Мустақил таълим учун материаллар kirish reja Biologiya fanlari sistemasi. Biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari



Download 0,74 Mb.
bet43/46
Sana21.02.2022
Hajmi0,74 Mb.
#2128
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Xromosoma mutatsiyalari.
Har bir biologik tur boshqa turdan xromosomalar soni, shakli, hajmi bilan farqlanadi.
Evolyutsion jarayonda xromosomalar faqat soni, hajmi bilan bir qatorda tuzilishi ham o’zgaradi. Xromosomalar soni, shakli, hajmi va tuzilishi bilan bog’liq mutatsiya xromosoma mutatsiyasi yoki abberatsiyasi deb nomlanadi.
Xromosoma tuzilishining o’zgarishi to’rt sinfga bo’linadi. Bular deletsiya, duplikatsiya, inversiya va translokatsiyadir. Deletsiya – xromosomaning ayrim qismini uzilishi. Deletsiya birinchi marotaba 1917 yili amerikalik olim Bridjes tomonidan X xromosomada genetik taxlil orqali aniqlangan. Deletsiya gomozigota holatda odatda letal xossaga ega bo’ladi. Xromosomaning juda kichik qismini yo’qolishi letal bo’lmasligi mumkin. Lekin xromosomaning bir muncha kattaroq bo’lagini ajrab ketishi ayanchli oqibatlarga sababchi bo’ladi. Masalan, odamlarda 5 xromosomaning kalta yelkasidagi deletsiya oqibatida kalla suyagining kichik bo’lishi, bolaning rivojlanishining sekinlashishi va aqliy zaiflik ro’y beradi. SHuningdek odamlarda 4, 13, 18 xromosomalardagi deletsiya ham tanadagi kamomatlikga, chunonchi, aqli pastlikga sababchi bo’ladi.
Duplikatsiyada xromosomalarning ba’zi bir qismlari ikki marotaba ortadi. Duplikatsiyaga yo’liqqan qismlar xromosomalarda yonma-yon joylashishi va fenotipda namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, drozofila meva pashshasi ko’zidagi Bar mutatsiya X xromosomadagi duplikatsiya oqibatida paydo bo’lgan. Bar mutatsiyada ko’zdagi fasetkalar kamayib ketadi. Bir necha nukleotidlardan iborat DNKning unchalik katta bo’lmagan qismi gen tarkibiga qo’shilishi bir necha marotaba takrorlanishi mumkin. Sichqonlar genomining 10% ga yaqini tez takrorlanadigan nukleotidlar izchilligidan tuzilgan. Ularning takrorlanishi 106 martaga teng. Ba’zi strukturali genlar eukariot organizmlar genotipida ikki nusxadan iborat bo’ladi.
Inversiya ham xromosoma mutatsiyasining bir xili. U sodir bo’lgan taqdirda xromosomadagi genlar soni ortmaydi hamda kamaymaydi, lekin ayrim qismi o’z o’rnini 1800 ga o’zgartiradi. Inversiya ikki xil bo’ladi. 1800 ga o’zgargan xromosomaning bir qismida tsentromera bo’ladi, ikkinchi qismida esa tsentromera bo’lmaydi. Inversiyaning birinchi xilini peritsentrik inversiya, ikkinchi xili paratsentrik inversiya deyiladi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish