biron-bir sezilarli burilish yasab ulgurmay tarix sahnasidan chiqib ketgan esa-da, u Turkiston mustaqilligi yo‘lida yoqilgan so‘nmas yulduz — xalq qalbida yongan umid chirog‘i edi. Uni yoqqanlardan biri Mustafo Cho‘qay edi. Shuning uchun ham hukmron kommunistik mafkura uni sira kechira olmadi va Qo‘qon muxtoriyatini 20-yillardan beri muttasil qoralab, «fosh qilib» keldi. Uning bo‘yniga taqilgan tavqi la’natlar esa o‘sha-o‘sha eski gaplar — muxtoriyat aksilinqilobiy hokimiyat, go‘yo butun Turkiston Oktyabrni quvonchdan ko‘zda yosh bilan chapak chalib kutib olgan-u, muxtoriyatchilar xalq irodasiga qarshi borib, burjua hukumatini tuzgan. Bu — boshdan-oyoq tuhmat. Firqa tarixchilari 20-yillardayoq Turkistonda mahalliy aholi inqilobdan mutlaqo uzoq bo‘lganini ochiq aytishgan edi. Birgina misol keltiraman. Turkiston tarixiga oid bir qator asarlar e’lon qilgan P. Alekseyenkov «Qo‘qon muxtoriyati» kitobida mahalliy ishchilarning inqilobga munosabati haqida yozadi: «Ishchilar sinfining milliy tabaqalariga nisbatan shuni aytish kerakki, ularning bir qismi ishlab chiqarishdagi o‘rni va saviyasining o‘ta pastligi vajidan sovet hokimiyatini yetarli darajada faol qo‘llab-quvvat-lamaydi, boshqa qismi esa, hatto betaraflik yo‘lyda turadi». biron-bir sezilarli burilish yasab ulgurmay tarix sahnasidan chiqib ketgan esa-da, u Turkiston mustaqilligi yo‘lida yoqilgan so‘nmas yulduz — xalq qalbida yongan umid chirog‘i edi. Uni yoqqanlardan biri Mustafo Cho‘qay edi. Shuning uchun ham hukmron kommunistik mafkura uni sira kechira olmadi va Qo‘qon muxtoriyatini 20-yillardan beri muttasil qoralab, «fosh qilib» keldi. Uning bo‘yniga taqilgan tavqi la’natlar esa o‘sha-o‘sha eski gaplar — muxtoriyat aksilinqilobiy hokimiyat, go‘yo butun Turkiston Oktyabrni quvonchdan ko‘zda yosh bilan chapak chalib kutib olgan-u, muxtoriyatchilar xalq irodasiga qarshi borib, burjua hukumatini tuzgan. Bu — boshdan-oyoq tuhmat. Firqa tarixchilari 20-yillardayoq Turkistonda mahalliy aholi inqilobdan mutlaqo uzoq bo‘lganini ochiq aytishgan edi. Birgina misol keltiraman. Turkiston tarixiga oid bir qator asarlar e’lon qilgan P. Alekseyenkov «Qo‘qon muxtoriyati» kitobida mahalliy ishchilarning inqilobga munosabati haqida yozadi: «Ishchilar sinfining milliy tabaqalariga nisbatan shuni aytish kerakki, ularning bir qismi ishlab chiqarishdagi o‘rni va saviyasining o‘ta pastligi vajidan sovet hokimiyatini yetarli darajada faol qo‘llab-quvvat-lamaydi, boshqa qismi esa, hatto betaraflik yo‘lyda turadi».
Do'stlaringiz bilan baham: |