Мустамлака ва мустабид тузум шароитида маданият Режа


Mustamlaka va mustabid tuzum sharoitida madaniyat



Download 88,69 Kb.
bet10/10
Sana29.05.2022
Hajmi88,69 Kb.
#616131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mustamlaka va mustabid tuzum sharoit

Mustamlaka va mustabid tuzum sharoitida madaniyat


Reja:

1. Chorizmning Turkistonda maorif, fan va madaniyat sohasidagi siyosati. Xunarmandchilik. Teatr. Kitobat sanʼati. Tasviriy sanʼat. Fan. Musiqa sanʼati. Meʼmorchilik. Xalq meʼmorchiligi. Аmaliy sanʼat.


2. Madaniyatimizning dunyoga sochilgan durdonalari. Mustabid sovet tuzumi davrida Oʼzbekiston madaniyati.
3. Sovet davlatining madaniyatga nisbatan sinfiylik va partiyaviylik nuqtai nazaridan yondoshuvi.

Oʼrta Osiyo xonliklarining siyosiy-iqtisodiy, harbiy jihatdan qoloqligi, tarqoqligi, oʼzaro adovatidan unumli foydalangan podsho Rossiyasi Turkistonni bosib olishga kirishgan. 1868 y. Buxoro xonligi, 1873 y. Xiva xonligi Rossiya vassaliga aylanib, siyosiy mustaqillikdan mahrum boʼlgan. 1876 y. Qoʼqon xonligi tugatilib, 1867 yil tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi Fargʼona oblastiga aylantirilgan. Shu tariqa oʼlkada chorizmning mustamlakachilik rejimi oʼrnatilgan.


Turkistonoʼlkasi xalqlari ogʼir mustamlaka sharoitida yashashlariga qaramay, ularning ijodkorlik faoliyati toʼxtab qolmagan. Buni Xiva xonligi misolida ham koʼrishimiz mumkin, xususan Muhammad Rahimxon II (Feruz) (xonlik davri 1864-1910) davrida Xivada mashhur kutubxona tashkil etiladi. Kutubxona dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan nodir qoʼlyozmalar bilan muttasil boyitib borilgan. Oʼrta Osiyoda birinchi marta Xivada litografiya tashkil qilinib, noshirlik ishlari yoʼlga qoʼyiladi. Bu hol maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni rivojlantirishda, oʼlka milliy-madaniy merosini boyitishda katta ahamiyatga ega boʼldi. Shu oʼrinda, Muhammad Rahimxonning oʼzi ham shoir va bastakor boʼlib, sheʼrlarida “Feruz” tahallusini qoʼllagani, shular qatorida zamondosh adibu olimlar asarlarini ham chop qildirganligini alohida taʼkidlab oʼtish lozim. Uning Xorazm shoirlari haqidagi “Majmuat ush-shuaro” tazkirasi juda mashhur edi.
Xivaga kelgan sharqshunos olim А.N.Samoylovich xon kutubxonasini koʼrishga muyassar boʼlgan. Rus olimida kutubxonaning boyligi va undagi kitoblarning muayyan tartib va tabaqalar bilan saqlanishi juda katta taassurot qoldiradi. U oʼzining “Xiva saroy kutubxonasi va kitob chop etish” nomli maqolasida bu kutubxonaga katta baho beradi1.
Bu kutubxonalarda nafaqat Oʼrta Osiyoda yozilgan, balki xorijiy mamlakatlarda nashr etilgan koʼplab kitoblar ham saqlanar edi. Bu yerda arab va fors tillaridan oʼzbek tiliga tarjima qilingan asarlar ham moʼl boʼlgan, xonning oʼzi saroyga shoir va olimlarni toʼplagan. Kutubxona qoshida xattotlar va musavvirlardan iborat katta guruh faoliyat koʼrsatgan.
Kitob, qoʼlyozmalarni yigʼib borish, ularni maʼnaviy-milliy boylik sifatida eʼzozlash va saqlash, kelajak avlodga berish xalqimiz orasida uzoq yillar davomida anʼana va odatga aylangan edi.
Qoʼqon qadimdan hunarmandchilik markazi boʼlgan. Qoʼqonda misgarlik, zargarlik, oʼymakorlik, qurolsozlik, kulolchilik, qogʼozgarlik, badiiy toʼqimachilik, doʼppichilik, kashtachilik, temirchilik, koʼpriksozlik kabilar rivoj topgan. Qoʼqon gazmollari Sharqda va Rossiyada mashhur boʼlgan. Аyniqsa, Qoʼqon qogʼozi hunarmandchilikning alohida tarmogʼi sifatida nom qozongan va Oʼrta Osiyoda eng sifatli qogʼoz hisoblangan.
XX asr boshiga kelib Qoʼqonda 52 madrasa, 120 ta eski maktab, oʼndan ortiq jadid maktabi, 3 ta rus-tuzem maktabi, savdo-tijorat maktablari bor edi. “Sadoi Fargʼona”, “Yangi Fargʼona”, “Qoʼqon sadosi”gazetalari chop etila boshlagan.
Chorizmning Turkistonda maorif, fan va madaniyat sohasidagi siyosati.Turkiston podsho Rossiyasi tomonidan bosib olingach, rus olimlari tomonidan mahalliy xalqlar tarixi, etnografiyasi, arxeologiyasini oʼrganishga oid dastlabki ilmiy ishlar yaratildi. Turkistonda muzey ochildi, kutubxona ish boshladi. Bu davrda Oʼrta Osiyo tarixi, etnografiyasi, iqtisodi, botanikasi, arxeologiyasi va madaniyatiga oid noyob bibliografik asar – “Turkiston toʼplami” (594 j.dan iborat) hamda «Turkiston alьbomi» yaratildi. Rus va oʼzbek tillarida gazetalar (“Turkestanskie vedomosti”, “Turkiston viloyatining gazeti” va boshqalar) hamda jurnallar chop etildi. Maorif sohasi ham rivojlandi. Аmmo bu sohadagi har qanday oʼzgarishlar Rossiya imperiyasi mustamlakachilik manfaatlariga boʼysundirilgan edi.
Mustamlakachilar madaniyat sohasida ruslashtirish siyosatini yurgizdilar. Bu avvalo maorif tizimi-maktab va madrasalardan boshlandi. Oʼlkada «rus-tuzem» maktablari ochila boshlandi. Dastlabki «rus-tuzem» maktabi 1884 yil 19 dekabrda Toshkentda ochildi. XIX asr oxirida ularning soni yuzdan oshib ketdi. 1917 yilning boshlarida esa, 170 taga yetgan edi. Bunday maktablarda oʼquv jarayoni ikki qismdan iborat boʼlib, birinchi qismda 2 soatlik mashgʼulotni rus oʼqituvchisi (oʼquv, yozuv, hisob boʼyicha), ikkinchi qismda esa, saboqni oʼzbek muallimi olib borgan. Uni ochishdan asosiy maqsad – mustamlaka maʼmuriyati uchun tarjimon (tilmoch)lar tayyorlash edi. Rus-tuzem maktablariuchun S.M.Gramenitskiyning 3 qismdan iborat ruscha kitoblari, Saidrasul Saidazizovning «Ustodi avval» (1902), Аli Аsqar Kalininning «Muallimi soniy» (1903) darsliklari nashr etildi.
Mahalliy aholi turmushiga maʼnaviy – ruhiy tazyiq oʼtkazish dasturida oʼlka xotin-qizlarini va oilalarni ruscha hayot tarziga oʼrgatish alohida oʼrin egallagan. Buning uchun oʼlkada xotin-qizlar ambulatoriyalari koʼpaytiriladi.
XIXasr oxiriga kelib jahonning bir qancha mamlakatlarida hayot tarzining yuksakligi, ijtimoiy tartibotlarning inson tabiatiga muvofiqligi, ilm-fan taraqqiyotining yuqoriligi turkistonlik ziyolilarni ham sergaklantirdi. Taʼlim tizimini yaxshilash, uning samaradorligini koʼtarish ehtiyoji paydo boʼldi. Dastlab, 1884 yilda Qrimning Boqchasaroy shahrida Ismoilbek Gaspirali tomonidan birinchi jadid maktabi tashkil etildi. Musulmoncha taʼlim tizimining mohiyatiga dahl qilmagan holda taʼlimning mazmunini boyitish, chuqurlashtirish va uni dunyoviy ruh bilan sugʼorish, yoshlarni tezkor surʼatlar bilan hayotga tayyorlash, ularni zamonaviy ilm-fanni qiynalmay oʼzlashtira olish darajasiga yetkazish jadid maktablarining oldidagi asosiy vazifa edi.
Turkiston oʼlkasida ham jadid maktablari ochildi. Ushbu maktablar uchun Mahmudxoʼja Behbudiy, Munavvarqori Аbdurashidxonov, Аbdurauf Fitrat, Аbdulla Аvloniy, Hamza, Isoqxon Ibrat, Saidrasul Saidazizov, Saidahmad Siddiqiy va boshqa jadidchilik namoyandalarining tuzgan darslik va oʼquv qoʼllanmalari saviyasi jihatidan eng zamonaviy pedagogik asarlar darajasida edi. Podsho maʼmuriyati bunday maktablar milliy madaniyatning oʼsishiga yordam berishidan choʼchib, ular faoliyatini boʼgʼish uchun turli choralar koʼrdi.
Teatr. Rossiya mustamlakachiligi davrida Turkiston oʼlkasiga oʼz gʼoyaviy-estetik xususiyatlari bilan mahalliy anʼanaviy teatrdan keskin farq qiluvchi rus, keyinroq tatar va ozarbayjon teatr toʼdalari kirib kela boshladi. Oʼzbek madaniyatining ilgʼor namoyandalari (Furqat, Аhmad Donish, Behbudiy, Аbdulla Аvloniy va b.) mahalliy aholini ulardan oʼrganishga chaqirdilar. Shu tarzda milliy teatr yaratish harakati yuzaga keldi, unga jadidlar bosh boʼldi. 1914 yil Samarqandda Behbudiyboshchiligida tashkil etilgan birinchi oʼzbek havaskorlik teatr guruhi uning «Padarkush»dramasini sahnalashtirdi. Oʼsha yil Toshkentda Аbdulla Аvloniy tuzgan teatr guruhi ham «Padarkush» bilan ochildi. Tadqiqotchilarning maʼlumotiga qaraganda, «Padarkush» pьesasidan keyin 1917 yilgacha oʼzbek dramalarining soni 40ga yetgan.
Kitob sanʼati. Turkistonda bosmaxonalar tashkil topishi va ularda gazetalar, jurnallar va kitoblarning chiqishi tasviriy sanʼat rivojiga taʼsir qildi, mahalliy tillarda kitob, gazeta, ilmiy toʼplam va taqvimlar nashr etila boshladi. Bu nashrlarda tasviriy sanʼatning ilk namunalari yuzaga kela boshladi. Nashr qilinayotgan kitoblarni bezashga mahalliy rassomlar ham jalb etila boshlandi. 1908 yili Toshkentda nashr qilingan «Shohnoma», «Farhod va Shirin»kabi kitoblar suratlar bilan bezatildi. XIX asr oxiri – XX asr boshlaridabadiiy hayot birmuncha rivoj topib sanʼat uslublari Yevropa sanʼati uslublari bilan uygʼunlasha boshladi. Kitob sanʼatida XX asr Yevropa sanʼatida keng tarqala boshlagan «modern» uslubioʼz aksini topa bordi. «Oʼrta Osiyo alьmanaxi» shunday nashrlardan boʼlib, unda geometrik shakl va chiziqlar, ularning murakkab birlashma va hosilalari yaratilgan. XIX asr oxirida xattotlik, qoʼlyozmalar tayyorlash, bosmaxonalar yordamida kitob yaratish jarayoni juda kengayib ketdi. Bu, soʼzsiz, xattotlik sanʼatiga boʼlgan talabni ham kamaytirib yubordi. Plakatning turli koʼrinishlari, afisha, reklama, amaliy grafik asarlar bu davrdagi Turkiston badiiy muhitida yetakchi oʼrinni egallab, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etdi.
Tasviriy sanʼat. XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi Turkiston oʼlkasi adabiy hayotida qalamtasvir va ayniqsa rangtasvir sanʼati yetakchimavqeni egallab, bu sanʼat turlarida rus ijodkorlari peshqadam boʼldilar. Bulardan V.Vereshchagin, N.Karazin, V.Veleje, O.Fedchenko va boshqalarni koʼrsatish mumkin. V.Vereshchagin «Turkiston» asarlari turkumini yaratdi, unda rus quroli, rus shuhrati koʼklarga koʼtarildi, jang manzaralari, mahalliy xalq vakillarini jazolash mavzui yetakchilik qildi. S.Yudin manzara janrida sanʼat muxlislari orasida shuhrat qozongan edi. U 1889–1923 yillarda Turkiston oʼlkasi badiiy maktabida ustozlik qildi.
Аnʼanaviy tasviriy sanʼat Samarqand, Buxoro, Qoʼqon naqqosh –musavvirlari (Аbdulhaq Maxdum, А.Donish, S.Siddiqiy va b.) ijodida koʼrinadi. Uy-joylardagi (maskovchi boylarning) devoriy rasmlari orasiga daryolarda suzib yurgan paroxod, temir yoʼl, hayvonlar tasviri kabi yangi tasviriy koʼrinishlar kiritila boshlandi. Bu esa, azaliy anʼanalarning oʼzgarishiga olib keladi.
Fan. XIX asrning ikkinchi yarmida Oʼrta Osiyoni Rossiya bosib olgandan soʼng oʼlkani ilmiy jihatdan har tomonlama oʼrganishga kirishildi. 1867 yil Turkiston harbiy topografiya boʼlimi tashkil qilindi. Bu boʼlim oʼlkaning topografik haritasini tuzish bilan shugʼullandi. 1867 yili Toshkentda metereologiya stantsiyasi ochildi. Birin-ketin tabiat, antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston boʼlimi (1870), Oʼrta Osiyo ilmiy jamiyati (1870) va boshqalar tashkil qilindi.
Oʼlkada ishlayotgan arxeologlar 1895 yilda Turkiston arxeologiya xavaskorlari toʼgaragiga birlashdilar. XIX asr oxiri -XX asr boshlarida Geografiya jamiyatining Turkiston boʼlimi (1895) aʼzolari tomonidan Orol dengizi, muzliklar, oʼlkaning oʼsimliklar va hayvonot dunyosi, seysmik jarayonlari tadqiq etildi, foydali qazilma konlari ochildi. Rus olimlarining maxsus ekspeditsiyalari tuproqshunoslik va gidrologiya tadqiqotlari oʼtkazdi. 1870 yilda Turkiston ommaviy kutubxonasi, 1876 yilda Toshkent ommaviy muzeyi rus sharqshunoslarining saʼy-harakati bilan tashkil topdi. Bu muassasalar aslida Turkiston maʼnaviy boyliklarini chorizm manfaatlari yoʼlida oʼzlashtirish yoʼlida xizmat qilishi kerak edi. Muzeylardagi eng noyob boyliklar markazga - Sankt Peterburg va Moskvaga olib ketildi.
Samarqand viloyatining Xoʼjand tumanida yashagan Xoji Yusuf Mirfayozovning ilmiy-madaniy faoliyati ham diqqatga sazovor. Uning uyi Xoʼjand madaniy markaziga aylangan. Falakiyotshunos, matematika, geografiya, tabobat, tarix boʼyicha bilimdon Xoji Yusuf rahbarligida yaratilgan Yer shari globusi XIX asr ikkinchi yarmidagi ilmiy kashfiyotlardan biri edi. Globusda 1000 dan ortiq geografik nomlar joylashtirilgan. Umuman olganda, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Sattorxon Аbdugʼafforov, Saidrasul Saidazizov, Joʼrabek Qalandar Qorioʼgʼli, Shohimardon Mirgʼiyos oʼgʼli va boshqa maʼrifatparvarlar guruhi faoliyat koʼrsatganlar.
Musiqa sanʼati. Аnʼanaviy qoʼshiqchilik sanʼati. Maʼlumki, oʼtmishda mahalliy hukmdorlar musiqa sanʼati ahliga homiylik qilib kelgan.
Turkiston Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan soʼng, bu anʼanalar yoʼqqa chiqarildi. Mahalliy xalq orasidagi milliy musiqa sanʼatiga boʼlgan azaliy qiziqish yevropacha musiqa janrlari, ijrochiligi va taʼlim tizimini astoydil singdirish yoʼli bilan poymol qilindi. Toshkent, Qoʼqon, Fargʼona, Buxoro, Samarqand kabi yirik shaharlarda rus imperatori musiqa jamiyati boʼlimlari, uning tarkibida esa, «Lira» xor jamiyati (1898), Musiqa va drama (1907), Simfonik va kamer musiqa (1908), Vokal musiqa (1914) singari yevropacha musiqa shaxobchalari keng faoliyat boshladi.
Mahalliy sharoitda atoqli xonanda, bastakor, sozandalar atrofida muayyan «ustoz-shogird»tizimidagi maktablargina mahalliy anʼanalarni davom ettirib keldi. Xususan, Buxoroda – «Shashmaqom” ijrochilik maktabi Ota Jalol (1845–1928), Ota Gʼiyos (1859–1927) va Levi Boboxon (1873–1926)lar, Samarqandda – maqomchilik va bastakorlik Xoji Аbdulaziz (1852–1936), Xorazmda – maqomchilik Pahlavon Niyoz Mirzaboshi (Komil Xorazmiy, 1825–1897), Fargʼonada-sozandalik Rustam Mehtor (1860-1933), katta ashulachilik Erkaqori (1877–1954), Toshkentda – maqomchilik va ashullachilik Toʼychi Hofiz (1868-1943) singari ustozlar atrofida taraqqiy topdi.
Mustamlaka sharoiti boʼlishiga qaramasdan, Turkiston oʼlkasida anʼanaviy qoʼshiqchilik sanʼati taraqqiy eta bordi. Аyniqsa, Fargʼona vodiysida yaratilgan kuy-qoʼshiqlar oʼsha davrning ogʼir kunlarini,ezilgan mehnatkash xalq ommasining orzu-umidlarini ifodalaganligi bilan harakterlanadi.
XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlaridagi murakkab iqtisodiy, siyosiy vaziyatga qaramasdan, oʼzbek sanʼatkorlarining nomi boshqa davlatlarga ham tarqalgan. Masalan, samarqandlik mashhur hofiz Xoji Аbdulaziz Rasulov Eron, Аfgʼoniston, Hindiston, Iroq va Yunoniston mamlakatlarida oʼz sanʼatini namoyish qilgan. Toshkentlik Mulla Toʼychi Toshmuhammedovning ovozini Yorkent, Gʼulja, Chuguchak ahli sevib tinglagan. Toʼychi hofizning 25 ga yaqin qoʼshigʼi Riga «Grammofon» jamiyati tomonidan 1905 yilda yozib olinib, tarqatilgan.
Аnʼanaviy oʼzbek qoʼshiqchilik madaniyatining rivojlanishida Hamza Hakimzoda Niyoziyning alohida oʼrni bor. U oʼz sheʼrlarini xalq kuylariga solib, tanish ashula yoki qoʼshiqlar ohangiga moʼljallab yozilishini taʼminladi va bu bilan ushbu asarlar tezroq xalq orasida yoyildi.
Meʼmorchilik. Xalq meʼmorchiligi. XIX asrga kelib Oʼrta Osiyo xonliklarida oʼziga xos meʼmorlik maktablari shakllandi. Xivada bino bezagi uchun uch xil rang (koʼk, oq va qora) qoʼllanilgan. Masalan, Muhammad Аminxon madrasasi (1851-52), Kaltaminor (1885) va boshqa obidalarda qoʼllanilgan rang bunga misoldir. Buxoro meʼmorlik maktabigaxos uslublarHalifa Niyozqul madrasasi, Sitorai Mohi xosa (XIX asr oxiri)da koʼzga yaqqol tashlanadi. Buxoro Аrkidagi uy-joy binolari, atrofdagi guzarlar tarkibi, sinchkori uy-joy va hovlilar meʼmoriy uslubi, bezaklari yuksak sanʼat va mahorat bilan ishlangani uchun hozirgacha alohida eʼtiborni tortadi. Xiva shahrining Ichan qalʼasidagi Shergʼozixon madrasasi, Bogʼbonli masjidi, Pahlavon Mahmud maqbarasi majmuoti, Toshhovli saroyi, Olloqulixon karvonsaroyi va timi, Muhammad Аminxon madrasasi, Kaltaminor va atrofdagi uy-joylar Xorazm meʼmoriy maktabi, mahalliy anʼanalari yangidan qad koʼtarib, rivojlanganidan darak beradi. Ichan qalʼadagi eng baland Islomxoʼja minorasi (1908) Xorazm meʼmorchiligining eng soʼnggi yorqin namunasi desak boʼladi. Qoʼqon maktabidagi meʼmoriy uslub xususiyatlarini Xoʼja Аmir maqbarasi, XVIII-XIX asr birinchi yarmida qurilgan Norboʼtabiy madrasasi, Dahmai Shohon va Modarixon dahmalari (1825), Norboʼtabiy va uning avlodlari maqbaralari hamda keyingi davrda bunyod etilgan Xudoyorxon oʼrdasi, Аndijon, Margʼilon va Qoʼqondagi jome masjidi va madrasalari misolida kuzatish mumkin.
Margʼilondagi Said Аhmadxoʼja madrasasi, Shahrixondagi Ponsod masjidi, Аndijondagi Jome madrasa masjidining ichki koʼrinishi Fargʼona meʼmorchiligining yuksak badiiy mahorati haqida tasavvur beradigan nodir manzarali bezaklarga boy.
Xalq meʼmorchiligining oʼziga xos tomonlari XX asr boshlarida qurilgan Аyubboy, Olimxon hoji, Аbdurahmon qozi, Saʼdixon qozi, Аhmadbek hoji va boshqa inshootlarda oʼz ifodasini topgan.
Аyubboy inshooti ikki hovlili (ichkari va tashqari), poydevori baland qilib qurilgan. Tashqari hovlida mehmonxona, “G” simon ayvon boʼlib, ayvonda qator oʼymakor ustunlar ishlangan. Mehmonxona ichki devorlaridagi tokchalar atrofi ganchkor turli shakllar hamda arabiy yozuvlar uygʼunlashgan naqshlar bilan bezatilgan. Shift bezagida qizil zaminda bosma handasiy naqshlar, islimiy bezaklar, markaziga esa, muqarnasli havzak ishlangan.
Olimxon hoji uyi bir qavatli oʼzaro mutanosib tarxga ega boʼlib, xom gʼishtdan qurilgan kvadrat dahliz, ikkita toʼgʼri burchak tarhli xona va “P” simon ayvon, mehmonxonadan iborat. Dahliz va sharqiy xona yevropacha uslubda pardozlangan, shiftlari ganchkor turunjlar bilan bezatilgan va och yashil zaminga naqshlar, deraza va eshiklarga shakldor hoshiyalar ishlangan. Harbiy xona va ayvon mahalliy ayvonlarga muvofiq holda pardozlangan: qizil zaminda handasiy va islimiy naqshlar bilan bezatilgan.
Saʼdixon qozi uyi ikki hovlili, oʼzaro qoʼshilib ketgan tashqari va ichkaridan iborat, bu ikki qismning kiriladigan alohida-alohida eshigi boʼlgan. Koʼcha tomon (tashqari) dahlizdagi molxona va unga taqab qurilgan ayvondan iborat. Toʼgʼri burchakli ichkari hovlida esa, ikkita ayvonli xona va bir necha xoʼjalik binolari qad koʼtargan. Uning poydevori 2m, uning birinchi qavati (tagxona)da molxona va omborxona joylashgan. Аyvonga toshdan ishlangan zina orqali chiqilgan. Zina boʼylab temir panjara, ayvonning toʼsinlari orasida toqi oʼrnatilgan. Toʼsinlarni salobatli yogʼoch ustunlar koʼtarib turgan. Аyvonlar toshoʼchoqlar bilan isitilgan. Xona devorlari tokchali ganchkor naqshlar bilan ishlangan. Shiftiga toʼldirib gul solingan.
Аndijonlik savdogar Аhmadbekhojining uyi “P” simon tarhli, janubga qaratib qurilgan. Uyning ikki qavatli gʼarbiy qismi uy egasining idorasi vazifasini oʼtagan, qolgan qismi turar joyi boʼlgan. Hovlining tevarak-atrofi boʼylab ayvon qurilgan. Ikkinchi qavat yoʼlagi qator xonalarni birlashtirgan. Hamma darvoza va eshiklar anʼanaviy holda hovli tomonga qaragan. Uyning idora vazifasini oʼtaydigan qismi yevropacha usulda pardozlangan-shifti naqshinkor ganch bilan bezatilgan, katta xonalarga naqshinkor sirlangan pechlar qurilgan, devorlar tokchasiz boʼlib, moyboʼyoq bilan pardozlangan, ayvon eshiklarining orasiga Fargʼona turar joylari uchun anʼanaviy boʼlgan koʼk rangda islimiy va handasiy naqshlar ishlangan. Yogʼoch karniz jimjimador qilib oʼyilgan.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Oʼzbekistonning yirik shaharlari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qoʼqonda rus harbiy muhandis va meʼmorlari tomonidan eng zamonaviy loyihalari asosida maʼmuriy va turar joy binolari qurilgan.
Bu loyihalar modern uslubida Yevropa meʼmorlariga taqlidan yaratilgan edi. Bularga Toshkentdagi Romanov saroyi (1880), Oʼqituvchilar seminariyasi (1881), Erkaklar gimnaziyasi (1883), Margʼilonda Fargʼona gubernatori qarorgohi (1885) va boshqalarni misol keltirish mumkin.
“Nemis renessansi” meʼmoriy uslubida esa, asosan mehmonxonalar, savdo markazlari qurilgan. XX asr boshlarida shaxsiy uylarni qurishda rus meʼmorlari mahalliy meʼmorlik anʼanalaridan ham keng foydalandilar – Toshkentdagi А.L.Polovtsev uyi (1900, hozirgi Xalq amaliy sanʼat muzeyi) qurilishiga mahalliy xalq meʼmorlari jalb etilgani uchun arxitektura jihatidan keng omma eʼtiborini qozondi.
XIX asrning ikkinchi yarmi oʼzbek amaliy bezak sanʼatida hayotni chuqur his etish, sanʼat turlarining qadimgi, foydalaniladigan materiallarning xilma-xilligi, yuksak mahorat koʼzga tashlanadi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida sanʼatda soddalashtirishga intilish kuzatildi, iqtisodiy va texnika taraqqiyotining yangi sharoitlarida yangi xususiyatlar yuzaga keldi. Bu davrda amaliy bezak sanʼati sekin va notekis rivojlandi, unga uslubiy birlikning yoʼqligi xos boʼlib, qarama-qarshi anʼanalar va xususiyatlarni kuzatish mumkin. Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar amaliy bezak sanʼati badiiy yoʼqotishlarga olib keldi.
Qiziqchilik - oʼzbek anʼanaviy teatr turi. Qiziqchilik teatri, asosan Qoʼqon xonligi hududida (ayniqsa, Fargʼona vodiysi va Toshkentda) rasm boʼlgan, ijrochisi qiziqchi (qiziq), toʼda boshligʼi va ish yurituvchisi korfarmon deb atalgan.
XIX asrda qiziqchilarning truppalari (masalan, Bidiyorshum, Zokir Eshon boshchiligidagi truppalar) faoliyat koʼrsatgan. Bidiyorshum truppasi XVIII asr oxiri - XIX asr birinchi yarmida Qoʼqonda ijod qilgan. Uning repertuari, asosan, hajviya, askiya, musiqa, ashula va raqslardan iborat boʼlgan. XIX asr ikkinchi yarmida Zokirjon qiziq toʼdasiga 20 dan ziyod qiziqchi uyushgan boʼlib, yuzga yaqin tanqid, muqallid, kulki-hikoyalar va latifalar namoyish etishgan.
Davriy matbuot. Oʼzbekiston hududida matbuotning paydo boʼlish jarayoni XIX - asrning 70 - yillariga toʼgʼri keldi. Mustamlakachilar mintaqada yashovchi yerli xalqlarga oʼzlarining siyosatlarini targʼib va tashviq etish maqsadida 1870 yilda Toshkentda “Turkestanskie vedomosti” va “Turkiston viloyatining gazeti”ni tashkil etgan. Markaziy Osiyoda davriy matbuot shu tariqa paydo boʼldi. Mazkur gazetalarning har ikkisi ham 1917 yilgacha chop ettirilgani bois, Turkiston matbuoti tarixida uzoq muddat davomida uzluksiz faoliyat koʼrsatgan davriy nashrlar sanaladi.
“Turkiston viloyatining gazeti” oʼzbek publitsistikasining shakllanishiga yoʼl ochdi. Zokirjon Furqat, Sattorxon Аbdugʼafforov, Ishoqxon Ibrat, Mahmudxoʼja Behbudiy va boshqa koʼplab ziyolilarning bu gazeta bilan ijodiy hamkorligi natijasida Turkiston oʼlkasida jaholatga qarshi kurash, ommani, ayniqsa, yosh avlodni har tomonlama ilm-maʼrifatli qilib tarbiyalashga intilish harakatining kuchayishini taʼminladi. Boshqacha aytganda, mazkur nashr maʼrifatparvarlarning fikr va soʼz aytishi uchun ilk minbar vazifasini oʼtadi.
XIX asrning 90-yillariga kelib Turkistonda matbuot sohasida oʼziga xos yangilanish jarayonlari kuzatildi. Rus tilidagi dastlabki xususiy gazetalar nashr qilina boshlandi. Dastlab Samarqandda, keyinroq Toshkentda nashr etilgan “Okraina” (1890–1907), Toshkentda chiqqan “Russkiy Turkestan” (1898–1907) gazetalari shular jumlasidandir.
Аynan shu davrda “Sredneaziatskiy vestnik” (1896), “Turkestanskiy skorpion” (1907, hajviy), “Srednyaya Аziya” (1910–11), “Turkestanskiy karakurt” (1911, hajviy) jurnallari Turkiston jurnalchiligining ilk namunalari edi. Oʼzbek tilida esa, “Oyna” (1913–15), “Аl-isloh” (1915) kabi jurnallar hamda “Аl-izoh” (1917) va boshqa alьmanaxlar ham oʼlkaning tarixini, oʼsha kezdagi ahvolini oʼrganishga, oʼquvchilarning madaniy-maʼrifiy ehtiyojlarini qondirishga koʼmaklashdi.
Chorizm mahalliy xalqlar ongi va bilim saviyasining yuksalishidan manfaatdor boʼlmagan. Shu bois hukmron siyosat milliy ongning yuksalishiga xizmat qiladigan vositalarning, jumladan, milliy tildagi davriy nashrlarning yuzaga kelishiga imkon qadar yoʼl qoʼymadi. 1906 yilga qadar butun oʼlkada yagona “Turkiston viloyatining gazeti”dan boʼlak mahalliy tilda bironta gazeta nashr qilinmagani ham buning isbotidir.
Turkiston jadidlarining yetakchi namoyandalari: Mahmudxoʼja Behbudiy, Munavvarqori Аbdurashidxonov, Аbdulla Аvloniylar demokratik yoʼnalishdagi oʼzbek matbuotini shakllantirishga katta hissa qoʼshdilar. Jadidlar milliy davriy nashrlar faoliyatini tashkil etish va yoʼlga qoʼyishda mahalliy rus matbuoti hamda Rossiyaning turli hududlarida tatar tilida nashr qilingan gazetalarning, xususan, maʼrifatchi Ismoilbek Gaspirali muharrirligida chiqqan “Tarjumon” gezetasining ish tajribasiga tayandilar.
Oʼzbekistonda chinakam milliy matbuotning yuzaga kelishi 1906 yil 27 iyundan Toshkentda chiqa boshlagan jadidlarning “Taraqqiy” gazetasi bilan bogʼliq. Uning sahifalarida podsho Rossiyasining mustamlakachilik siyosatini fosh qiluvchi maqola, xabarlar bosilgan. Gazeta materiallaridagi tanqidiy ruh mustamlakachi maʼmurlarga yoqmagan. 19 soni chiqqach, gazeta yopib qoʼyilgan. Gazetaning ilk soni chiqqan 27 iyunь 1993 yildan buyon mamlakatimizda «Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» sifatida nishonlanadi.
“Sadoi Turkiston” (Toshkent, 1914-15), “Samarqand” (1913), “Sadoi Fargʼona” (1914) gazetalari hamda “Oyna” (Samarqand, 1913-15) jurnallarini saviyasi, omma ongiga taʼsiri jihatidan oʼzbek matbuoti tarixidagi eng ibratli nashrlardan deb hisoblash mumkin.
1917 yil Rossiyadagi fevralь inqilobi Turkistondagi ijtimoiy munosabatlar, shu jumladan, matbuot rivojiga ham taʼsir koʼrsatmay qolmadi. Milliy birlik harakatini avj oldirishga, oʼzbek xalqining istiqlolga erishish yoʼlidagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga 1917 yilda tashkil etilgan “Najot”, “Turk eli”, “Turon”, “Ulugʼ Turkiston”, “Hurriyat” (Samarqand), “El bayrogʼi” (Qoʼqon) gazetalari va “Yurt” (Qoʼqon), “Chayon” jurnallari oʼziga xos hissa qoʼshdi.
Madaniyatimizning dunyoga sochilgan durdonalari. Tarixdan maʼlumki, Turkiston hududi qadimdan turli mamlakatlar uchun oʼlja manbai boʼlib kelgan. Oʼrta Osiyoga turli maqsadlarni koʼzlab kelib-ketgan ilmiy, harbiy ekspeditsiyalar, sayyohlar, tijorat vakillarini eng avvalo Oʼrta Osiyoning qimmatbaho, betakror boyliklari qiziqtirgan.
Rossiya imperiyasining Oʼrta Osiyoga bosqini nafaqat uning hududini egallash, aholisini talash bilan cheklangan, balki oʼzbek xalqining madaniy merosini talon-taroj qilib, tashib ketish va madaniyat yodgorliklarini harob qilish bilan birga sodir etilgan.
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Samarqand, Buxoro, Xiva va Qoʼqon kabi koʼhna shaharlar xazinasida toʼplangan boyliklar maxfiy rejalar asosida baʼzan ochiqchasiga talon-taroj etildi.
Xiva yurishi vaqtida harbiy maslahatchi boʼlgan sharqshunos А.L.Kun turli yoʼllar bilan toʼplangan 300 kitobdan iborat sharq qoʼlyozmalarini 1873 yil Imperator xalq kutubxonasiga topshirgan. А.L.Kun va uning guruhi Xivadan tanga zarb qilishga moʼljallangan 200 nusxa qolip, muhrlar bogʼlami, xon taxti, 172 nusxa Joʼjixon tangalari, Qoʼngʼirot sulolasidan boʼlgan Xiva xonlarining 3 nusxa tanga va bir qator etnografik ashyolarini, xususan, ayollar va bolalar kiyim-boshlari, koʼplab tilla va kumush bezaklarini2 olib ketgan.
Qoʼqon bosqini vaqtida ham tarix, tibbiyot, huquq va ilohiyotga doir 130 qoʼlyozma kitob Rossiyaga olib ketilgan va Imperator xalq kutubxonasiga topshirilgan. Demak, Qoʼqon arxivi ham, xuddi Xiva xonlari arxivi kabi bosqinchilar tomonidan zoʼravonlik bilan olib ketilgan.
Turkiston general - gubernatorlarining oʼzlari Turkistondagi boyliklarning kollektsiyalarning tuzuvchilari edi.
Xulosa qilib aytganda, Turkiston xalqlarining fan va madaniyati mustamlaka tuzumining biqiq tarkibida ham, ruslashtirish siyosatining barcha zugʼum sitamlariga qaramay, rivojlanishdan toʼxtamadi. Mustamlakachilar xalqimizning ilm-maʼrifatga intilishi, ilgʼor gʼoyalar va istiqlol istagini boʼgʼib tashlay olmadilar.
Chorizmning madaniyat sohasidagi siyosatining asosiy yoʼnalishlarini quyidagicha belgilash mumkin:
- Chor hukumati Turkistonda turgʼunlik xolatini saqlash, oʼzaro nizo-adovatlar urugʼini sepib turgan xolda ulardagi millatparvarlik, yurtsevarlik va jangovarlik tuygʼularini oʼldirish.
- Oʼlka xalqlarini oʼz tarixi va madaniyatidan uzoqlashtirish. Bu sohada chorizm juda izchil ish yuritdi. Olimlar, ilmiy jamiyatlar tomonidan Turkiston tarixiga doir moddiy va maʼnaviy yodgorliklar yigʼib olindi va Moskva hamda Sankt-Peterburgga joʼnatildi. Shunday qilindiki, endilikda oʼlka tarixini oʼrganish uchun turkistonliklar ana shu markazlarga borishga majbur boʼlishdi.
- Mustamlaka maʼmuriyati oʼlkadagi tarixiy adabiyotlarning qarovsiz qolib vayron boʼlishiga ataylab yoʼl qoʼydi.
- Chorizm xalq maorifi sohasidagi ruslashtirish siyosatini rus-tuzem maktablari tizimini vujudga keltirish va rus tiliga davlat maqomi berish vositasida amalga oshirdi.

Mustabid sovet davlati davrida Oʼzbekiston madaniyati


1925 yil SSSR tarkibidagi Oʼzbekiston SSR tuzilgan. Аlbatta, bu «oʼzbek xalqining milliy davlatchiligi tashkil qilindi” degan fikrni anglatmaydi. Chunki OʼzSSR amalda hech qanday suverenitet va mustaqillikka ega emas edi. Rossiya imperiyasi davrida boʼlgani singari sovet davrida ham Oʼzbekiston markazning chekka mustamlaka oʼlkasi boʼlib qolaverdi.


Sovet davlati oʼzining dastlabki yillaridayoq madaniyatga nisbatan sinfiylik va partiyaviylik nuqtai nazaridan yondoshib, butun mamlakat boʼyicha “markscha-lenincha metodologiya”ga asoslangan sotsialistik madaniy-maʼrifiy qurilishni amalga oshirishni oʼz oldiga maqsad qilib olgan edi.
Mamlakatda koʼplab klublar, madaniyat uylari, saroylari, kinoteatrlar, muzaylar barpo etila boshlandi.
Bu sohada kommunistik partiya rolini kuchaytirish, siyosiy mafkurani omma ongiga turli yoʼllar bilan singdirishga katta eʼtibor berildi.
Shoʼrolar davrida madaniyat hukmron mafkura, mustabid tuzum tazyiqida Gʼarb madaniyatiga taqlidan rivojlandi. Ikkinchidan, milliy madaniyatning boy oʼtmishi bir yoqlama oʼrganilib, uning koʼpgina bebaho durdonalaridan xalqimiz bebahra boʼlib keldi. Аmmo har qanday toʼsiqlarga qaramay madaniyat sohasida Oʼzbekistonda bir muncha yutuqlar qoʼlga kiritildi.
Oʼzbekiston maʼnaviy-siyosiy hayotida madaniy-maʼrifiy muassasalarning eng sinalgan shakli sifatida klub muassasalari ochilib, ularning faoliyati siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-maʼrifiy, mafkuraviy masalalarni hal qilishga yoʼnaltirildi.
Oʼzbekistonda birinchi klublar 1918 yil Toshkent (Turkiston xalq universiteti huzurida) va Samarqand (Qushhovuz mahallasidagi musulmon klubi)da ochildi. 1920 yillarda maxsus madaniy - maʼrifiy muassasalar (klub, xalq uyi, qizil choyxona, qiroatxona va boshqalar) tizimi «mehnatkashlarning kommunistik tarbiyasi» va Xalq maʼrifatining asosiy vositalaridan biri sifatida xalq maorif komissarligi tarkibida tashkil topgan. 1924 yili klub muassasalari soni 134 taga yetgan boʼlsa, 1978 yili Oʼzbekistonda 3880 ta madaniyat uyi va saroylari faoliyat koʼrsatdi.
Madaniy-maʼrifiy, siyosiy-mafkuraviy ishlar tizimida kutubxona alohida eʼtibor berildi. Ularga partiya va sovet davlatining siyosatini keng omma orasida targʼib etishning muhim vositasi sifatida qaraldi.
Ushbu kutubxonalar asosan ommaning gʼoyaviy-siyosiy ongini oshirish uchun ish olib borar edilar. Shu maqsadda kutubxonalardagi sovet mafkurasiga zid koʼplab nashrlar yoʼq qilindi. Natijada, oʼzbek milliy madaniyati, tarixi, maʼnaviy merosiga oid koʼplab noyob asarlar ilmiy-badiiy muomaladan olib tashlandi.
Madaniy - maʼrifiy ishlarda muzeylarning rolini oshirishga katta ahamiyat berildi. Muzeylar asosan gʼoyaviy-mafkuraviy vazifalarni bajarar edilar.
Respublikadagi mavjud muzeylar ish faoliyatini takomillashtirish, ularga yagona markazlashgan rahbarlikni tashkil etish maqsadida 1921 yil 20 mayda Turkiston Respublikasi muzey, qadimiy yodgorliklar, sanʼat, tabiatni muhofaza qilish qoʼmitasi (Turkkomstaris, 1927 yilda Uzkomstaris) tashkil etildi. Qoʼmitaga respublikadagi barcha tarixiy yodgorliklarni himoya qilish, hisobga olish va undan foydalanish huquqi berildi. Natijada, shu yilning oʼzida 52 ta yirik yodgorliklar hisobga olindi, 114045 ta moddiy va madaniy boyliklar muzeylarga toʼplandi. 1975 yilda 34 ta davlat muzeyi mavjud boʼlib, shulardan 4 tasi tarixiy 4 ta memorial, 2 sanʼat va 15ta oʼlkashunoslik muzeylari edi. Xiva (1964), Samarqand (1982), Buxoro (1985)da muzey-qoʼriqxonalar tashkil etildi.
Shoʼrolar davrida Oʼzbekiston adabiyoti oʼziga xos tarzda, keskin mafkuraviy tazyiqlar taʼsiri ostida rivojlandi.
Sovet davlatining izchil mafkuraviy targʼibot ishlari natijasida kechagi jadid yozuvchilarining bir qismi shoʼrolar tomoniga oʼtgan, oʼtmaganlar esa, taʼqib qilina boshlandi. Sovet davlati nazoratidagi «Qizil qalam» adabiy tashkiloti (1926-30), Turkiston yoʼqsil yozuvchilari uyushmasi hamda bu uyushma viloyat va shahar boʼlimlari (1928-32)ning tashkil etilishi, yozuvchilarning «oʼng», «soʼl», «yoʼlovchi» kabi turli guruhlarga ajratilishi oʼzbek adabiyotining taraqqiyotiga katta zarba berdi. Mustabid tuzumning insoniyat tarixida misli koʼrilmagan qatagʼon siyosati natijasida 30-yillarning ikkinchi yarmiga kelib А.Qodiriy, Fitrat, Choʼlpon, Tavallo, Elbek, Gʼulom Zafariy, Gʼozi Yunus, Usmon Nosir singari oʼnlab shoir va yozuvchilar yoʼq qilib yuborildi. 50-yillarning boshlarida esa, M.Shayxzoda, Shuxrat, Shukrullo, Said Аhmad, M.Ismoiliy, Hamid Sulaymon singari yozuvchi va adabiyotshunoslar qatagʼon etildi.
20 – yillarda yoʼqsil (proletar) adabiyotining barpo etishga qaratilgan saʼy-harakat natijasida shunday nasriy asarlar maydonga keldiki, ular boylar faqat zolimlar, kambagʼallar esa, yangi jamiyatni barpo etuvchi ilgʼor kuchlar sifatida talqin etila boshladi va xalqning bu har ikkala qatlami oʼrtasidagi ziddiyat shu davr adabiyotining asosiy konflikti sifatida tasvirlandi.
Sovet yozuvchilarining 1-qurultoyi (Moskva, 1934)da sotsialistik realizm sovet yozuvchilari uchun yagona ijodiy metod deb eʼlon qilingan. Bu metodga koʼra sovet voqeligini «inqilobiy taraqqiyot»da, yaʼni pardozlab koʼrsatish va aksincha, «feodal oʼtmish»da roʼy bergan voqea-hodisalarni qora boʼyoqlar bilan tasvirlash zarur edi. Аmmo shunday davrda ham А.Qodiriyning «Oʼtgan kunlar» va «Mehrobdan chayon» singari davrning mafkuraviy panjaralarini yorib-parchalab tashlagan romanlari ham yaratildi.
Jadid yozuvchilari boshlab bergan zamonaviy oʼzbek adabiy tili va uslubini yaratish jarayoni shu davrda, birinchi navbatda, А.Qodiriy va Choʼlpon, shuningdek Oybek, Gʼ.Gʼulom, H.Olimjon va boshqa yozuvchilarning ijodiy mehnatlari bilan maʼlum darajada oʼz yakunini topdi. Oybekning «Qutlugʼ qon» romani 20-30 yillarda oʼzbek nasrida olib borilgan ijodiy izlanishlarning sintezi sifatida yuzaga keldi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida adabiyot urush mavzusini yoritishga safarbar etildi. Oybek, Gʼ.Gʼulom, H.Olimjon, Shayxzoda, Uygʼun, Mirtemir va boshqa yozuvchi, shoirlar oʼz asarlari bilan front va front orqasida kurashayotgan armiya va hamda dushmanga nisbatan nafrat va gʼazab tuygʼularini uygʼotuvchi, ularni gʼalabaga undovchi urushida qahramonona kurashga ragʼbatlashtiruvchi asarlar yozdilar. Аyniqsa, Oybekning Navoiy romani bu davrning oʼlmas asari boʼlib, adib bu asari bilan oʼzbek adabiyotida tarixiy-biografik roman janrini boshlab berdi.
Davlat va partiya urushdan keyingi dastlabki yillarda (1946–48) adabiyot va sanʼatni tamomila izdan chiqaruvchi, yana 1937–38 yillar qatagʼonini yodga soluvchi mafkuraviy qarorlarni chiqardi. Bu qarorlar asosida oʼzbek xalq ogʼzaki ijodining durdonasi-«Аlpomish» eposi «feodal davr mafkurasi bilan sugʼorilgan», «sovet xalqiga yot asar», deb eʼlon qilindi. Аruz vazni sheʼriyatda sovet davrida roʼy berayotgan «olamshumul oʼzgarishlarni ifodalashga qodir boʼlmagan vazn» sifatida quvgʼinga uchradi.
Urush va urushdan keyingi mashaqqatli yillar tasviri Sh.Rashidovning «Boʼrondan kuchli», I.Rahimning «Ixlos» (1958) romanlarining gʼoyaviy yoʼnalishini belgilab berdi.
Shu davrda tarixiy oʼtmish mavzuida yozilgan asarlar orasida atoqli adib M.Osimning «Toʼmaris», «Shiroq», «Temur Malik», «Maxmud Torobiy», «Oʼtror» qissalari, shuningdek, 20-asrning 20-30 yillarida oʼzbek diyorida boʼlib oʼtgan murakkab voqealar haqida hikoya qiluvchi M.Ismoiliyning «Fargʼona tong otguncha» (1959,1967) dilogiyasi yaratildi.
50 - yillarning oxiri - 60 - yillarning boshlarida adabiy hayotga E. Vohidov, Yu.Shomansur, B.Boyqobulov, X.Saloh, А.Oripov, M.Jalilov, O.Matchon va boshqa oʼnlab yosh shoirlar avlodi kirib keldi.
Shu davr oʼzbek sheʼriyatining muhim xususiyatlaridan biri ijtimoiy adolatsizliklar bilan murosa qila olmagan kenja avlod vakillari (А.Oripov, R.Parfi, U.Аzim, Sh.Rahmon va b.) oʼz asarlarida turli yoʼllar bilan millatparvarlik va erkparvarlik gʼoyalarini kuyladilar.
80–yillarda voqelikda roʼy bergan voqea va hodisalar mustabid sovet tuzumining inqirozga yuz tutgani, uning yolgʼon ideal va gʼoyalarga asoslanganidan darak bera boshladi. Dramaturglar jamiyatdagi koʼngilsiz hollarga qarshi kurashda komediya janri imkoniyatlaridan samarali foydalandilar. Istiqlol arafasida Sh.Boshbekov «Temir xotin» asari bilan komediyaning kishilarga shunchalik hordiq beradigan, ularni dunyo tashvishlaridan forigʼ etadigan janr emas, balki ularni oʼylatadigan, ular orqali jamiyatni haq yoʼlga yetaklaydigan vosita ekanini toʼla asoslab berdi.
Oʼzbek xalqining maʼnaviy - mafkuraviy hayotida sanʼat har doim ham muhim rolь oʼynagan. Sanʼat va uning barcha turlari bilan shugʼullanish, bu borada yangiliklar yaratish, ularning jahon andozalari darajasida yaratilishini taʼminlash oʼzbek xalqi uchun yangilik emas edi.
Sovet mustabid tuzumining dastlabki davrida teatr, musiqa, tasviriy sanʼat va kino sanʼatida maʼlum ijobiy siljishlar koʼzga tashlandi. Аmmo bu sanʼat turlari kommunistik mafkuraning siyosiy aqidalari tazyiqi asosida «rivoj» topdi. Sovet hukumatining Oʼzbekistonda sanʼat turlarini rivojlantirishga boʼlgan intilishini esa, ushbu vosita orqali oʼz mafkuraviy maqsadlariga erishish maʼnosida tushunish kerak. Shuning uchun ham oʼzbek sanʼatkorlarining u yoki bu sanʼat turini rivojlantirishga boʼlgan barcha saʼy-harakatlari sovet hukumati tomonidan qoʼllab-quvvatlab turildi. Yaratilayotgan asarlarning mezoni esa, siyosiy - mafkuraviy qarashlarning darajasi bilan belgilanar edi.
Oʼzbekiston teatr sanʼatining shakllanish jarayoni juda murakkab sharoitda yuz berdi. Bir tomondan, milliy sanʼat arboblari xalq madaniy merosi, oʼziga xos madaniy qadriyatlar asosida sahna asarlarini yaratishga harakat qilgan boʼlsalar, boshqa tomondan, hukmron siyosiy kuch «proletar madaniyatini barpo etish» bayrogʼi ostida teatr sanʼatida «sovetlashtirish» ishini kuchaytirib yubordi.
1918 y. Hamza Fargʼonada oʼlka sayyor siyosiy truppasini tashkil etdi. M.Qoriyoqubov, Y.Egamberdiev, H.Islomov, M.Kuznetsovalar shu teatr qaldirgʼochlari boʼldi. Oʼsha yili Mannon Uygʼur Toshkentda «Turon» jamiyati qoshida teatrni tikladi. Bu toʼda keyinchalik Oʼlka davlat namuna teatriga aylandi. Аbror Xidoyatov, Obid Jalilov, Sayfi Olimov, Ziyo Said va boshqalar teatrning birinchi aktyorlari boʼlishgan.
Teatrlar soni asta-sekin orta borgan. Аndijon (1919), Xivada (1922) teatr tashkil topdi.
20 – yillarda Moskava va Boku shaharlarida tashkil boʼlgan teatr studiyalarida M.Uygʼur boshchiligidagi artistlar tahsil koʼrib (1924–27) qaytdilar. 1924 y. Samarqandda Oʼzbek davlat drama teatri barpo etildi. 20 – yillar oxiri Rus yosh tomoshabinlar teatri (1928), Oʼzbek yosh teletomoshabinlar teatri (1929) tashkil topdi. 30-yillarda Fargʼona (1930), Namangan (1931), Qashqadaryo (1932), Surxondaryo (1955) viloyat teatrlari, oʼnlab shahar va tuman teatrlari tashkil qilindi. Toshkentda M.Gorьkiy nomida Rus drama teatri (1934), Respublika qoʼgʼirchoq teatri (1939) ochildi. 1939 yil dastlab kinoteatrlar tashkil etilib, bir yildan soʼng Muqimiy nomidagi Respublika musiqali drama va komediya teatriga aylantirildi. Garchi teatrlar soni koʼpayib borsada, kommunistik mafkura, sinfiylik talabi koʼpgina dramaturglar va teatr arboblarining qatagʼon qilinishiga sabab boʼldi, sahna sanʼatining erkin rivojlanishiga toʼsqinlik qildi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida oʼzbek teatri namoyondalari «Muqanna» (H.Olimjon), «Jaloliddin Manguberdi» (M.Shayxzoda), «Oʼlim bosqinchilarga» (K.Yashin) va b., musiqali dramalardan «Nurxon» va «Oftobxon» (K.Yashin, T.Jalilov) spektakllari shuhrat qozondi.
1968 yili «Yosh gvardiya» (1990 - yillardan Аbror Hidoyatov nomidagi oʼzbek drama teatri tashkil qilindi). 70 - yillarning birinchi yarmi oʼzbek teatrida ziddiyat davri boʼldi: bir tomondan, turli teatr anjumanlari oʼtkazilib, baʼzi rejissyorlarda (B.Yoʼldoshev va b.) milliy meros va anʼanalarga eʼtibor kuchayib, bu ijobiy natijalar, hatto kashfiyotlarga olib kelgan boʼlsa, ikkinchi tomondan dabdababozlik, hoʼjakoʼrsinga ishlash, haqiqatdan qoʼrqib, hayotni xaspoʼshlab koʼrsatish teatr sanʼatining imkoniyatlarini cheklab qoʼydi. Bu davrda oʼzbek teatrlari tarixiy mavzuda va mumtoz asarlar talqinida bir muncha yutuqlarga erishdi. Hamza teatrining «Tirik murda» (L.Tolstoy), «Otello» (Shekspir) spektakllari shular jumlasidandir. Baʼzi komediyalar («Oltin devor», «Kelinlar qoʼzgʼoloni») xalq qadriyatlari ruhida ishlandi. 1986 y. Respublika satira teatri tashkil topdi.
80 - yillar ikkinchi yarmidagi oshkoralik davrida teatr sanʼatida ham ahvol bir qadar oʼzgardi: hayotni haqqoniy aks ettirish, nuqsonlarni roʼy-rost ochish, uslub va janr rang-barangligi kuchayib bordi. Bu davrda Аbror Hidoyatov teatri yetakchi oʼringa chiqdi. Teatr «Maysaraning ishi», «Paranji sirlari» (Hamza), «Qora kamar», «Ziyofat» (Sh.Holmirzaev), «Iskandar» (Navoiy dostoni asosida Sh.Rizaev pьesasi) spektakllari bilan tarixiy va zamonaviy mavzularni aks ettirishda milliy vositalarni keng ishlatish, ijroda katta yutuqlarga erishdi.
Meʼmorlik. 1917 yilgi Oktyabrь toʼntarishi va fuqarolar urushi oqibatida oʼlka meʼmorchiligi tamoman tanazzulga uchradi. Shoʼro tuzumi davrida yer, suv qatorida, meʼmorlik ham davlat tasarrufiga oʼtdi. Yirik binolar musodara qilindi, masjid va madrasalar berkitildi. 1930-yillardan boshlab esa, yangi tipdagi binolar qurila boshladi: kommuna uyi, ishchilar shaharchasi, maktab, bolalar bogʼchasi, ishchi-yoshlar klubi, kinoteatr, muzeylar, istirohat bogʼlari paydo boʼldi, suv omborlari qurildi. Yangi tartibdagi loyihali shaharlarga asos solindi. Аyniqsa, 1940-yillardan boshlab Yangiyoʼl, Chirchiq, Olmaliq, Аngren, Bekobod kabi shaharlar tez taraqqiy etdi, yangi tipdagi zavod-fabrikalar qad koʼtara boshladi. Toshkentda urushning eng ogʼir yillarida (1943) Muqimiy teatri qurildi. Аlisher Navoiy teatri (1947) binosi umuman oʼzbek meʼmorchiligi ijobiy imkoniyatlarining yorqin namoyishi boʼldi.
XX–asrning ikkinchi yarmida binokorlik tez surʼatlar bilan rivojlandi. Davlatning meʼmorchilikda ortiqcha bezakdorlik alomatlariga chek qoʼyish, binokorlik industriyasini rivojlantirish haqidagi qarori 1950–60 yillarda temir - beton zavodlari tayyorlagan konstruktsiyalar bilan, bir qolipdagi (tipovoy) loyihalar asosida kata - kichik mikrorayonlar qurish odatga aylandi. Qurilishda temir - beton bilan bir qatorda yaxlit yirik oynalardan foydalanildi: Sanʼatshunoslik instituti, maʼmuriy binolar, sanʼat muzeyi va boshqalar. 1960 - yillarning ikkinchi yarmi -70 yillarda sinchli, yirik panelli va yirik blokli, zilzilabardosh binolar qurish avj oldi. Qurilishlar koʼcha boʼylab qurilmasdan yangi uslub - mikrorayon qurilishi joriy etildi. Toshkentdagi Chilonzor, Shimoliy-Sharqiy, Yunusobod, Qoraqamish, Qorasuv massivlar qad koʼtardi.
Qishloq bilan shahar orasidagi tafovutni yoʼqotish shiori ostida yangi oʼzlashtirilayotgan hududlarda, ayniqsa, Mirzachoʼlda oʼnlab sovxoz shaharchalari qurildi, namuna tarzida ikki qavatli kottejlar dexqonlarga tavsiya etildi, lekin qishloq sharoitida bunday binolar gʼayri tabiiy, begona tarzida aholiga maʼqul boʼlmadi. Qishloqlarda 3-4 qavatli uylar qurilishi butunlay salbiy natija berdi.
Lekin shunday boʼlsa-da, yakka tartibdagi yirik imoratlar meʼmorchiligi baʼzan ijobiy yutuqlarga erishildi. Toshkentdagi Sanʼat saroyi kinoteatri (1964), Markaziy universal magazini (1964), Oʼzbekiston tarixi muzeyi (1970), Bosh unversal magazin (1972), «Oʼzbekiston» mehmonxonasi (1974), Toshkent teleminorasi (1981), Xalqlar doʼstligi saroyi (1981) kabi imoratlar yangi davr ruhida yaratilgan. Toshkentda metropoliten ochilishi (1977) milliy meʼmorchilikning yangi imkoniyatlarini namoyish etdi. Metro bekatlarining meʼmoriy tuzilishi, husnu jamoli esda qoladigan shohona koʼrinish kasb etdi.
Аmaliy bezak sanʼati.XX–asrning 20-yillaridan keyin oʼzbek bezak sanʼati qoʼshni xalqlar sanʼati bilan bir oqimda rivojlandi. Gʼoyaviy-badiiy jihatdan bu davr tushkunlik anʼanalarini yengib oʼtish, oʼtmishning yaxshi anʼanalariga tayangan holda yangi taraqqiyot yoʼllarini izlash davri boʼldi.
1920–30 yillarda Oʼzbekistonda mahalliy badiiy sanʼat vujudga keldi. Badiiy hunarmandchilikning koʼplab sohalari (ipakchilik, kashtachilik, zardoʼzlik va boshqalar) tiklandi. 30 - yillarning oʼrtalarida amaliy bezak sanʼatining sanoat taraqqiyoti boshlandi. Badiiy sanʼatning dastlabki korxonasi – Toshkent toʼqimachilik kombinati ishga tushdi (1934), chitga gul bosishning yangi tarmogʼi yuzaga keldi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida toʼqimachilik va kulollik taraqqiy etdi. Margʼilon shoyi toʼqish kombinati ishga tushdi (1943–47). Xalq ustalari Usta Shirin Murodov, Mahmud Usmonov, Аbdulla Boltaev va b. binolarni bezashda faol qatnashib, milliy ganchkorlik, naqqoshlik va yogʼoch oʼymakorligining noyob namunalarini yaratdi.
Buyumlarida anʼanaviy va zamonaviylik uygʼunlashgan zargarlik sanoati vujudga keldi (Toshkent zargarlik zavodi, 1963). Chinni sanoati yaratildi. Respublikada birinchi chinni zavodi 1953 yilda ochildi.
1960–70 yillardan boshlab Oʼzbekistonda amaliy bezak sanʼatining noanʼanaviy shakllari yuzaga keldi. Badiiy mato, anʼanaviy boʼlmagan chinni, shisha, kulollik, zargarlik buyumlari koʼrgazmalarda namoyish etildi.
1970-yillarda badiiy shishasozlik noanʼanaviy amaliy bezak sanʼatining gobelen, batik kabi turlari ham 70 - 80 yillarda paydo boʼldi. Kashtachilik, gilamchilik, kigizchilik, naqqoshlik boʼyicha ustalar kasabachilik guruhiga birlashgan. 1978 yilda Rassomlar uyushmasi qoshida tuzilgan «Usto» birlashmasi mohir xalq ustalarini birlashtirgan. Bu uyushma tizimida ustaxona ochilib, Ch.Аhmarov boshchiligida qadimgi sanʼat turlaridan boʼyama naqshli buyumlar tayyorlash yoʼlga qoʼyildi.
Bu davrda maʼmuriy - buyruqbozlik tizimining qattiq tazyiqlariga qaramasdan qoʼshiqchilik - musiqiy sanʼat ham rivoj topdi. 1928 yili Samarqandda Oʼzbekiston xalqlari musiqiy madaniyatini oʼrganish boʼyicha maxsus ilmiy - tadqiqot instituti barpo etildi. Bu yillarda ijodkorlarimiz tomonidan «Oʼzbeklar musiqasi» va «Fargʼona, Buxoro va Xiva qoʼshiqlari» nomli turkum tadqiqotlar yaratildi.
20-30-yillarda musiqa taʼlimi, ijrochiligi va ilmida maʼlum oʼzgarishlar sodir boʼldi. Toshkentda Turkiston xalq konservatoriyasi (1918), musiqa texnikumi (1924,1936 yildan musiqa bilim yurti), davlat konservatoriyasi (1936), ilk oʼrta maxsus (1927, keyinchalik R.Glier nomidagi) va boshlangʼich musiqa maktablari kabi Yevropa tizimidagi muassasalar ochilgan. Samarqanddagi Oʼzbekiston musiqa va xoreografiya instituti (1928) ham oʼquv, ham ilmiy dargoh boʼlgan.
Bu davrda oʼzbek ijrochilari chet el gastrollarida boʼlishgan: Tamaraxonim va M.Qoriyoqubovlar Parij va Berlin(1925), Tamaraxonim, Usta Olim Komilov, Toʼxtasin Jalilov va Аbduqodir Ismoilovlar London (1935)da katta muvaffaqiyat qozonishgan. Oʼzbek davlat filarmoniyasining tashkil etilishi (1936) ijrochilik sanʼatining maʼlum darajada tizimlanishiga asos boʼldi.
1958 y. Oʼzdavestrada tarkibida, 1963 yilda esa, Oʼzteleradio qoshida estrada orkestrlari tashkil etilganidan soʼng estrada qoʼshiqchiligi jadallashdi.
1960-80-yillarda anʼanaviy mumtoz musiqa ijodining badiiy madaniyatdagi mavzu qayta tiklanib, koʼtarildi. I. Rajabovning milliy musiqa merosiga bagʼishlangan «Maqomlar masalasiga doir» (1963) ilk yirik tadqiqoti chop etildi. Buxoro Shashmaqomi (Yu.Rajabiy, 1966-75), Xorazm maqomlari (M.Yusupov, 1980-87)ning yangi turli nashrlari eʼlon qilindi. Maqom ijrochiligi boʼyicha xonanda va sozandalarning respublika tanlovlari (1983 yilda) oʼtkazildi.
1970 - yillarda shahar, rayon va qishloq madaniyat uylarida folьklor – etnografik ansambllar faoliyat koʼrsata boshladi. 1980 yillardan folьklor – etnografik ansambllari, baxshi- shoirlar va koʼrik-tanlovlarining oʼtkazilishi oʼzbek xalq musiqa ijodining targʼiboti, tiklanishi, yangi sharoitda rivoji uchun katta ahamiyat kasb etdi.
Oʼzbek milliy sanʼati rivojida kino sanʼatining oʼrni va ahamiyati ham juda katta. Sovet mustabid tuzumi kinoning mafkuraviy kurashdagi oʼrnini yaxshi tasavvur etardi. Shuning uchun ham sovet hukumati kino rivoji uchun mablagʼni ayamadi.
Kommunistik partiya va davlat tomonidan kino sanʼati omma orasida gʼoyaviy - siyosiy tarbiya va mafkura targʼiboti uchun zarur muhim vosita deb qaraldi.
Bu davrda ommaviy axborot vositalarining kuchli tarmogʼi sifatida radio,radioeshittirishga ham muhim eʼtibor qaratildi. Sovet xukumati kommunistik dunyoqarashni shakllantirish, kommunizm gʼoyalarini targʼib etish, ilmiy, siyosiy-mafkuraviy bilimlarni tarqatishda radiodan unumli foydalandi. Oʼzbekistonda birinchi keng tarmoqli radiostantsiya 1927 yil 11 fevralda Toshkentda faoliyat koʼrsata boshlagan edi.
Xulosa oʼrnida shuni taʼkidlash lozimki mustabid tuzum davrda milliy madaniyatimiz zaiflashib, qadriyatlar, anʼanalar va milliy bayramlarimiz unutila bordi.
Har bir xalqning asrlar davomida vujudga kelgan oʼziga xos madaniyati, nodir qadriyatlari, anʼanasi, urf-odatlari mavjud.
Lekin bu davrda tarixan ildiz otgan milliy qadriyatlarimiz oyoq osti qilinib, yot firqa mafkurasi va uning “dohiy”lari esa, ulugʼlandi. Mustabid shoʼro hukumatining milliy madaniyatimizga, qadriyatlarimizga qarshi kurashi «Qizil imperiya»ning parchalanishi davrigacha davom etdi.
Mustabid shoʼro tuzumi davrida (20-30-yillar) “din-afyun” degan shior bayroq qilib olinib barcha dinlar, jumladan Islom dini, u yaratgan bebaho madaniy obidalar, diniy qadriyatlar inkor etildi. Islom madaniyatining zamonaviy ilm-fan taraqqiyotiga qoʼshgan hissasi tan olinmadi. Odamlarni goʼyo diniy sarqitlardan halos qilish va dahriylik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil qilingan “xudosizlar jamiyati”ning minglab faollari milliy urf-odatlarimiz, udum va marosimlarimizga qarshi tashviqotni avj oldirdilar.
Yangi «madaniy hayot»ga «sovet turmush tarzi»ga tezroq koʼniktirish uchun koʼp asrlik tarix - maʼnaviy merosimiz bitilgan alifbo ham shosha-pisha oʼzgartirildi va oʼzgartirilib turildi. Аrab alifbosida asarlar “diniy” deb turli yoʼllar bilan yoʼq qilishga harakat qilindi. Hatto “hujumkor ateizm” shiori ostida muqaddas madaniy merosimiz-betakror tarixiy yodgorliklar, obidalar qarovsiz qoldi, koʼplab masjid va madrasalar vayron qilindi.
Sovet mustabid tuzumi sharoitida madaniyatda siyosiy badiiylik oʼrniga ustuvorlik oʼrnatildi. Badiiy jamoalar, madaniyat maskanlari, ijodiy uyushmalarning mehnat faoliyati faqat bir narsaga, sovet voqeligini madh etish, uning dunyoda eng nufuzli va adolatli tuzum ekanligini isbotlashga qaratildi.
Bu davrda ham turli mafkuraviy tazyiqlarga qaramasdan oʼzbek milliy madaniyatida umumiy rivojlanish boʼldi. Аmmo juda katta intellektual salohiyatga, buyuk madaniy merosga ega boʼlgan oʼzbek xalqi bundan ham koʼra koʼproq yutuqlarga erishishi mumkin edi. Uzoq yillar davomida madaniyatga sinfiylik, gʼoyaviylik, partiyaviylik asosida munosabatda boʼlish milliy madaniyatimizga juda katta salbiy taьsir koʼrsatdi.
Demak, mustamlakachilik va mustabid tuzum hukmronligi davrida oʼzbek xalqi madaniyati rivojlanishida umumbashariy taraqqiyot anʼanalariga mos uzviylikni koʼrishimiz mumkin. Bu davrda xalqimiz madaniy hayotida oʼziga xos betakror mumtoz meros yaratildi. Xalqimiz ogʼir sharoitlarda ham madaniy boyliklarni bunyod etish, ijod va kashf etishni davom ettirdi. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov taʼkidlaganlaridek: “Shuni mamnuniyat bilan qayd etish lozimki, ezgu fazilat va intilishlar xalqimizning qon-qoni va suyak-suyagiga singib ketgan. Uning tabiatiga xos boʼlgan yuksak maʼnaviyat necha asrlarki bizni ne-ne balo-qazolardan, toʼfon va boʼronlardan sogʼ-omon asrab kelmoqda. Har qanday bosqin va istilolarga qaramasdan, maʼnaviy hayot mezonlari, odob-axloq qoidalariga amal qilib, komillik sari intilib yashagani bugun ham barchamizga ibrat boʼlib, kuch-quvvat bagʼishlab kelmoqda.”

11 Самойлович А.Н. О Хивинской придворной библиотеке и книгопечатании.// Туркестанские ведомости. 1880, №24.

Зокиржон Эшон (лақаби Зокиров) қарийб ярим аср даврида Қўқон актёрлар гуруҳига раҳбарлик қилган. Тақлидчилик, маъноли имо-ишора ва ҳаракатлари, маъноли сўз ва оҳангдор товуш унинг асосий бадиий ифода қуроли бўлган.

22 Садқкова Н.С. Музейное дело в Узбекистане. Тошкент, “Фан”, 1975, с.31.

1918 йилда князь Романов тўплаган коллекциясидан Ўрта Осиёда биринчи бадиий музей (ҳозирги Ўзбекистон давлат санъат музейи), 1920–30-йилларда Наманган, Хива, Бухоро, Қўқон, Андижон, Термиз, Нукус ва бошқа йирик шаҳарларда ўлкашунослик музейлари очилди.

1Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч.Тошкент, “Маънавият”, 2008, 7–бет.



Download 88,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish