgan. P.ni har taraflama 1880 yilda akauka J. va P. Kyurilar kvars kristallida kuzatganlar. 1500 dan or-tiq moddada pyezoelektr hodisasi ku-zatilgan; ular ichida kvars (pyezo-kvars)dan tashqari segnet tuzi, bariy titanat, ammoniydigidrofosfat, litiy niobat va boshqa ham keng qoʻllaniladi. Koʻpincha yana maxsus texnologiya boʻyicha olingan baʼzisegnetoelektriklarning qattiq eritmalari — pyezokera-mikalardan ham foydalaniladi. Pye-zoelektriklar radiotexnika, akustika, radiofizika va boshqa sohalarda keng qoʻllaniladi.
PYEZOELEKTRIKLAR
Ba’zi kristall dielektriklar mexanik deformatsiyalanganda ularning qutblanishi kuzatiladi. Masalan, ma’lum yo‘nalish bo‘yicha qirqib olingan kristall plastinka siqilganda uning qarama-qarshi sirtlarida turli ishorali zaryadlar hosil bo‘ladi va plastinka ichida elektr maydon vujudga keladi. Plastinka cho‘zilganda esa uning qutblanishi va maydonning yo‘nalishi qarama-qarshisiga o‘zgaradi Bu hodisa pyezoelektrik effekt yoki qisqa- cha pyezoeffekt deb ataladi. Bunday effekt kuzatiladigan kristall dielektriklar pyezoelektriklar deyiladi. Kvars, turma- lin, segnet tuzi, bariy metatitanati va boshqalar pyezoelektrik- lar qatoriga kiradi.
Pyezoelektrik qutblanishning kattaligi deformatsiyaga pro- porsional, demak, elastiklik chegaralarida mexanik kuchlanishga ham bog‘liq bo‘ladi.
Pyezoelektrik effektni quyidagicha tushuntirish mumkin. Har qanday kristall panjarasini turli atomlar yoki atomlarning guruhlari tomonidan tuzilgan va bir-birining ichiga kiritilgan oddiy panjara- lardan iborat deyish mumkin. Agar kristall simmetriya markaziga ega bo‘lmasa, deformatsiya ta’sirida oddiy panjaralar bir-biriga nisbatan siljiydi va bunday siljish natijasida kristallda elektr momenti paydo bo‘ladi.
Pyezoelektriklarda kuzatiladigan bu effekt to‘g‘ri pyezo- effekt deyiladi. Bundan tashqari, teskari pyezoeffekt ham kuzatiladi. Uning fizik mohiyati shundan iboratki, bunda kristall tashqi elektr maydoniga kiritilganda mexanik deformatsiyalanadi, o‘lchamlari maydon yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgaradi. Yuqorida aytib o‘tganimiz-dek, ma’lum yo‘nalish bo‘yicha qirqib olingan kristall plastin-kani tashqi elektr maydonga kiritilganda siqilgan (yupqalashgan) bo‘lsa, maydon yo‘nalishi teskari tomonga o‘zgar-ganda plastinka cho‘ziladi (qalinlashadi).
Agar tashqi elektr maydon o‘zgaruvchan bo‘lsa, u holda krisstall plastinkaning siqilishi va cho‘zilishi maydon o‘zgarishiga mos ravishda navbatma-navbat sodir bo‘ladi, kris- tallda mexanik tebranishlar uyg‘otiladi. Kvars, segnet tuzi, bariy meta- titanati kabi kristallarning pyezo- elektrik xossalaridan texnikada keng foydalaniladi. Masalan, bu dielek- triklarelektroakustik asboblarda ishla- tiladi. Elektroakustik asboblar to‘g‘ri pyezoeffekt asosida mexanik (tovush va ultratovush) tebranishlarni elektr tebranishlarga o‘zgartirib bersa, tes- karipyezoeffekt asosida esa elektr tebranishlarni mexanik tebranishlarga o‘zgartirib beradi. Bundan tashqari, pyezoelektriklardan elektr tebranishlar generatorlarining chastotalarini stabillashtirishda, tez o‘zgaruvchan bosimlarni o‘lchashda keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |